Aholining turmush darajasi va farovonligi


Download 1.54 Mb.
bet13/14
Sana03.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1743981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo\'llari

III. Xulosa
Aholining farovonlik darajasini ifodalashda «turmush darajasi», «xalq farovonligi», «turmush faoliyati xavfsizligi», «turmush tarzi», «mehnat faoliyati sifatida», «turmush sifati» kabi turli xil tushunchalar qo‘llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o‘rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezmlarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o‘zaro bog‘liqligini ham aytib o‘tish lozim.
Turmush darajasi – bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik ko‘lami va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi ko‘rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
Aholi daromadlari – aholi yoki oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab topilgan pul yoki natura shaklidagi mablag‘lar yig‘indisidir. Aholining talab-ehtiyojlar darajasi va tarkibiy daromadlar va miqdorlariga bevosita bog‘liqdir.
Iste’mol savati – insonnig salomatligini saqlash va uning hayot-faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to‘plamidir.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Aholining ish bilan bandlik tarkibini o’rganishda tizim-tarkib uslub keng
qo’llaniladi. Bu uslub o’rganilayotgan obyektni kattaroq obyekt doirasida tahlil
qilishni nazarda tutadi. Masalan, mehnat resurslari tizim-tarkib usulida tadqiq
etilganda, obyekt - mehnat resurslari hisoblansada, undan kattaroq obyekt - aholi va uning tarkibidagi miqdor va sifat o’zgarishlar, shuningdek, uning joylashuv
xususiyatlari xamda unga ta’sir etuvchi omillarni ham o’rganish talab etiladi. 68
Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va
ulardagi tarkibiy o’zgarishlar aholi, ayniqsa mehnat rusurslarining bandlik tarkibiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotda ish bilan bandlikning turli shakllarda tarqalishining hududiy xususiyatlarini aniqlashda mazkur uslubdan foydalanildi.
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining turli yo’nalishlardagi samaradorligini
har tomonlama baholash bo’yicha ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish, uning xo’jalik faoliyatiga baho berishda aniq xulosalar chiqarish imkonini yuzaga keltiradi.
Biz quyidagi ko’rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati
samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko’rsatkichlar tizimiga qo’shishni taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko’magi bilan ishga joylashtirish darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi fuqarolarni ishga joylashtirish koeffisiyenti; ish bilan bandlik xizmati organlarining mehnat bozorini qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffisiyenti; ish joylariga talabning qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo’yicha ish joylarining qanoatlantirish darajasi.
Bizningcha, ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli
darajalarini o’z ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni
bajarilishini ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida
samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo’lib hisoblanadi. Funksional tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo’yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o’zaro birikishi, ular o’rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling