О‘z-о‘zidan sodir bо‘ladigan jarayonlarda
muvozanat yuzaga keladi.
Sistemaning muvozanat holati deganda, vaqt о‘tishi bilan о‘zgarmaydigan holati
tushuniladi.
Qaytar jarayonlar deganda, о‘zining dastlabki holatiga hech qanday energiya
о‘zgarishlarisiz qaytadigan muvozanat holatidagi jarayon tushuniladi. Bunda
sistema
tomonidan bajariladigan ish qiymati maksimal bо‘ladi.
Qaytmas jarayonda sistemaga tashqaridan ta’sir etilganda sodir bо‘ladigan va
oxirigacha boradigan jarayon tushuniladi. Bunda bajarilgan
ish qiymati minimal
bо‘ladi va
sistemada muvozanat qaror topmaydi.
Termodinamik jarayon sistemada energetik о‘zgarishlar sodir bо‘lishiga olib
keladi. Bu о‘zgarishlar sistemaning holat funksiyalari
(
U, H, S, Q, A)ning о‘zgarishida ifodalanadi.
Tayanch so‘zlar
: modda, modda miqdori,
ekstensiv kattaliklar, intensiv
kattaliklar,
kimyoviy jarayon, fizikaviy jarayon,
kvant mexanika usuli,
termodinamik usul, molekulyar-kinetik u
Nazorat uchun savollar:
1. Ekzotermik va endotermik reaksiyalar deb nimaga aytiladi?
2. Reaksiyaning isiqlik effekti nima?
3. Termodinamika qonunlari qanday ta’riflanadi?
4. Yonish issiqligi deb nimaga aytiladi?
5. Erish issiqligi deb nimaga aytiladi?
6. Hosil bo'lish issiqligi deb nimaga aytiladi?
7. Parchalanish issiqligi deb nimaga aytiladi?
8. Neytrallanish issiqligi deb nimaga aytiladi?
9. Lavuazye-Laplas qonuni qanday ta’riflanadi?
10. Gess qonuni qanday ta’riflanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: