Aholining turmush darajasi va farovonligi


–jadval O‘zbekiston Respublikasida norasmiy mehnat bilan bandlik dinamikasi, (ming kishi)


Download 1.54 Mb.
bet10/14
Sana03.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1743981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish yo\'llari

1–jadval O‘zbekiston Respublikasida norasmiy mehnat bilan bandlik dinamikasi, (ming kishi)

Ko‘rsatkichlar

2001 y.

2005 y.

2010 y.

2015 y.

2020 y.

2020 y. 2001 y.ga nisbatan, % (+/-)

Iqtisodiy faol aholi

9173,5

10224,1

12286,6

13767,7

14797,9

+62

Ish bilan bandlar, jami

9136

10196,2

11628,4

13058,3

13239,6

+69

Shundan:



















Iqtisodiyotning rasmiy sektorida

5920,2

6370,4

5348,9

5294,9

5732,4

-3,3

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida ulushi, %

64,8

65,5

45,9

40,5

43,3

- 21,5

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida

2985,1

3559,7

5990,3

5209,1

5668,9

+52,6

Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ulushi, %

32,7

34,9

51,5

37,8

42,8

10,1

Ishsizlar

37,5

320,2

658,2

709,4

1558,4

42 marta

Ishsizlik darajasi, %

0,4

3,1

5,7

5,2

10,5

10,1

Iqtisodiy nofaol aholi

3643,9

4229,2

4424,9

4508,4

4344,4

+19,2

Chet elda ishlash uchun ketganlar

230,7

266,1

289,2

2284,7

1838,2

8 marta

Mehnat resurslari

12817,4

14453,2

16509,7

18276,1

19142,3

+49,3



2017-2020 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 33,3 mlrd.doll. xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, 22,7 mlrd.doll to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritilishi natijasida mamlakatimizda barqaror yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va o‘sishi kuzatilmoqda.
Natijada, 2016 yil 339,4 ming, 2017 yil 389,3 ming, 2018 yil 372,1 ming, 2019 yil 388,5 ming, 2020 yil 427,8 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ish bilan bandligi masalasining o‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, 2021 yil boshidan qishloq xo‘jaligi uchun 1 gektardan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi, aholining daromad manbai bo‘lgan ish bilan bandligini saqlab turish, ommaviy ishdan bo‘shatilishlarni oldini olish, xodimlarni masofaviy ish usulida bandligini ta’minlash va boshqa keng chora-tadbirlar asosida ishsizlik darajasining oshib ketmasligiga erishildi
XXI asrda iqtisodiy taraqqiyot uchun inson kapitali muhim omil bo‘lib, uni rivojlantirish, oliy va professional ta’limning sifatini oshirish har qanday mamlakat oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Barcha yetakchi, ilg‘or davlatlar tajribasi faqat inson kapitalini to‘laqonli rivojlantirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotning jamiyat hayotiga keng kirib kelishi barcha sohalarda mehnat faoliyatida AKTdan foydalanish natijasida “haqiqiy” va “virtual” dunyo bilan uzviy bog‘lanish sharoitida bo‘lishni taqozo etmoqda. Keng qamrovli ulanish tufayli hatto masofa ham ish bilan bandlikni ta’minlashda muammo bo‘lmay qoldi. Raqamli iqtisodiyot nafaqat bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish, mehnat bozorida intellektual, yuqori malakali, bilimli kadrlarga bo‘lgan talabning ortishi balki, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishdagi ahamiyati va asoslarini O‘zbekistonda qabul qilingan quyidagi hujjatlarda ko‘rish mumkin. (3-rasm).
3-rasm. Raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish asoslari

Yangilanayotgan O‘zbekistonning istiqbolini belgilab beruvchi hujjatlarda raqamli va bilimga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy malaka va bilimlarning moslashuvchan, izchil va uzluksiz rivojlanishini hamda aholining samarali ish bilan bandligini, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni, jumladan mehnat munosabatlarini raqamli elektron platformalar yordamida amalga oshirishni nazarda tutadi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, respublikada 2030 yilga kelib, aholi soni 2020 yilga nisbatan 20,7% yoki 7017,9 ming kishiga, mehnat resurslari 21,9% yoki 4192,1 ming kishiga, ish bilan band aholi 16% yoki 2125,5 kishiga oshishi va norasmiy mehnat bilan bandlar ulushi 20%ga tushishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar istiqbollashtirish davrida band aholining yiliga o‘rtacha 1,15%dan oshishi va keng qamrovli kompleks tadbirlarni amalga oshirish natijasida norasmiy mehnat bilan bandlar sonining yiliga o‘rtacha 5%ga kamayishi natijasida ro‘y beradi (4-rasm).
4–rasm. O‘zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlikning 2021-2030 yillardagi maqsadli prognoz parametrlari (ming kishi)

Mehnat bozoridagi holat turli omillarga bog‘liq va avvalambor doim milliy iqtisodiyot va inson resurslarining raqobatbardosh bo‘lishligini, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qiladigan, tarkibiy o‘zgarishlarni qat’iy qo‘llab–quvvatlaydigan, sifatli ta’lim, soliq va ijtimoiy ta’minotning samarali tizimini taklif qiluvchi institutsional muhitni yaratishni taqozo etadi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling