Aholining turmush darajasi va farovonligi


Mustaqil O’zbekistonimizda aholi farovonligi yo’lida olib borilayotgan islohatlar


Download 1.54 Mb.
bet7/14
Sana03.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1743981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo\'llari

Mustaqil O’zbekistonimizda aholi farovonligi yo’lida olib borilayotgan islohatlar.

AHOLI FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADIGAN ISTIQBOLLI INVESTITSIYA LOYIHALARI UCHUN BARCHA SHAROIT YARATILADI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni 2019 yilda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga oid maʼlumotlar bilan tanishdi. 
Davlatimiz rahbari 2018 yil 21 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizga yirik biznes vakillari va salohiyatli investorlarni jalb qilish, shaharda eng qulay investitsiya muhitini yaratish zarurligini taʼkidlagan edi. 
Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga koʻra, 2019 yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 2 milliard 700 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etish, buning evaziga 273 ta loyihani amalga oshirish belgilangan. 

BOSH MAQSAD - IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH, AHOLI FAROVONLIGINI YUKSALTIRISH


Mamlakatimizning 2017-2021 yillar davomidagi taraqqiyot yo’lini belgilab beruvchi dasturiy hujjat sifatida Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qabul qilinishi katta tarixiy voqelik bo’ldi.
Xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilangan ushbu dasturiy hujjat asosida kirib kelgan yilga nom berish va uning negizida aniq vazifalarni belgilab olish xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinadigan yaxshi an’anaga aylandi.
Qabul qilingan Harakatlar strategiyasining maqsadi - olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgandir. Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni bajarish bo’yicha Davlat dasturi tasdiqlanishi uni hayotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Shu nuqtai nazardan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshiriladigan, ayni damda keng muhokama etilayotgan Davlat dasturi iqtisodiyotni yuksaltirish va xalq farovonligini oshirishni ezgu maqsad qilib olgani bilan ahamiyatlidir.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga mamlakatimiz hukumati tomonidan doimo alohida e’tibor qaratilib kelingan. Aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik-kommunikasiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida hayotiy qator chora-tadbirlar belgilangan. Bundan tashqari, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy va kommunal xo’jaligini, ijtimoiy infratuzilma obektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo’lida ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida urg’u berilmoqda.
Iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog’ini samarali rivojlantirish, qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga e’tibor qaratilgan.

Pensiya tizimidagi islohotlar - aholi farovonligi kafolatidir


Pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalash tizimining muhim qismi bo‘lib, u asosan keksa yoshdagi faxriylar, kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolar hayot darajasini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy xarakterga ega kompleks dastur ijrosini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
O‘tgan qisqa davr ichida respublikamizda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish va kafolatlashning kuchli va ta’sirchan mexanizmi yaratildi.
Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o‘z vaqtida tayinlash, to‘liq miqdorda moliyalashtirish, to‘lovlar ustidan monitoring yuritish, pensiya ta’minotiga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadliligi yuzasidan nazoratni kuchaytirish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling