1- amaliy mashg'ulot. Kimyoviy termodinamika. Termokimyo. Hosil bo’lish va yonish jarayonlari issiqligi. Gess qonuni. Standart issiqlik effekti. Kirxgoff qonuni
Download 382.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1- amaliy Termodinamika
Mustaqil yechish uchun masalalar: 1. Agar C + O 2 = CO 2 + 393,5 kJ; CO + 1/2O 2 = CO 2 + 283 kJ ga teng bo’lsa, grafitning CO ga qadar yonish issiqligini hisoblang. J: 110,5 kJ. 2. Stexiometrik nisbatlarda olingan Al va temir kuyundisi (Fe 3 O 4 ) dan tayyorlangan aralashma yondirilganda 3329 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Massasi qanday bo’lgan aralashma yonganida 1998 kJ issiqlik ajralib chiqadi? J: 547,3g. 3. 3,04 g magniy yonganida 76,45 kJ issiqlik ajralgan bo’lsa, magniy oksidning hosil bo’lish entalpiyasini hisoblang. J: 603,6 kJ. 4. Ko’mirning molyar yonish issiqligi 393,5 kJ ga teng. Tarkibida 55 % C bo’lgan 1 kg ko’mir yonganda qancha issiqlik ajraladi? J: 1,8·10 4 kJ. 5. Quyidagi sistemada SO 2 + O 2 = SO 3 ∆H=-192 kJ. 1 l (N.Sh.da) SO 2 ning yonishida qancha issiqlik ajralib chiqadi? J: 4,2857 kJ. 6. Vodorod molekulasi hosil bo’lishining termokimyoviy tenglamasi quyidagicha: H + H = H 2 + 436 kJ/mol. Bir dona molekula uchun bog’lanish energiyasini toping. J: 7,24·10 -22 kJ. 7. Metan hosil bo’lishining termokimyoviy tenglamasi quyidagicha: C + 4H = CH 4 + 1656,88 kJ/mol. Bir molekula metan hosil bo’lishidagi bog’lanish energiyasini hisoblang. J: 2,75·10 -21 kJ. 8. CaO ning hosil bo’lish issiqligi 635,1 kJ ga teng, CO 2 hosil bo’lish issiqligi 393,5 kJ ga teng bo’lsa, CaCO 3 parchalanganda 145,3 kJ issiqlik yutilsa, CaCO 3 ning hosil bo’lish issiqligini toping. J: 883,3 kJ. 9. Agar ammiakning hosil bo’lish issiqligi 46 kJ, NO ning hosil bo’lish issiqligi 90,4 kJ va suv bug’larining hosil bo’lish issiqligi 242 kJ ga teng bo’lsa, ammiak katalitik oksidlanish reaksiyasining issiqlik effektini hisoblang. J: 1629,6 kJ. 10. Etil spirtining yonish issiqligi 1379 kJ ga teng bo’lsa, 1 kg etil spirti yonganda qancha issiqlik (kJ) ajraladi? J: 3·10 4 kJ. 11. Ohakni so’ndirish reaksiyasida 67 kJ/mol issiqlik ajraladi. Tarkibida issiqlik effektiga ta’sir etmaydigan 20 % qo’shimchasi bo’lgan 1 t ohak so’ndirilganda qancha issiqlik (kJ) ajraladi? J: 9,57·10 5 kJ. 12. Quyidagi ma’lumotlardan E N≡N =941,4 kJ; E N-H =389,11 kJ; E H-H =435,14 kJ foydalanib ammiakning elementlardan hosil bo’lish entalpiyasini toping. J: 1079,49 kJ. 13. Reaksiyaning issiqlik effekti tenglamasi asosida 64 g metanning to’la yonishidan hosil bo’lgan issiqlik hisobiga necha g qaynash temperaturasidagi suvni bug’latish mumkin? CH 4 + O 2 = CO 2 + H 2 O + 800 kJ; H 2 O (s) →H 2 O (g) – 40 kJ. J: 1440 g. 14. Reaksiyaning issiqlik effekti tenglamasi asosida 90 g izopropanolning to’la yonishidan hosil bo’lgan issiqlik hisobiga necha mol qaynash temperaturasida turgan suvni bug’latish mumkin? CH 3 CH(OH)CH 3 + 4,5O 2 = 3CO 2 + 4H 2 O + 2000 kJ; H 2 O (s) →H 2 O (g) – 40 kJ. J: 75 mol. 15. Etilen va etindan iborat 26,88 l (N.Sh.da) aralashma yondirilganda 1640 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida boshlang’ich aralashmadagi gazlarning hajmiy nisbatini hisoblang. C 2 H 2 + 3O 2 = 2CO 2 + 2H 2 O + 1300 kJ; C 2 H 4 + 3,5O 2 = 2CO 2 + 3H 2 O + 1400 kJ J: 1:2. 16. Metan va vodoroddan iborat 44,8 l (N.Sh.da) aralashma yondirilganda 1160 kJ issiqlik ajralgan. Termokimyoviy tenglamalar asosida boshlang’ich aralashmadagi gazlarning mol nisbatini hisoblang. 2H 2 + O 2 = 2H 2 O + 500kJ; CH 4 + 2O 2 = CO 2 + 2H 2 O + 800 kJ. J: 1:1,5. Download 382.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling