Kimyoviy termodinamikaning birinchi qonuni. Termokimyo. Gess qonuni


Download 0.85 Mb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1452423
  1   2   3   4
Bog'liq
Sardor aka. referat


Mavzu: Kimyoviy termodinamika
Reja:

  1. Kimyoviy termodinamika

  2. Termodinamikaning birinchi qonuni.

  3. Termokimyo. Gess qonuni.

  4. Termodinamikaning ikkinchi qonuni

Fizikaviy kimyo nimani o’rganadi?


Fizikaviy kimyo – bu kimyoviy hodisalar va kimyoviy jarayonlar qonuniyatlari haqidagi fan.
Fizikaviy kimyoning qonun va qoidalari moddaning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarini tushuntirish va tushunish uchun qo’llaniladi.
Fizik kimyo fizika qonunlariga asoslanib hodisalarni tushuntiradi va kimyoviy jarayonlarning miqdoriy tavsifini beradi.


  • Kirish

  • Biz qanday tizimmiz: ochiq yoki yopiq? Maʼlumki, bu falsafaga emas, fizikaga oid savoldir. Barcha tirik mavjudotlar singari biz ham ochiq tizim hisoblanamiz, chunki modda va energiyani atrof-muhit bilan almashamiz. Misol uchun, kimyoviy energiyani oziq-ovqat shaklida qabul qilamiz va harakatlanish, gapirish, yurish va nafas olish kabi ishlarni bajaramiz.

  • Biz va atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan energiya almashinuvlari, shuningdek, tanamizda sodir boʻladigan barcha energiya almashinuvlari (misol uchun, metabolik reaksiyalar) ham biz fizika darsliklarida uchratishimiz mumkin boʻlgan gaz molekulalari yoki issiq va sovuq jismlar oʻrtasidagi energiya almashinuvlari kabi fizika qonunlari jihatidan bir xil taʼriflanadi. Bu yerda biz ikkita fizikaviy qonun – termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlarini koʻrib chiqamiz va ular biz kabi biologik tizimlarga qanday tegishli boʻlishini bilib olamiz.

  • Termodinamika haqida soʻz borganda, biz qiziqqan muayyan bir narsa yoki narsalar (masalan, bitta hujayra yoki katta ekotizim ham boʻlishi mumkin) toʻplami tizim, tizimdan tashqarida boʻlgan barcha narsalar esa atrof-muhit deb ataladMisol uchun, siz qozonga suv solib, uni gaz plitasida isitayotgan boʻlsangiz, bu yerda tizim gaz plitasi, qozon va suv hisoblanadi, atrof-muhit esa qolgan barcha narsa: oshxonaning qolgan qismi, uy, mahalla, mamlakat, sayyora, galaktika va koinotni oʻz ichiga oladi. Tizim sifatida nimani tanlash ixtiyoriy (kuzatuvchiga bogʻliq) boʻlib, siz nimani oʻrganishni istashingizga bogʻliq, siz faqat suvni yoki butun uyni tizimning bir qismi sifatida olishingiz mumkin. Tizim va atrof-muhit birgalikda koinotni tashkil qiladi.

  • Termodinamikada uch xil tizim mavjud: ochiq, yopiq va izolyatsiyalangan.

  • Ochiq tizim oʻzining atrof-muhiti bilan energiya va modda almashadi. Gaz plitasi ochiq tizimga misol boʻladi, chunki issiqlik va suv bugʻlanib, havoda yoʻqolib ketadi.

  • Yopiq tizim oʻzining atrof-muhiti bilan faqat energiya almashadi, modda emas. Agar yuqorida berilgan misoldagi qozon qopqogʻini zich yopsak, u deyarli yopiq tizim boʻladi.


  • Download 0.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling