1- amaliy mashg'ulot. Kimyoviy termodinamika. Termokimyo. Hosil bo’lish va yonish jarayonlari issiqligi. Gess qonuni. Standart issiqlik effekti. Kirxgoff qonuni


Sistemalar  gomogen va geterogen


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana21.02.2023
Hajmi382.29 Kb.
#1216659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- amaliy Termodinamika

Sistemalar 
gomogen va geterogen
 bо‘ladi. 
Gomogen sistema bitta fazadan, geterogen sistema bir necha fazadan iborat 
bо‘ladi. 
Faza – geterogen sistemaning chegara sirt bilan ajralgan va hamma 
nuqtalarida bir xil fizikaviy xossaga ega qismi. 
Sistemaning holati deganda uning barcha fizik va kimyoviy xossalari va 
termodinamik parametrlari yig‘indisi tushuniladi. 
Sistemaning holatini xarakterlash uchun kо‘pincha P, T, V va modda 
konsentratsiyasidan foydalaniladi.Termodinamik parametrlar intensiv va ekstensiv 
parametrlarga bо‘linadi. 
Intensiv parametrlar – sistemaning massasiga bog‘liq bо‘lmasdan, 
sistemalar kontaktda bо‘lganda tenglashadigan parametrlar (
t, P, d, C, µ
) – ular 
sistemaning 
asosiy 
holat 
parametrlar 
hisoblanib, 
sistemaning 
sifat 
xarakteristikalarini birlashtiradi. 
Ekstensiv parametrlar – sistemaning massasiga bog‘liq bо‘lgan 
parametrlar(m, V C
sig‘.
, U, H, S, ΔG, ΔF) – sistemaning holat funksiyalari 
hisoblanadi. 
Sistemaning ekstensiv xossalari, sistema qismlarining ekstensiv xossalari 
yig‘indisiga teng (additivlik xossaga ega). 
 
Intensiv xossalari faqat sistemaning tabiatiga bog‘liq bо‘lib, additivlik 
xususiyatiga ega emas. 
Termodinamik parametrlar tashqi va ichki parametrlarga bо‘linadi. Odatda, P 
(bosim) va T (harorat) sistemaga nisbatan tashqi parametrlar hisoblanadi. 
 
Termodinamik jarayonlar 
Jarayon sistemaning bir holatdan boshqa holatga о‘tishidir. Bunda sistemada 
kamida bitta termodinamik parametr о‘zgaradi. 
Sistemaning holat parametrlaridan qaysi biri termodinamik jarayon vaqtida 
о‘zgarishsiz qolishiga qarab quyidagilarga bо‘linadi: 
1. T= const – izotermik jarayon (doimiy haroratdagi jarayon
2. P= const – izobarik jarayon (ochiq kolbada boradigan jarayon
3. V= const – izoxorik jarayon (avtoklavlarda boradigan jarayon
4. Q= const – adiabatik jarayon (bunday jarayon vaqtida sistema tashqi 
muhitga issiqlik bermaydi va olmaydi ham, u о‘zining ichki energiyasi hisobiga ish 
bajaradi). 
Tabiatda sodir bо‘layotgan hamma jarayonlarni 
о‘z-о‘zidan sodir
bо‘ladigan 
(tabiiy) va 
о‘z-о‘zidan sodir bо‘lmaydigan
jarayonlar
ga bо‘lish mumkin. Kimyoviy 
termodinamikada 
muvozanat holat, muvozanatsiz holat, qaytar va qaytmas 
jarayonlar 
tushunchalari mavjud.

Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling