1- Amaliy mashg'ulot.
Kimyoviy termodinamika. Termokimyo. Hosil bo’lish va yonish
jarayonlari issiqligi. Gess qonuni. Standart issiqlik effekti. Kirxgoff qonuni.
Moddalarning kimyoviy o’zgarishi, shuningdek fizik jarayonlar
(bug’lanish,
kondensatlanish, suyuqlanish, erish, sublimatlanish
va allotropik
shakl o’zgarish va boshqalar) sistemadagi moddalar ichki energiyasining
o’zgarishi bilan kechadi Natijada shu jarayonlarning
xammasi issiqlik ajralishi
yoki yutilishi bilan sodir bo’ladi. Shunday jarayonlarning issiklik effektini
termodinamikaning termoximiya bo’limi o’rganadi.
Termoximiyaviy jarayonlardagi issiqlik qiymatlarini aniqlash uchun: a)
reaksiyaning
issiqlik effekti; b) bug’lanish issiqligi; v)
suyuqlanish issiqligi; d)
yonish issikligi qiymatlaridan foydalaniladi. Bular xaqidagi ma‘lumotlar
spravochniklarda beriladi. Agar ma‘lumotlar berilmagan bo’lsa, u holda ularni
nazariy va empirik formulalar yordamida hisoblash mumkin
Ximiyaviy reaksiyaning
issiqlik effekti deb, o’zgarmas bosim yoki
hajmda, bir xil temperaturada, qaytmas jarayon natijasida ajralib chiqadigan yoki
yutiladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Termoximiyada (termodinamikaning aksincha)
yutilayotgan issiqlik
miqdori manfiy, chiqayotgani esa musbat ishora bilan ifodalanadi; uni — Q= ∆H
yoki Q-= — ∆H ko’rinishida yoziladi.
Ximiyaviy reaksiyaning issiqlik effekti J/mol yoki kJ/mol bilan ifodalanadi.
Issiklik effekti jarayon turiga karab har xil bo’ladi; izoxorik jarayon uchun
Q
-
v
(V=const); izobarik
jarayon uchun Q
p
(P= —> соn
st) bilan belgilanadi.
Termodinamikaning I qonuni asosida ximiyaviy reaksiyaning issiqlik effekti:
Q
V
=U
2
— U
1
ёки Q
p