Kimyoviy termodinamika


Download 1.77 Mb.
bet2/14
Sana22.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1219689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
19,Kimyoviy termodinamika

pV = nRT (I.1)
Agar p, V va n tajribadan ma’lum bo‘lsa, ushbu sharoitlar uchun T ni hisoblash oson. Lekin hech bir real gaz ushbu tenglama orqali aniq ifodalanmaydi. Tenglama faqat bosim nolga intilgan chegaraviy holat uchungina bajariladi:
lim r 0 (pV) = nRT (I.2)
Bunda pV kattalikning o‘zi haroratdan chiziqsiz va bir tekis bo‘lmagan ravishda bog‘langan bo‘lishi mumkin. Kichik bosimlarga ekstrapolyasiya qilish esa, juda og‘ir tajribaviy masaladir. Shuning uchun gaz termometrining shkalasi bo‘yicha haroratni aniqlash ancha murakkab ish bo‘lib, bunday tajribalarni etalon uchun qabul qilingan fazaviy o‘tish reper nuqtalarining absolyut haroratlarini o‘rnatish uchungina o‘tkaziladi. Oraliq haroratlar, odatda, empirik termometrik usullarda aniqlanadi.
1954 yilda qabul qilingan termodinamik shkala hozirgi bosqichda haroratlarning absolyut shkalasiga eng aniq yaqinlashishdir. (I.2) tenglamadan boshqa ma’lumotlarni ishlatish zaruriyati (pV) p0 ning chegaraviy qiymatini tajribaviy aniqlash xatoligi bilan bog‘liq. Bunday tajribalarning aniqligi uzluksiz ortib bormoqda, bu esa o‘lchanayotgan haroratlarning qiymatiga doimo aniqlik kiritib borishni talab qiladi. Reper haroratlari son qiymatlarining bunday o‘zgaruvchanligini oldini olish uchun reper nuqtalardan birining qiymatini doimiy deb qabul qilishga qaror qilindi. Bunday nuqta sifatida suvning uchlamchi nuqtasi haroratidan foydalanildi. Gaz termometri bilan ishlash aniqligi ortib borishiga qarab boshqa barcha reper nuqtalari haroratlarining son qiymatlari uzluksiz o‘zgartirilmoqda. 1968 yilda haroratlarning etalon nuqtalari sifatida vodorodning uchlamchi nuqtasidan boshlab oltinning suyuqlanish haroratigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oluvchi o‘n ikkita boshqa reper nuqtalaridan foydalanish tavsiya qilingan.
Haroratni fizikaviy kattalik sifatida aniqlash turli jarayonlar uchun issiqlik va ishlarni aniqlash bilan bog‘liq. Moddaning turli fazaviy holatlardagi individual xossalarini holat tenglamasi deb ataluvchi p(V,T) funksiyaning ko‘rinishi belgilaydi. Hozirgi kunda juda ko‘p, turli ko‘rinishdagi holat tenglamalari qo‘llaniladi. Gazlar uchun (I.1) tenglama boshlang‘ichdir.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling