Kimyoviy reaktorlar turlari Reja
-rasm. Davriy harakatlanuvchi reaktorni ish maromi
Download 42.16 Kb.
|
kimyoviy reaktorlar turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- (11.13) bu erda: т
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
11.1-rasm. Davriy harakatlanuvchi reaktorni ish maromi:
Со, Сτ -reagentlarning boshlang'ich va gvaqtdan keyingi konsentrasiyasi; Т, Р- reaktordagi bosim va temperatura. Uzluksiz harakatlantiruvchi reaktorlarda jarayon davomida reagent konsentrasiyasi o'zgarmas bo'lganligi uchun jarayonni harakatlantiruvchi kuchi doimiy harakterga ega. Reaktorlarni ish tartibi vaqt davomida stasionar hisoblanadi. τ 11.2- rasm. Uzluksiz harakatlanuvchi reaktorni ish maromi Davriy harakatlanuvchi reaktorni ish tartibi: Со, Сғ - boshlang'ich va ma'lum bir t vaqtdagi reagentlar konsentrasiyasi, Т, Р-reaktorni temperatura va bosimi. Reaktorlar unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: П = (11.13) bu erda: т - reaktorni ish vaqti davomida olingan mahsulot massasi; τp +τю + τT - reaktorga komponentlarni yuklash, reaktordan mahsulotni chiqarib olish kimyoviy jarayonlari uchun ketgan vaqt. Kimyoviy reaktorni ish unumdorligi kinetikaga ta'sir etuvchi issiqlik rejimiga, muvozanat holatiga, jarayon selektivligiga bog'liq. Kimyoviy reaktorlar issiqlik rejimiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: - adiabatik rejimli reaktorlar, bunday tartibda ishlaydigan reaktorlarda atrof-muhitga issiqlik almashmaydi hamda kimyoviy reaksiya issiqligi to'liq ravishda reaktor temperaturasini o'zgartirishiga sarf bo'ladi; - izotermik rejimli reaktorlar, bunday tartibda ishlaydigan reaktorda temperatura doimiy xarakterga ega bo'ladi, bu holat reaktordan issiqlikni chiqarishi yoki kiritish yo'li bilan hosil qilinadi; - politermik rejimli reaktorlar, bunday tartibli reaktorlarda issiqlik chiqarib yoki kiritib turiladi. Ana shunday holatda reaktorda issiqlik berilgan tartibda ushlab turiladi. Bunday tartibli reaktorlar kimyoviy ishlab chqarishda keng qo'llaniladi. Uzluksiz harakatlanuvchi reaktorlar komponentlarni harakatlanish tartibiga ko'ra: ideal siqib chiqaruvchi (RIS- N) hamda oqar turli reaktorlar ( RPT- N) ga bo'linadi.. Ideal siqib chiqaruvchi reaktorlarda laminar gidrodinamik rejim amalga oshiriladi. Bu rejimda reagentlar uzunligi bo'ylab bir yo'nalishda harakatlanadi. Jarayonni harakatlantiruvchi kuchi va jarayon tezligi reaktor uzunligi bo'ylab o'zgaradi. 1 0.15 - rasm. Ideal sikib chiqaruvchi reaktorlar da (...T) xarakatlantiruvchi kuchni o'zgarishi: Тs - jarayonda erishish mumkin bo'lgan chegaraviy xarorat, Tb- reaktordagi reagentlarni boshlangich xarorati, ТС - reaktordagi so'nggi xarorat, ..Т -jarayonni o'rtacha xarakatlantiruvchi kuchi, Ь - reaktor uzunligi. Ideal aralashtiruvchi reaktorlarda turbulent gidrodinamik rejim amalga oshiriladi. Reagentlar oqimi bir-biri bilan va mahsulot bilan aralashadi. Jarayonni harakatlantiruvchi kuchi va jarayon tezligi reaktor hajmi bo'ylab o'zgarmasdir.
1. A.A. Lashinskiy, A.R.Tolchinskiy. «Osnov konstruirovaniya i raschyot ximicheskoy apparatur. L: Mashinostroenie 1970. 2. A.M.Kutepov, T.N.Bondaryova, M.G. Berengorten «Obgsaya ximicheskaya texnologiya» M. Vgsshaya shkola 1990. 3. R.S. Sokolov «Ximicheskaya texnologiya» t.1 i II M. 2000. 4. I.P. Muxlenov "Obshaya ximimcheskaya texnologiya". t.1 i II M. 1985. 5. A.F.Tubolkin., YE.S. Tumarkina i dr. «Raschyot ximiko-texnologicheskix prosessov» L., «Ximiya» 1982. Download 42.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling