- Ma’ruza №3. Termokimyo. Gess qonuni
- Reja:
- 1. Gess qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar.
- 2. Issiqlik sig’imi, turlari, temperaturaga bog’liqligi.
- 3. Kirxgof qonuni.
- Tayanch so’z va iboralar izohi.
- Sistema - tashqi muhitdan real yoki xayolan ajratilgan va bir – biri bilan doimiy ta’sirda bo’lib turgan moddalar (jismlar) yoki moddalar guruhidir.
- Ekstensiv xossalar- sistemaning massasiga bog’liq bo’lgan xossalar (sistema xajmi, massasi va boshqalar) kiradi.
- Sistemaning kamida bir termodinamik parametrning o’zgarishiga termodinamik jarayon deyiladi.
- Hosil bo’lish issiqligi - deb 1 mol birikmaning oddiy moddalarda hosil bo’lishda chiqadigan yoki yutiladigan issiqlikka aytiladi.
- Issiqlik sig’imi deb, 1 massa birligida moddani 1K ga isitish uchun ketgan issiqlik miqdoriga aytiladi.
- Cheksiz kichik o’zgarishlar uchun
- Qv = dU , Qp = dH
- Ushbu ikki tenglamalardan foydalanib termokimyoning asosiy qonuni-Gess qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
- Kimyoviy reakstiyalarning turg’un xajm va turg’un bosimdagi issiqlik effekti sistemaning boshlang’ich va oxirgi xolatiga bog’lib bo’lib, jarayonning borish yo’liga, (qanday oraliq bosqichlar orqali borganligiga) bog’lik emas.
- Misol tariqasida uglerod yonib СO2 ni xosil qilishini ko’raylik. Grafit va olmos yonib, bir xil modda СO2 xosil qiladi.
- С(grafit) С(olmos) + Н2
- Bu issiqlik effektini bevosita o’lchash mumkin emas. Gess qonunidan foydalanib, grafitning olmosga o’tish issiqligini xisoblash mumkin:
- H2 = H1 – H3 = - 93,997 – (-94,450) = 0,453 kkal/mol.
- Bu erda: -93,997 grafitning yonish issiqligi –94,450 olmosning yonishi issiqligi.
- Demak grafitning olmosga o’tishi, issiqlik yutilishi bilan boradigan jarayondir. Gess qonunidan foydalanib, issiqlik effekti noma’lum bo’lgan yoki o’lchash qiyin bo’lgan jarayonlarning issiqlik effektini xisoblab topish mumkin.
- Termokimyoda
Do'stlaringiz bilan baham: |