Kimyoviy termodinamika va termokimyo asoslari


Download 0.53 Mb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1056758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mustaqil ta\'lim

4. Тermokimyo. Gess qonuni
Barcha kimyoviy jarayonlar sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi o’zgarishi bilan boradi. Bunda issiqlik yutilishi va ajralishi mumkin. Yutilgan yoki ajralgan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik ajralishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik, issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar esa endotemik reaksiyalar deb ataladi.
Issiqlik yutilishi yoki issiqlik ajralishi bilan boradigan reaksiyalar termokimyoviy reaksiyalar jumlasiga kiradi. Issiqlik effektini kalorimetr yordamida o’lchash mumkin. Oddiy moddalardan 1 mol birikma hosil bo’lganida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan isiqlik miqdori birikmaning hosil bo’lish issiqligi deyiladi. Тermodinamikada sistemaga berilgan issiqlik musbat, sistemadan ajralib chiqqan issiqlik manfiy ishora bilan belgilanadi. Тermokimyoda esa yutilgan issiqlik musbat, ajralgan issiqlik manfiy ishora bilan belgilanadi:

Murakkab moddaning bir mol miqdori oddiy moddalarga parchalanganda ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik shu moddaning ajralish issiqligi deyiladi.
Тermokimyoviy tenglamalarda uch belgini ko’rish mumkin: 1) tenglamada dastlabki moddalar va mahsulotlarning formulalaridan tashqari energetik effekt ham yoziladi, 2) ularda kasrli koeffitsiyentlar qo’llashga ruxsat etiladi, 3) har qaysi moddaning formulasi yoniga qavs ichida uning agregat holati ko’rsatiladi; (g)-gaz, (s)-suyuq, (k)-kristallik va (e)-eritmadagi holatlari.
Lavuaze-Laplas qonuni. Тermokimyoga oid ikkita qonun kashf etilgan bo’lib, biri Lavuaze-Laplas va ikkinchisi Gess qonunlaridir. Lavuaze-Laplas qonuniga muvofiq, malum bir murakkab moddaning oddiy moddalarga ajralish issiqligi miqdor jihatidan osha moddaning oddiy moddalardan hosil bolish issiqligiga teng, ishora jihatidan qarama-qarshidir. Bu qonun biroz keyin Gess tomonidan kashf etilgan qonunning xususiy hollaridan biri bo’lib, energiyaning saqlanish qonunnini kimyoda namoyon bo’lishini aks ettiradi.
Gess qonuni. Reaksiya issiqligining jarayon amalga oshirilgan usulga bog’liq emasligini 1836 yilda rus olimi G.I.Gess aniqlagan. Gess qonuni quyidagicha ta’riflanadi:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling