Kimyoviy texnologiya
Download 0.7 Mb.
|
ТМПКТ УМК. 8-семестр 2018
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” KAFEDRASI TOLALI MATERIALLARNI KIMYOVIY PARDOZLASH TEXNOLOGIYASI fanidan O’QUV – USLUBIY MAJMUA 8-semestr
Toshkent – 2018 O’quv uslubiy majmua О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi 201__ yil “___” ____________dagi “______”-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tolali materiallarni kimyoviy pardozlash texnologiyasi” fani dasturi asosida tayyorlangan. O’quv uslubiy majmua Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti Uslubiy kengashining 201_ yil “___” ____________dagi ___ - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. O‘quv-uslubiy majmua Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida bajarilgan Tuzuvchilar: Nabiyeva I.A. TTYeSI, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor. Shamukimova M.B. TTYeSI, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti. Taqrizchilar:
MUNDARIJA
KIRISH Ma’lumki, davlatimizning siyosati mahalliy xomashyolardan keng foydalanib, eksportbob mahsulot ishlab chiqarishga asosiy e’tibor berish. Tolali materiallar ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda tolali xomashyo va kimyoviy vositalar yetarli. О‘zbekiston mustaqillikka erishishdan oldin faqat mato ishlab chiqaruvchi “To’qimachilik kombinati” MCHJ mavjud edi. Hozirda to’qimachilik mahsulotlarini pardozlash sanoatida о‘ngga yaqin mat ova trikotaj ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat kо‘rsatmoqda. Hozirda bu korxonalar tolali xomashyo sifatida paxta momig‘i va yog‘och sellyulozasidan foydalanadi. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida yiliga 3,5 million tonnadan ortiq paxta (xomashyo) yetishtirilmoqda. Paxta tozalash korxonalarida, paxta xomashyosini qayta ishlash jarayonida taxminan 3% gacha paxta momig’i hosil bo’ladi. Paxta momig’i kimyo va to’qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Mustaqil Vatanimizda yangi sanoat tarmog’i – pardozlash sanoati tobora yuksalib bormoqda. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan bu sanoat tarmog’i samaradorligi yaqin 15 yil ichida bir necha marta ortdi. Ushbu sanoat tarmog’i rivoji uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun Toshkent Kimyo-texnologiya va Toshkent To’qimachilik va yengil sanoat institutlari qoshida maxsus kafedralari ochildi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga muvofiq respublikamizda hozirgi zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash uchun qulay imkoniyat yaratildi. Bu qarorda o’quvchilar elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanish usullarini bilishlari, zamonaviy texnika hamda texnologiya apparatlarini chuqur o’rganishlari, ularni puxta egallab yetuk mutaxassis bo’lishlari zarur ekanligi qayd etilgan. Shularni hisobga olgan holda yaratilgan ushbu o’quv-uslubiy majmua qog’oz mutaxassisligi bo’yicha bilim oluvchi magistrantlarga mo’ljallangan.
Gul bosish haqida umumiy ma’lumotlar Quyultiruvchilar Gul bosish Tayanch so’z va iboralar: Gul bosish, quyultma, bo’yoq Gul bosish haqida umumiy ma’lumotlar. Gul bosishning bo’yashdan farqi shuki, bunda bo’yovchi modda mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish uskunalari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda eritmasi tarkibi murakkabroq bo’lsa ham, lekin fizik-kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo’yashdagidek o’tadi. Matoga gul tushiruvchi aralashma bo’yoq deb ataladi va bo’yash eritmasidan o’zining quyuqligi bilan farq qiladi.Gul bosish bo’yog’i tarkibiga: bo’yovchi modda, quyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi. Gul bosish uchun ishlatiladigan bo’yovchi moddalar to’qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam rang berishi lozim. Bu talablarga quyidagi sinf bo’yovchi moddalari javob beradi: sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda - aktiv, kub, suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar va pigmentlar; oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali metallkompleks bo’yovchilar va pigmentlar; atsetat va sintetik tolalar uchun - asosan, dispers bo’yovchi moddalar va pigmentlar, undan tashqari kislotali (poliamid tolalar uchun), kation (poliakrilonitril tolalar uchun), kub (viskoza va poliefir tolalar uchun) bo’yovchi moddalar ham qo’llanishi mumkin. Quyultiruvchi - bu ko’p komponentli dispers sistema yoki suvda eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar - quyuqlovchilar eritmasi bo’lib, bo’yovchi modda bilan cheksiz aralashib turg’un gul bosish bo’yog’i hosil qiladi. Quyuqlovchilarning sinflanishi 1-jadvalda keltirilgan. Jadval 1. Quyuqlovchilarning sinflanishi
Gul bosish uchun ishlatiladigan quyuqlovchilar quyidagi talablarni bajarmog’i lozim: mato yuzasiga ravon o’tish, gul chegara chiziqlarining aniqligi, gul bosish validagi naqshlarni yaxshi ho’llash va unda ushlanib qolish, gul bosish jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik; ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi; mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi; oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi, bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik. Quyuqlovchilar polimer materiallarning chin yoki kolloid eritmalari bo’lib, makromolekulalar eritmada o’zaro ta’sirlanib ichki fazoviy qurilma hosil qiladi, ana shu makromolekulalar quyuqlovchilar deb ataladi. 2-jadvalda quyuqlovchilar to’g’risida ayrim ma’lumotlar keltirilgan.
Texnik xossalari bu - gul bosish ravonligi, gul chegara chiziqlarining aniqligi, bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi, bo’yoqning naqshvand o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati, rang to’qligi, bo’yovchining bog’lanish darajasi. Fizik xossalari quyultmaning ichki fazoviy qurilishi - reologik xossalaridir. Gul bosish sifati bo’yoqning texnik va fizik (qurilma-mexanik) xossalari orasida bog’liqlikni to’g’ri topishni taqozo qiladi. Gul chegara chizig’ining yoyilib ketishi bo’yoq qovushqoqligining susayishi sababidandir. Bu hodisa esa o’z navbatida bo’yoq ichki qurilmasining mexanik ta’siri ostida buzilishiga bog’liqdir. Tashqi ta’sir olingandan so’ng yana o’z xossalarini tiklay olish qobiliyati uning tiksotropligi deyiladi. Faqat tiksotroplik xossasiga ega quyuqlovchigina gul bosishda ishlatiladi. Bo’yoq tarkibiga bo’yovchi va quyuqlovchidan tashqari yordamchi moddalar ham kiradi. Ularning tarkibi va miqdori bo’yovchi modda turiga bog’liq. Quyuqlovchilar ichida eng ko’p qo’llaniladigani (90% dan ortiq) kraxmal va uning modifikatsiyalangan mahsulotlaridir.Buning sababi kraxmal arzon, olinishi oson va aktiv bo’yovchilardan tashqari barcha sinf bo’yovchilari uchun ishlatsa bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha -d-glyukoza qoldig’idan iborat polimer; umumiy formulasi:{C6H7O2(OH)3}n. Kraxmal chiziqsimon tuzilishli amiloza (15-25%) va shoxchali tuzilishli amilopektin (75-85%) dan tashkil topgan. Kraxmalning qayishqoqligi past, shu sababli ko’pincha tragant bilan 1:1 nisbatda aralashma holida ishlatiladi; undan tashqari uzoq saqlab bo’lmaydi. Aktiv bo’yovchilar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Kraxmal suvda erimagani sababli kislota, oksidlovchi solib qaynatiladi. Kraxmalni temperatura, kislotalar ta’sirida va mexanik usulda modifikatsiyalab, pirodekstrinlar (termik usul), dekstrinlar (kislotali gidroliz) 150-2000C da o’ta maydalangan kraxmal (mexanik usul) lar olinadi. Dekstrinli quyuqlovchili bo’yoqlar yuqori qoplash qobiliyatiga ega, aniq chegarali gullar hosil qiladi, lekin quyuqlash xossalari past. Jadval 2. Quyuqlovchilar xossalari
Kraxmalni eterifikatsiyalash natijasida ham suvda eruvchan karboksimetilkraxmal (KMK) olinadi. KMK yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega, uzoq saqlasa bo’ladi, lekin kraxmaldan 2÷3 marta qimmat. Sellyuloza efirlari ichida karboksimetillsellyuloza (KMS) natriyli tuz holida ishlatiladi, u yuqori quyuqlash qobiliyatga ega, sovuq suvda yaxshi eriydi, 500C dan yuqorida eruvchanligi susayadi. Kamedlar ichida tragant ko’proq ishlatiladi, yaxshi quyuqlash xususiyati bor. Emul’sion quyuqlovchilar moyni (velosin, mashina, vereteno yoki uayt-spirit) emulgatorning suvli eritmasi bilan yuqori tezlikda aralashtirish natijasida olinadigan ikki fazali sistemadirlar.Bu sistemaga emulgator- sirt aktiv moddadan tashqari yuqori molekulali stabilizator (natriy alginat, KMS va b.) qo’shiladi. Emulsion quyultmalar asosan pigmentlar bilan gul bosganda ishlatiladi. Kamchiligi yonuvchan bo’ladi. Quyultmalar “sovuq” va “qaynoq” usulda tayyorlanadi. “Sovuq” usulda quyuqlovchi aralashtirilgan holatda kerakli suvning 1/3 qismiga sekin solinadi, 30-60 minut aralashtirib, so’ng qolgan suv qo’shiladi va suzib olinadi. Bu usul bilan natriy alginat, kraxmal va tragantdan boshqa quyuqlovchilar eritmasi tayyorlanadi. “Qaynoq” usulning qaynatish harorati har bir quyuqlovchi uchun o’ziga xos bo’ladi. Quyuqlovchi 30-350C li suvga asta sekin sepib solinadi, bir jinsli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi, so’ng aralashma kerakli haroratga ko’tariladi, to tayyor bo’lguncha shu haroratda aralashtiriladi, sovutilib suziladi. Yordamchi moddalar eritilgan holda quyuqlovchidan avval aralashmaga qo’shiladi. Gul bosish bo’yog’i har bir sinf uchun tasdiqlangan tarkib bo’yicha “qaynatish” yoki “aralashtirish” usuli bilan tayyorlanadi. ”Qaynatish” usulida bo’yoq tarkibiga kiruvchi barcha moddalar aralashtirilib, aralashtirgich o’rnatilgan qozonlarda qaynatiladi. “Aralashtirish” usulida quyultma eritmasi alohida tayyorlanib, so’ng bo’yoq tarkibidagi boshqa moddalar eritmasi bilan aralashtiriladi, amalda ko’proq shu usuldan foydalaniladi, chunki tayyorlangan bo’yoq bir jinsli bo’lib chiqadi. Bo’yoq tarkibida bo’yovchi modda konsentratsiyasi eng yuqori bo’lsa, uni konsentrlangan (butun) bo’yoq deyiladi va 1/0 holida ko’rsatiladi. Maxrajdagi 0 butun bo’yoq tarkibida suyultiradigan quyultma yo’qligini ko’rsatadi. Ochroq ranglar olish maqsadida butun gul bosish bo’yog’ini quyultma bilan suyultiriladi, ya’ni kupyurlanadi. Suyultirish darajasi kupyur deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: 1/2, 2/3 va boshqalar. Suratda butun bo’yoq ulushi, maxrajda tarkibida bo’yoq yordamchi moddalari bo’lgan bo’yovchisiz quyultma ulushi ko’rsatiladi. Tayyor bo’lgan quyultma va bo’yoq turli suzgichlarda suziladi.Suzgichlar oddiy va vakuumli bo’lishi mumkin. Oddiy suzgichlarda bo’yoq yoki quyultma shyotka yordamida ezg’ilanib, elakdan o’tkaziladi. Vakuum suzgichda esa elakdan bo’yoq yoki quyultmaning qovushqoq eritmasi vakuum yordamida suzib olinadi.
Quyuqlovchi plyonkasida qotib qolgan bo’yovchi moddani tola ichki qatlamlari tomon harakatlanishi uchun bo’yovchini o’z ichiga qamrab olgan plyonkasini yumshatish lozim. Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizitiladi. Qaynoq bug’ yoki havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga yuqori harorat ta’sirida tola g’ovaklarida suyulib bo’yovchi modda diffuziyasini tezlatuvchi muhit hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va quyuqlovchi orasida kuchsiz o’zaro ta’sir bo’lgani sababli gul bosishda bo’yovchining tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sababli turli sinf bo’yovchi moddalar bilan gul bosishda ularning o’ziga xos bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum. Gul bosish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’ladi:
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling