Kimyoviy reaktorlarga qo'yiladigan talablar


Kimyoviy reaktorlarning tasnifi


Download 40 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi40 Kb.
#1239015
1   2   3
Bog'liq
Kimyoviy reaktorlar

11.2. Kimyoviy reaktorlarning tasnifi

Kimyoviy -texnologik jarayonlarning va reaktorlarning xilma-xilligi ular umumiy tasniflashda qiyinchilik tug'diradi. Shuning uchun kimyoviy -texnologiya darsliklarida har xil mualliflar o'zlarining turli xil tasniflarini keltirganlar


1. Kechadigan jarayonning xususiyatiga qarab: davriy, uzluksiz va yarim ; harakatlanuvchi reaktorlar;
2. Reaksiyaga kirishuvchi massaning faza tarkibiga qarab: gomogen va jarayonlar uchun reaktorlar.
3. Jarayonning issiqlik effektiga qarab: ekzotermik (issiqlik chiqoruvchi) va endotermik (issiqlik yutuvchi) jarayonlar uchun reaktorlar.
4. Reaktordagi haroratga qarab: past haroratli va yuqori haroratli reaktorlar.
5. Jarayon amalga oshirilayotganda qo'llaniladigan bosimga qarab: xavosiz sharoitda (vakuum ostida), atmosfera bosimi ostida va yuqori bosimda ishlaydigan reaktorlar.
6. Aralashtirish darajasiga (yoki reaktordagi gidrodinamik sharoitga) qarab: siqib chiqaruvchi va aralashtiruvchi reaktorlar.
Siqib chiqaruvchi reaktorlarda reaksiyaga kirishayotgan massa asta sekinlik bilan reaktorga tushayotgan massaning yangi miqdorlari bilan siqib chiqariladi. Aralashtiruvchi reaktorlarda reaksiyaga kirishuvchi massa va yangidan reaktorga tushuvchi reagent doimiy ravishda aralashtirilib turiladi, shu bois reaktorning butun xajmi bo'ylabmassa konsentrasiyasining bir xil bo'lib turishiga erishiladi.
7. Issiqlik maromiga qarab: adiabatik, izotermik va politermik reaktorlar.
8. Katalizator ishlatilishiga qarab: katalitik jarayonlar uchun reaktorlar (kontaktli qurilmalar o'z navbatida geterogen va gomogen katalitik jarayonlar uchun reaktorlarga bo'linadi) va nokatalitik jarayonlar uchun reaktorlar.
Aralashtirish (apparatdagi gidrodinamik sharoit) va reaktorning issiqlik maromi, asosan kinetik tenglama turini va jarayonning tezlik konstantasi kattaligini aniqlaydi.
Har qanday reaktorda kechadigan jarayonni o'rganishdan asosiy vazifa reagentlarning (moddaning) reaktorda bo'lish muddatining har xil omillarga matematik bog'liqligini aniqlashdan iborat:
τ = ƒ(х,с,и) (11.2)
bu erda: х - oldindan berilgan o'zgarilish darajasi
с - reagentning boshlang'ich konsentrasiya.
и - kimyoviy reaksiya tezligi.
Yuqoridagi tenglama (2) reaktorning tavsifiy tenglamasi deyiladi. Reaktorlarni hisoblash va ularning tavsifiy tenglamasini keltirib chiqarish uchun boshlang'ich tenglama bo'lib moddiy balans tenglamasi xizmat qiladi.


Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling