1- amaliy mashg'ulot. Kimyoviy termodinamika. Termokimyo. Hosil bo’lish va yonish jarayonlari issiqligi. Gess qonuni. Standart issiqlik effekti. Kirxgoff qonuni


Kimyoviy termodinamika va uning asosiy tushunchalari


Download 382.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana21.02.2023
Hajmi382.29 Kb.
#1216659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- amaliy Termodinamika

 
Kimyoviy termodinamika va uning asosiy tushunchalari 
Termodinamika XIX asrning birinchi yarmida 
issiqlik texnikasi
fanining 
nazariy asosi sifatida yuzaga keldi. Dastlab termodinamikaning vazifasi issiqlik 
(Q)ning mexanik ish (A)ga aylanish qonuniyatlarini о‘rganish bо‘ldi. 
Termodinamika – issiqlik energiyasi bilan boshqa tur energiyalar orasidagi 
munosabatlarni о‘rganadi. 
Kundalik turmushda bir turdagi energiya ikkinchi bir boshqa tur energiyaga 
aylanadi. Masalan, metall parmalanganda parma qiziydi – mexanik energiyaning 
bir qismi issiqlik energiyasiga aylandi; elektr toki motorni harakatga keltiradi – 
elektr energiyasi mexanik energiyaga aylandi; kо‘mir yonganda issiqlik ajralib 
chiqadi – kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga aylandi va x.z. Ammo bunda bir 
turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganligini bila 
olmaymiz. Buni bilishda termodinamika yordam beradi. 
!!!
Demak, termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi 
turga va sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga о‘tishini (masalan, issiqlikni 
issik jismdan sovuq jismga о‘tishi), shuningdek, berilgan sharoitda jarayonlarning 
о‘z-о‘zicha borish yо‘nalishi va chegarasini о‘rganadigan fandir. 
Termodinamikaning muhim vazifasi – 
tartibsiz harakatni iloji boricha 
tartibli harakatga aylantirish, issiqlik yordamida qanday qilib kо‘p ish bajarish 
mumkin – shuni hal qilish. 
Termodinamikada quyidagi bо‘limlar mavjud: 
1. Umumiy yoki fizikaviy termodinamika. Bu bо‘lim energiyaning umumiy 
о‘zgarish qonunlarini о‘rganadi. 
2. Texnik termodinamika. Issiqlikning mexanik ishga aylanish qonuniyatlarini 
о‘rganadi. 
3. Kimyoviy termodinamika. Kimyoviy reaksiyalarda, fizikaviy jarayonlarda 
sodir bо‘ladigan energiya о‘zgarishlarini о‘rganadi. 

Download 382.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling