Kimyoviy texnologiya” fakultеti “neftkimyo sanoati tеxnologiyasi” kafеdrasi Himoyaga ruxsat etildi


Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari


Download 211.46 Kb.
bet29/31
Sana31.10.2023
Hajmi211.46 Kb.
#1735770
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari 
1 Texnologik jarayonni loyihalash, tashkil etish va amalga oshirishda ko‘zda 
tutiladigan xavfsizlik choralari.
Quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim: 
-
xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatadigan boshlang‘ich materiallar, tayyor mahsulot 

va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ishchilarning bevosita aloqasini bartaraf etish;


-
xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq 

jarayon va operatsiyalarni ko‘rsatilgan faktorlar bo‘lmagan yoki cheklangan yo‘l


qo‘yilgan konsentratsiyalar va sathlardan oshmagan jarayon va operatsiyalarga 
almashtirish;
-
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lganida, kompleks 

mexanizatsiya, avtomatlashtirish, texnologik jarayonlar va operatsiyalarni masofadan


boshqarishni qo‘llash; 
-
jihozlarni zich yopish; 

-
ishchilarni himoyalash vositalarini qo‘llash; 


-
texnologik jarayonni nazorat qilish va boshqarish tizimi; 


-
zararli ishlab chiqarish omillarining manbasi bo‘lmish chiqindilarni o‘z vaqtida 


yo‘qotish, zararsizlantirish va ko‘mib qo‘yish; aylanma suv ta’minoti tizimidan


foydalanish; 
-
xavfsizlikning signalli rang va belgilarini ishlatish; 

-
hamisha bir xil, gipodinamika, haddan tashqari jismoniy va asab-jismoniy 


zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida oqilona mehnat va dam olish rejimlarini qo‘llash;
-
tabiiy ko‘rinishdagi va ob-havo sharoitlarining kutilishi mumkin bo‘lgan salbiy 

ta’sirlaridan himoya qilish.


2 Texnologik jarayonni olib borishga xavfsizlikning umumiy talablari. 
1) Qurilmani ishga tushirishdan oldin jihozlar montajining to‘g‘riligi va shuningdek
truboprovodlar, armatura, erlantiruvchi moslamalar, NO‘V, kanalizatsiya, yakka 
tartibdagi himoya va yong‘inni o‘chirish vositalarining ishga yaroqliligini tekshirish
lozim.

2) Qurilmaning ishlashi vaqtida NO‘V ko‘rsatuvlari orqasidan qattiq kuzatish,


apparatlarning o‘zida o‘rnatilgan mahalliy asboblar bilan taqqoslash lozim. 
3) Apparatlardagi harorat va bosimning o‘zgarishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan
deformatsiyalarni ogohlantirish uchun, sekinlik bilan va ravon amalga oshirilishi kerak. 
4) Qurilmadagi texnologik rejim ustidan qattiq kuzatmoq, parametrlar (bosim,
harorat, sarf, sath va boshqalar) o‘zgarishining o‘rnatilgan me’yorlardan oshishi yoki 
pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik.
5) Ishlamaydigan apaparatlar, jihozlar yoki truboprovodlarda surma klapanlarni ochiq 
qoldirish man etiladi.
6) Sxemadan o‘chirilgan apparatlar, jihozlar va truboprovodlar ta’mirdan oldin 
tozalangan bo‘lishi kerak.
7) Truboprovodlardagi surma klapanlar va jo‘mraklar tizimli tarzda ta’mirlanishi 
lozim.
8) Barcha ta’mirlangan apparatlar va qurilmaning alohida tugunlari ishga tushirishdan 

oldin bosim bilan zich yopilganiga tekshiriladi.


9) Faqat ishga yaroqli jihozda ishlash lozim. Jihoz, kommunikatsiya yoki o‘lchov va 
rostlovchi asboblarning har qanday buzuqliklarida yoki normal ishlashining buzilishida
darhol bu buzuqliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilsin. 


10) Truboprovodlar va jihozlar izolyasiyasining neft mahsulotlariga to‘yinishiga yo‘l 


qo‘ymaslik. Namlangan izolyasiyani almashtirish lozim.
11) Amaldagi jihozlarda salniklar, flanetsli birikmalarni bosimni atmosfera 
bosimigacha tushirmasdan turib zichlashtirish man etiladi.
12) Kanalizatsiyaga to‘kiladigan bo‘shatish suvlarida neft mahsulotlarining miqdori 
o‘rnatilgan me’yoridan yuqori bo‘lmasligi kerak.
13) Nasosli stansiyalardan foydalanilganda nasoslar va truboprovodlarning zich 
yopilganligi ustidan tizimli ravishda nazorat bo‘lishi lozim. Neft mahsulotining sirqib
to‘kilishini payqaganda nasos to‘xtatilishi, amaldagi kommunikatsiyalardan o‘chirilishi, 
ta’mirga tayyorlanishi lozim. Nasoslarni ular ishlaganda ta’mirlash man etiladi.
Ta’mirdan yoki montajdan qabul qilingan jihozlar qurilma boshlig‘i yoki 
mexanikning ruxsatisiz ishga tushirilmasin.
Harkatlanayotgan qismli mexanizmlarga xizmat ko‘rsatganda quyidagilar man etiladi: 
a) ish vaqtida to‘siq orqasiga kirmoq;
b) himoyalovchi to‘siqlar bo‘lmaganida yoki ularning buzuqligida ishlamoq; 
v) harakatlanayotgan qismlarni yo‘lda har qanday tuzatmoq yoki ta’mirlamoq;
g) o‘rnatilgan maxsus kiyimsiz ishlamoq. 
Yuqori xavfli ishlarni faqat o‘rnatilgan shakldagi yozma holdagi naryad-ijozatga
(ruxsat) muvofiq bajarmoq. 
O‘chirilmagan va tayyorlanmagan jihozlarda ta’mirlash ishlari olib borilmasin.
Begona shaxslarni ish joyiga va korxonaning amaldagi ob’ektlariga qo‘ymaslik. 
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan barcha ishlarni, xavfsizlik texnikasi
yo‘riqnomalariga rioya qilgan holda o‘z vaqtida va puxta bajarmoq. 
Qurilma, bino va inshootlar maydoni toza holda saqlanishi kerak. Axlat, ishlab
chiqarish chiqindilari, barglar va shu kabilar tizimli ravishda territoriyadan maxsus 
ajratilgan joylarga chiqarilishi, neft mahsulotlarining to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik,
to‘kilganida esa bu joy tozalangan va qum bilan sepilgan bo‘lishi lozim. 
Bino va inshootlarga kirish yo‘llarining, ostonalarining, zinapoya qafaslari, o‘tish
joylari, binodan chiqish joylari, yong‘in jihozlari, yong‘in gidrantlari, yong‘in aloqasi va 
signalizatsiyasi vositalariga kirish yo‘llari va ostonalarini tiqilinch qilishga yo‘l
qo‘yilmasin. 


Ishlab chiqarish binolaridagi pollarni tozalikda saqlamoq. Ishlatilgan artish uchun 


ishlatiladigan materialni qopqoqli maxsus yaщikka yig‘moq.
Qurilmalar maydonidagi ishlab chiqarish kanalizatsiyasi kuzatish quduqlari 
qopqoqlarini doimo yopiq holda va 10 cm dan kam bo‘lmagan qum qatlami bilan
qoplangan va halqalangan holda saqlamoq. 
Pol, devor, mashinalar va jihozlar detallarini engil alanga oluvchi va yonuvchan
suyuqliklar bilan yuvish ta’qiqlanadi. Bu maqsadlarda yong‘inga xavfsiz yuvish vositalari 
qo‘llanilishi kerak.


Download 211.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling