Kimyoviy texnologiya
Kub bo’yovchi moddalar sellyulozali, gidratsellyulozali va tabiiy ipak matolarga bevosita va tezobli gul bosishda ishlatiladi. Bevosita gul bosishning uch usuli mavjud
Download 0.7 Mb.
|
ТМПКТ УМК. 8-семестр 2018
Kub bo’yovchi moddalar sellyulozali, gidratsellyulozali va tabiiy ipak matolarga bevosita va tezobli gul bosishda ishlatiladi. Bevosita gul bosishning uch usuli mavjud:ishqoriy-qaytaruvchili rongalitli-potashli ikki bosqichli
Kub bo’yovchi moddalarni oddiy kukun holatida faqat ishqoriy-qaytaruvchili usul yordamida avval bo’yovchini to’liq qaytarib, so’ng gul bosiladi. Bo’yovchi modda glitserin bilan yaxshilab ezg’ilanadi, ishqor va potash (K2CO3), quyultma qo’shiladi va hosil bo’lgan aralashma 50-600C gacha isitilib, so’ng natriy ditionit (Na2S2O4) qo’shiladi, shu haroratda 20-40 min aralashatirilgan holda bo’yovchi to’lik qaytarilguncha qizitiladi. Uy haroratigacha sovutilib, bo’yoq tarkibiga quyultma bilan 1:1 nisbatda rongalit qo’shiladi. Hosil bo’lgan tarkib bilan matoga gul bosiladi, havosiz kamerada 103-1050C da 8-10 min. ishlov beriladi. Tola g’ovaklariga diffuziyalangan kub bo’yovchi moddani leykobirikmasi tuzini pigment holiga o’tkazish uchun matoga oksidlovchini kuchsiz kislotali eritmasi bilan yoki oqar sovuq suv bilan ishlov beriladi, so’ng yuviladi, sovunlanadi, yana yuviladi va quritiladi. Qaytarilgan bo’yovchi modda gul bosish jarayonida havo kislorodi bilan oksidlanadi, bo’yoq tarkibidagi rongalit bug’lash kamerasida parchalanib, oksidlangan bo’yovchini yana qaytaradi: Bu usulning kamchiliklaridan eng asosiysi- qaytaruvchi sarfining yuqoriligi, ya’ni natriy ditionit bilan gul bosishdan avval qaytariladi, gul bosishdan so’ng bug’lash kamerasida rongalit bilan yana qaytariladi. Rongalit-potashli usul bilan kub bo’yovchilarni faqat ko’rsatgichi «P» bo’lgan pasta holida ishlatish mumkin. Pasta tarkibiga bo’yovchidan (15-20%) tashqari dispergatorlar, erituvchi, antifrizlar, gigroskopik va gidrotrop moddalar, katalizatorlar, antiseptik va elektrolitlar kiradi. Bu qo’shimchalar pastaga quyidagi kerakli xossalarni beradi: yuqori dispergirlik, turg’unlik, oson qaytarilish va hosil bo’lgan leykobirikmaning oson erishi va yuqori diffuzion qobiliyati. Pastda bunday ijobiy xossalarning mujassamligi bo’yovchining rang tusiga va mustahkamligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bo’yoq tayyorlash uchun pasta glitserin bilan aralashtiriladi va ketma-ket quyultma, potash, rongalitning quyultma bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasi qo’shiladi.
kub bo’yovchi - 120 glitserin - 80 potash (suv bilan 1:1) - 240 rongalit (quyultma bilan 1:1) - 200 quyultma - Gul bosish quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:
Quyuqlovchi sifatida bu usul bilan gul bosganda turli yuqori molekulali birikmalar eritmasi ishlatilsa bo’ladi: kraxmal, kraxmal va tragantning 1:1 nisbatdagi aralashmasi, KMS va alginatlar. Rongalitli-potashli usul bilan gul bosganda bug’lash kamerasiga kirayotgan matoning namligini ahamiyati katta. Shuning uchun bo’yoq tarkibiga sellyulozali matolarga gul bosganda ishqoriy agent sifatida gigroskopik modda kaliy karbonat (potash) ishlatiladi, undan tashqari glitserin qo’shiladi. Bu moddalar kameradagi to’yingan bug’ kondensatsiyasini oshirib, leykobirikmaning kaliyli tuzi eruvchanligini va uni tola ichiga diffuziyasini oshiradi. Tabiiy ipak mahsulotlarga gul bosganda ularning namligi paxtaga nisbatan yuqori bo’lganligi sababli natriy karbonat ishlatiladi. Rongalitli-potashli usulning ishqoriy qaytaruvchili usuldan afzalligi bo’yovchining bo’yoq tayyorlashda, gul bosib quritishda suvda erimaydigan pigment
Rb holda bo’lishidir. Lekin rongalit 800C dan boshlab S=O parchalana boshlagani sababi quritish temperaturasi past olinadi, bu esa ish unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aks holda rongalitning ma’lum qismi quritish jarayonida parchalanib, kub bo’yovchidan unumli foydalanishni kamaytirib, rang to’qligini pasaytiradi. Shu sababli bo’yoq tarkibiga rongalit keragidan ortiqroq qo’shiladi, uzoq vaqt davomida (8-16 min) bug’lanadi. Rongalitni yana bir salbiy xossasi agar bug’lanmagan mato sexda saqlansa, mato qatlamining qizishi, atmosferadan namlikni yutishi natijasida uning parchalanib muhit pH ini pasaytirishidir. Bunda matoning gul tushirilgan joylarini mexanik xossasi susayadi. Temperaturaga bog’liq holda rongalit quyidagi sxemalar bo’yicha parchalanishi aniqlangan. T<800C: 6NaHSO2CH2O+3H2O4NaHSO3+2HCOONa+2H2S+HCOOH+3CH3OH T>800C: 3NaHSO2CH2O2NaHSO3 CH2O+CH2S+NaOH Bug’lash paytida ikkala reaksiya birdaniga ketadi va muhit pH i pasayadi. Bug’lanish temperaturasi yuqori bo’lsa ( 1100C) rongalit formaldegid va natriy sulfoksilat hosil qilib parchalanadi: NaHSO2 · CH2O NaHSO2+CH2O Sulfoksilat kislorod bilan peroksid hosil qilib, sellyulozani parchalashi mumkin. Shu sababli bug’lash kamerasida havo miqdori 0,03% dan oshmasligi lozim. Rongalitli-potashli usulni jadallashtirish maqsadida bo’yoq tarkibiga rongalitni parchalanishini tezlatuvchi turli katalizatorlar qo’shish taklif qilingan. Katalizatorlar ichida yuqori aktivlikka ega va topilishi osonroq, umumiy formulasi [Co(DH)2L2]x ko’rinishdagi kobalt va dimetilglioksimning sis- va trans- holdagi kompleks birikmalaridir. Kobaltning dimetilglikoksim va tiomochevinali kompleksi (DIMO)ning aktivligi juda yuqori, bu modda suvda yaxshi eriydi va ishqoriy sharoitga chidamli. Tayyor komplekslardan tashqari ularning yarim mahsulotlari: kobalt nitrat va xlorid tuzlari, dimetilglioksimlarni ham qaytarish katalizatori qilib ishlatish taklif qilingan. 1-jadvalda keltirilgan natijalar bo’yoq tarkibiga katalizator qo’shishning ahamiyati kattaligini ko’rsatadi. Jadval 3. Rongalitli-potashli usul bilan gul bosganda katalizator tabiatining bo’yovchini tolaga bog’lanishiga ta’siri [g/kg]
Ikki bosqichli gul bosish progressiv usul bo’lib, rongalitli-potashli usul kabi kub bo’yovchi moddani yuqori dispersli pasta holida ishlatishni taqozo qiladi. Bu usulda matoga gul bo’yovchi modda, quyultma va suvli tarkib bilan tushiriladi. So’ng quritilgan mato bug’lashdan avval ishqoriy-qaytaruvchili eritma bilan shimdiriladi, g/dm3: natriy ditionit (texnik)-50 natriy gidroksid, 100%-li -35 natriy karbonat –25 Ikki bosqichli gul bosish usulining o’ziga hos tomoni shundaki, ishqoriy-qaytaruvchili eritma shimdirilib, siqilgan mato nam (namligi 80% atrofida) holda bug’lash kamerasida (3MP - 120) ishlov oladi. Kamerada temperatura 140-1800C bug’ va IK-nurlari yordamida ushlab turiladi. Bunday sharoit bug’lash vaqtini 12-25 s ga va matoning apparatdan o’tish tezligi to 100 m/min gacha ko’tarish imkonini beradi. Bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi to 90-95% gacha boradi, yuqori yorqinlik, rang to’qligi va mustahkamligiga erishiladi. Aktiv va kub bo’yovchi moddalar bilan ikki bosqichli usulda gul bosilgan matolarni bug’lash jarayonini oddiylashtirish, barcha turdagi sarflarni kamaytirish maqsadida Germaniyaning “Goller” firmasida tez ta’sir etuvchi ixcham bug’lash apparatlari chiqarildi (4.14.-rasm). Gul bosib quritilgan mato kichik modulli shimdirish vannasi (2)dan o’tib, gorizontal joylashgan biri po’lat (3) va ikkinchisi yuzasi rezinalashtirilgan (4) ikki valli siqish mashinasida siqish darajasi 70% gacha siqiladi. Shimdirish-siqish mashina tepasiga joylashgan bug’lash apparatda (1) 1250C da 10 (aktiv) - 20 (kub) s. davomida bug’lanadi, oksidlash, sovunlash va yuvish jarayonlar odatdagidek amalga oshiriladi. Ikki bosqichli gul bosish usuli uchun quyuqlovchiga alohida talablar qo’yiladi: 1. Matoga tushirilgan naqsh chegara chizig’ining aniqligi; 2. Ishqoriy-qaytaruvchili eritma bilan shimdirilganda va bug’langanda gulning chaplashib ketmasligi. Bu talablarga ishqor va elektrolitlar ta’sirida koagulyasiyaga uchraydigan natriy alginat javob beradi. Bu quyuqlovchi qimmat bo’lgani sababli koagullanmaydigan kraxmal, tragantlar bilan aralashma holda ishlatish taklif qilinadi. Quyuqlovchining koagullanish qobiliyatini oshirish maqsadida ishqoriy qaytaruvchili eritmaga bura (Na2B4O7 10H2O) qo’shish (15 g/dm3) taklif qilinadi. Ikki bosqichli gul bosish usulning rongalitli-potashli usulga nisbatan afzalliklari: bo’yoqni va gul bosilgan matoni uzoq vaqt saqlash mumkin, bo’yovchining tolaga bog’lanish darajasi yuqori (90% gacha), ish unumdorligi va rang sifati yuqori. Kamchiliklari: gruntli gullar tushirilganda oq tagning bo’yalishi, ishqor va qaytaruvchining sarfi yuqori va ulardan matoni to’liq tozalash uchun yuvishga ko’proq suv sarf bo’ladi, maxsus quyuqlovchi va rang singdirgichning kerakligi. Ikki bosqichli usul afzalliklari kamchiliklardan ustun turgani sababli kelajakda bu usul rongalitli-potashli usulni butunlay siqib chiqaradi. Nazorat savollari: Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosish usullari, afzalliklari va kamchiliklari; Kub bo’yovchi moddalar bilan gul bosishda qo’llaniladigan kimyoviy yordamchi moddalarning vazifasi. 5 – MA’RUZA _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ DISPERS VA SUVDA ERIMAYDIGAN AZO BO’YOVCHI MODDALAR BILAN GUL BOSISH Reja: Dispers bo’yovchi moddalar bilan gul bosish; Suvda erimaydigan azo bo’yovchi moddalar bilan gul bosish. Tayanch so’z va iboralar: tiomochevina, skipidar, stearoks, azeotrop aralashma, “ko’chirma gul bosish”, “bug’ fazali gul bosish”, “termogul bosish”. Dispers bo’yovchi moddalar poliefir va atsetat tolali matolarga va kamroq poliamid tolali matolarga gul bosishda ishlatiladi. Gul bosish uchun nurbardoshligi yuqori va temperatura ta’siriga chidamli bo’yovchilar ishlatiladi. Gul bosish texnologiyasi: gul bosish quritish bo’yovchi moddani tolaga bog’lash yuvish quritish jarayonlardan iborat. Gul bosish bo’yoq tarkibi tola turiga va rang singdirish usuliga bog’liqdir. Masalan, atsetat tolali materiallar uchun quyidagi tarkiblar ishlatiladi.
Bo’yovchi- 20-40 bo’yovchi- 20-40 Bo’yovchi-20-40 Natriy xlorid- 5 Etil spirti- 10 Skipidar- 10 Mochevina- 20-60 Tiomochevina- 50 Stearoks- 20 Ammoniy sulfat- 5 Sulfirol- 5 Quyultma- Quyultma- Quyultma- Quyuqlovchi sifatida natriy alginat, karboksimetilsellyuloza, tragant va ularning aralashmasi ishlatiladi. Poliefir, poliamid va triatsetatli tolalarga gul bosilganda tola massasiga nisbatan 0,3-2% miqdorida bo’yoq tarkibiga intensifikator (benzoy, salitsil kislota, xlorbenzol, yog’ kislotaning gidroksialkilamidlari) qo’shiladi. Bo’yovchining tolaga bog’lanish darajasini oshirish maqsadida, to’q ranglar olish uchun 80-200 g/kg miqdorda mochevina qo’shiladi. Bug’lash paytida bo’yovchini qaytarishdan saqlash maqsadida biroz oksidlovchi qo’shiladi. Dispers bo’yovchilar ishqorga ta’sirchan bo’lgani sababli, to pH=6 gacha sirka kislota qo’shiladi. Dispers bo’yovchi moddalar gul bosilgan atsetat va poliamidli matolar to’yingan bug’li atmosferada 100-1020C da 20-45 min davomida ishlov oladi. Ana shu sharoitda, hatto bo’yoq tarkibiga intensifikator qo’shilgan bo’lsa ham poliefir va triatsetat tolali materiallarga bo’yovchining bog’lanish darajasi 50% dan oshmaydi. Buning sababi bo’yovchining tola ichiga diffuziya tezligini o’ta pastligidir. Shu sababli dispers bo’yovchilarni poliefir va triatsetat tolalar ichiga diffuziyasi qaynoq havoli muhitda 180-2200C da 30-60 s davomida yoki o’ta qizitilgan bug’li sharoitda 165-1800C da 4-8 min. davomida amalga oshiriladi. Yuqori temperaturali ishlov mo’ljallangan texnologiya uchun sublimatsiyaga chidamli bo’yovchi moddalar ishlatiladi. Dispers bo’yovchi moddalar rang mustahkamligini oshirish uchun yuvish jarayonda matoga ishqoriy qaytaruvchili ishlov beriladi: NaOH (32,5% li) - 4,5 ml/dm3, Na2S2O4 - 2 g/dm3. Hozirgi vaqtda gidrofob tola ichiga dispers bo’yovchi modda diffuziyasini jadallashtirish maqsadida qaynatilgan azeotrop aralashma bug’ida ishlov berishni qo’llash taklif qilinmoqda. Azeotrop aralashmalar ichida eng maqbuli benzil spirt va suvning 10:90 nisbatdagi aralashmasidir. Benzil spirti kam zaharli va u aralashma tarkibiga kam miqdorda qo’shiladi. Aralashmaning qaynatish temperaturasi 95-1000C, ishlov vaqti 2-3 min tashkil qiladi. 70-nchi yillarda dispers bo’yovchi moddalar bilan kimyoviy tolali materiallarga sublimatsion gul bosish keng tarqaldi. Bu usul yana “ko’chirma gul bosish”, “bug’ fazali gul bosish”, “termogul bosish” nomlari bilan ham ma’lumdir. Bu usulda gul bosish uchun avval oson (180-2300C da) sublimatsiyalanuvchan dispers bo’yovchilar bilan qog’ozga gul tushiriladi, so’ng ma’lum temperatura, bosim va vaqt davomida gul qog’ozdan mato yuzasiga o’tkaziladi. Bunda dispers bo’yovchi modda temperatura ta’sirida uchuvchan holatga o’tib, juda tez yuqori elastik holatdagi tola ichiga diffuziyalanadi. Qog’ozga gul tushirish uchun quyidagi tarkibdan foydalaniladi: dispers bo’yovchi modda 10%, yopishtirgich modda (sintetik smola, sellyuloza efirlari) 15%, erituvchi (suv yoki organik erituvchi)-75%. Gul tushirilgan qog’oz pastroq temperaturada tez quritiladi. Qog’ozdagi gulni mato yuzasiga o’tkazish uchun turli konstruksiyadagi kalandrlar ishlatiladi. Bularni ichida vakuum ostida ishlaydigan teshikchali barabanli termogul bosish mashinalari ko’proq maqsadga muvofiqdir, masalan “Kannegisser” firmasida (Germaniya) chiqariladigan “Vakuumat” kalandri. Mato va qog’oz roliklardan yuzma-yuz holatda ustma-ust teshikli barabanga yuboriladi. Baraban ichida vakuum hosil qilingani sababli qog’oz va mato uning yuzasiga zich yopishadi. Qog’oz va mato qatlami infra qizil nurlar yordamida qizdiriladi va datchik yordamida nazorat qilinadi. Gul bosilgan mato rulonga, ishlatilgan qog’oz rulonga o’raladi. “Vakuumat” mashinalarning afzalligi: bosim past bo’lgani uchun mato ezg’ilanmaydi, temperatura pastroq (200-2100C o’rniga 1600C), bo’yovchi moddaning tola ichiga o’tuvchanligi yaxshilanadi, rang mustahkamligi yuqori, issiqlik sarfi kam.
Dispers bo’yovchi modda bilan gul bosish bo’yog’ining tarkibi; Dispers bo’yovchi modda bilan termo usulda gul bosishning mohiyati; Suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar bilan gul bosish; Azo- va diazo tashkil etuvchilar; Azo bo’yovchi moddalar bilan gul bosish usullari va texnologiyasi. 6 – MA’RUZA ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ PIGMENTLAR BILAN GUL BOSISH Reja: Pigmentlar bilan gul bosish Azoid bo’yovchi moddalar bilan gul bosish Tayanch so’z va iboralar: pigment, emul’sion quyuqlovchi, suv moyda, ariday, Interkemikl, impralak, Frankolor, moy suvda, orema, oremazin, mikrofiks, Siba, akramin, Bayer, xelizarin, BASF, imperon, XEXST. Gul bosish bo’yog’ini tayyorlashda barcha tashkil etuvchilar ketma-ket qo’shilib aralashtiriladi. Katalizator esa bo’yoqni ishlatish oldidan qo’shiladi. Pigment bilan gul bosish bog’lovchilar ishtirokida turli usullar bilan amalga oshiriladi. Bo’yoq tarkibida pigment, bog’lovchi, quyuqlovchi, hamda stabilizatorlar va katalizatorlar bo’ladi. Bo’yoq tarkibida plyonka va tur hosil qiluvchilar va quyuqlovchilarni bo’lishi, ham gul bosib termoishlov berilgach matoning yuvilmasligi uning yuzasini dag’allashishiga olib keladi. Shuning uchun quyuqlovchi tanlashga alohida ahamiyat beriladi: masalan, bu muammoni hal qilish uchun: a) emulsion quyuqlovchi ishlatish; b) yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega polimerlar tanlash lozim. Emul’sion quyuqlovchilar ikki turda bo’ladi: 1) “suv moyda”; ariday (“Interkemikl”) va impralak (“Frankolor”); 2) “moy suvda”: orema, oremazin, mikrofiks (Siba), akramin (Bayer), xelizarin (BASF), imperon (XEXST). Yuqorida nomi keltirilgan firmalar xuddi shu nomlar bilan kerakli bog’lovchilar ham chiqariladi. Emulsion quyuqlovchilarning kamchiligi ular portlovchan va yonuvchan bo’ladilar. Undan tashqari emul’sion quyuqlovchining moy qismi uayt spirit, ya’ni og’ir benzin bo’lib uning bug’lari havoni zaharlaydi, juda ko’p miqdorda sarf qilinadi800 g/kg. Yarim emulsion quyuqlovchilar ham ishlatiladi. Emul’sion quyuqlovchilarning tiksotrop xususiyati juda yuqori bo’lgani sababli gul chegara chizig’i aniq chiqadi va bo’yoq mato ichiga juda chuqur kirishmaydi. Emul’sion quyuqlovchilar o’rnini bosuvchi modda akril va malein kislota (CH=CH) lar sopolimerlarining ma’lum. I I
HOOC COOH miqdordagi ko’ndalang bog’lanishlar bilan bog’langan turidir. Bu quyuqlovchining yuqori quyuqlash qobiliyati uning tarkibidagi ko’p miqdordagi COOH-guruhlarning borligi va polimer o’lchamining o’ziga xos miqdorda bo’lishidir. Quyuqlovchining yaxshi oquvchanligi polimer zanjirining konformatsion xususiyatidadir, ya’ni uni globula hosil qilishi va yoyilishidadir. Tiksotropiya xossasi ko’ndalang bog’lar mavjudligidandir. Bunday quyuqlovchilar gelzarinlar (BASF) nomi bilan chiqariladi. Akrilatli quyuqlovchilarning kamchiligi bu ularning elektrolitga yuqori ta’sirchanligidadir. Gul bosish bo’yoq tarkiblari: pigment-10 g/kg primal K, akramin VS-(boІlovchi)- 150 g/kg quyuqlovchi-X metazin-75-100 katalizator-25 jami-1000
I II
pigment (pasta)- 25-100 25-100 emulsion quyultma 640-770 - emulsion quyultma va lateks - 765-870 lateks SKS -65-GP 75-100 - metazin 75-100 75-100 NH4 Cl (25%) 25 25 NH4OH (25%) 5-10 5-10
Benzinsiz pigmentli gul bosish usuli yaratilgan, bunda uch komponentli akril kislota xosilalari sopolimerlari ishlatiladi. Bu moddalar ham bo’yoq tarkibidagi polifunksional moddalar bilan va sellyuloza makromolekulalari bilan kimyoviy o’zaro ta’sirga kirishadi. Pigmentlar yordamida ajoyib rangdor gullar hosil qilish mumkin, oltin va kumushsimon gullarga o’xshash. Pigmentlarning kamchiligi quruq va namli ishqalanishga ranglar mustahkam emas, ayniqsa to’q ranglarda.
1. Azotollangan matoga quyultirilgan diazol bilan gul tushirish; 2. Azotol va turg’unlashtirilgan diazobirikma aralashmasi bilan oq matoga gul bosish. Birinchi usulda gul bosganda avval mato azotol eritmasi bilan shimdiriladi va quritiladi (masalan, LKS-140-16 agregatda). Diazol gul bosish bo’yog’ini tayyorlash uchun uni biroz miqdorda olingan yumshatilgan suvda (30-400C) eritiladi, natriy atsetat va sirka kislota (yoki ammoniy xlorid), hamda quyultma qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi moddalar nisbati azotol markasi va uning toladagi konsentratsiyasi, diazol turiga, uning chiqarilish konsentratsiyasiga qarab tanlanadi. Masalan, konsentratsiyasi 10g/dm3 bo’lgan azotol eritmasida shimdirilgan matoda g’ishtrang hosil qilish uchun quyidagi tarkib bilan gul bosiladi; g/kg: Diazol g’ishtrang (20%-li) - 30 Yumshatilgan suv- 150 Natriy atsetat- 5 Kraxmalli quyultma - to 1 kg gacha Boshqa diazollar ishlatilganda sharoitga qarab ular miqdori 12-60 g/kgni tashkil etishi mumkin. Gul bosilgan matoda pigment hosil bo’lish darxol hosil bo’la boshlab, quritish so’ngida reaksiya deyarli to’la tugallanadi. Lekin shunga qaramay 6-8 min bug’lash davomida azoqo’shilish reaksiyasi butunlay yakunlanadi, pigmentlar agregatlanadi, rang sifati yaxshilanadi. Suvda erimaydigan azobo’yovchilarni gruntli gullar hosil qilishda ishlatilishi bu azotollangan matoga gul bosishning eng iqtisodiy tejamli turidir. Boshqa turdagi gullar hosil qilishda oq tagdan azotolni yuvib chiqarish ko’p miqdorda suv talab qiladi. Matoni alohida azotollab olish lozimligi usulning kamchiligidir. Tejamkorlik nuqtai nazardan gul bosishda to’liq ranglash tarkibdan-azotol va diazobirikma aralashmasidan foydalanish yaxshi natija beradi. Pardozlash korxonalarida Polshada chiqariladigan - pologenlar ishlatiladi. Diazoaminobirikma siklik triazen quruq holda yuqori turg’un modda bo’lib juda oson kristallanadi va suvli eritmalarda to 700C gacha qizdirilganda ham tarkibdagi azotol bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ishqoriy sharoitda triazen chiziqli holatgacha qayta guruhlanadi va 100-1050C da to’yingan bug’li sharoitda stabilizator- amin tezda ajralib ketadi va diazobirikma azotol bilan reaksiyaga kirishadi. Pologenlarni neytral bug’lash sharoitda rang hosil qilishi triazenning siklik tuzilishiga bog’liq bo’lmay, balki stabilizator-amin tuzilishiga bog’liqki, bu amin diazobirikmani chiziqli holatida ham bug’li ishlovga turg’unligini saqlay oladi. Shu sababli bo’yoq tarkibiga rang chiqarish jarayonini tezlatuvchi moddalar qo’shiladi, masalan, magniy xlorid, magniy sulfat yoki urotropin.
Pologen (D-ko’rsatgichli) - 50 Natriy gidroksid (d=1,33) -5-10 Mochevina - 100 Glitserin - 30 Magniy sulfat (d=1,22) - 30 Qaynoq yumshatilgan suv - 230-250 Kraxmal-tragantli quyultma - to 1 kg gacha Bo’yoq tayyorlash uchun pologen natriy gidroksid va mochevina bilan aralashtirilib, qaynoq suv quyiladi va to’la erib ketguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan eritma quyultma bilan aralashtiriladi, so’ng glitserin, magniy sulfat yoki urotropin eritmasi qo’shiladi. Gul bosilgan mato quritiladi va bug’li sharoitda 5-8 min. 1040C dan yuqori temperaturada ishlov beriladi, so’ng yuviladi va albatta 90-950C da sovunlanadi. Pologenlarning asosiy kamchiligi pigment hosil bo’lish darajasining pastligi (20-30%), va stabilizator-aminning oqova suvda qiyin parchalanishidir. Nazorat savollari: 1. Azoid bo’yovchi moddalar bilan gul bosish 2. Pologenlar bilan gul bosish
Tezobli va zahirali gul bosish haqida umumiy ma’lumot. Bevosita bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matolarga tezobli gul bosish. Suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matoga tezobli gul bosish. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matolarga tezobli gul bosish. Tayanch so’z va iboralar: tezobli gul bosish, zahirali gul bosish, rongalit, kraxmalli quyultma Tezobli va zahirali gul bosish bevosita usulga nisbatan bo’yoq tarkibi va gul bosish texnologiyasi bo’yicha ancha murakkab, lekin matoga yuqori badiiy naqshlar tushirish imkonini beradi. Tezobli gul bosishda to’q rangga bo’yalgan mato yuzasiga gul tushirilgan joylarda bo’yovchi moddani parchalovchi moddali tarkib bilan gul bosiladi. Agar tarkibda bo’yovchi modda bo’lsa bo’yalgan tagda rangli, bo’yovchisiz tarkib bilan esa oq gullar hosil bo’ladi. Gul bosish texnologiyasi quyidagicha bo’ladi: Bo’yash yuvish quritish gul bosish quritish bug’lash yuvish quritish Zahirali gul bosish quyidagi usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin: 1. Mexanik usul Bo’yovchi moddani mato yuzasining gul tushadigan joylariga kirishidan saqlash. 2. Kimyoviy usul Matoga bo’yovchi moddani bog’lanishi yoki uning g’ovaklarida hosil bo’lish reaksiyasiga yo’l qo’ymaydigan sharoit yaratish. 3. Mexanik va kimyoviy usullar kombinatsiyasi bilan. Zahirali gul bosishda to’qima material yuzasiga bo’yashdan yoki bo’yovchini hosil bo’lishidan va nihoyat uning rangini mustaxkamlashdan oldin ana shu jarayonlarga fizik, kimyoviy yoki fizik-kimyoviy to’sqinlik ko’rsatuvchi tarkib bilan gul tushiriladi. Gul tushirish ketma-ketligi sxematik tarzda quyidagicha bo’ladi.
Rangli tezobli gul bosish uchun bo’yoq tarkibidagi qaytaruvchi ta’siriga chidamli, yoki qaytariluvchi kub bo’yovchi moddalar ishlatiladi. Qaytaruvchi sifatida avvallari qo’rg’oshin, rux kukunlari va natriy gidrosulfit ishlatilar edi. 1902 yildan boshlab tezobli gul bosishda gidrosulfitning formaldegidli hosilasi - natriy formaldegidsulfoksilat (texnik nomi rongalit S) ishlatila boshlandi. Qaytarish mexanizmi matoni bo’yash uchun ishlatilgan bo’yovchi moddaga bog’liq holda turli antraxinonli va politsiklik bo’yovchilar ion-radikal mexanizmi bo’yicha SO2 ta’sirida qaytariladi. Azobo’yovchi moddalar esa qaytaruvchi parchalanishdan hosil bo’lgan vodorodni biriktirish asosida parchalanadi. Rongalit 1000C da va yetarli miqdordagi namlik ta’sirida quyidagi sxema bo’yicha parchalanadi:
NaHSO2 + H2O NaHSO3 + 2H NaHSO2 CH2O + H2O NaHSO3 + 2H S-Rb-N=N- Rb -S + 4H S-Rb-NH2 +SRb -NH2 1. Bevosita bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matolarga tezobli gul bosish. Oq tezobli gul bosish uchun tezoblanish 3-4 balli (5-balli sistema bo’yicha), rangli gul bosish uchun esa tezoblanish 2 ballgacha bo’lgan bevosita bo’yovchi moddalar ishlatiladi. Bevosita bo’yovchi moddalar rangini mustahkamlash tezobli gul bosib bo’lgach amalga oshiriladi, aks holda DSU yoki DSM preparatlar bo’yovchi va qaytaruvchi orasidagi reaksiyani qiyinlashtiradi. Bevosita bo’yovchi modda bilan bo’yalgan matoga oq gul bosish tarkibi (g/kg) va texnologiyasi quyidagicha olib boriladi: rongalit - 200-250 kraxmalli quyultma - 750-800 gul bosish quritish bug’lash (102-1040C, 8-10 min.) yuvish rang mustaxkamlash quritish Rangli tezobli gul bosish uchun asosan, politsiklik kub bo’yovchi moddalar ishlatiladi. Bo’yalgan mato tarkibiga tushiriladigan tezobli tarkib, g/kg va texnologiyasi quyidagicha bo’ladi: kub bo’yovchi modda (pasta) - 100 glitserin - 80 rongalit (1:1 quyultma bilan) - 120 potash (1:1 suv bilan) - 200 kraxmalli quyultma - to 1 kg gacha gul bosish quritish bug’lash oksidlash yuvish rang mustaxkamlash quritish 2. Suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matoga tezobli gul bosish. Bu bo’yovchi moddalarning qaytariluvchanligi ularning kimyoviy tuzilishiga bog’liq. Azotol A va diazollar: alvonrang Q, pushtirang O, g’ishtrang O dan hosil bo’lgan bo’yovchilar azoguruhlar bo’yicha oson tezoblanadi. Suvda erimaydigan oksiazobo’yovchi moddalar qaytarilish reaksiyasini jadallashtirish maqsadida rongalitni parchalanish reaksiyasini katalizatori sifatida antraxinon, bo’yovchining qaytarilganda hosil bo’lgan suvda erimaydigan aminobirikmalari yuviluvchanligini oshirish maqsadida leykotrop V, potash glitserin qo’shiladi. Oq tezoblash tarkibi, g/kg: rongalit - 200 kaliy karbonat - 300 antraxinon (30%-li glitserinli pasta) - 40 quyultma - to 1 kg gacha Texnologiyasi xuddi bevosita bo’yovchi modda bilan bo’yalgan matoga gul bosilgandek bo’ladi. Rangli gul tushirish uchun suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchilar bilan bo’yalgan mato yuzasiga kub bo’yovchilar bilan rongalitli-potashli usulda gul tushiriladi. Texnologik ketma-ketlik xuddi shu usuldagidek, faqat bo’yoq tarkibidagi rongalit miqdori 20-25% ga yuqori bo’ladi. 3. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matolarga tezobli gul bosish. Aktiv bo’yovchi moddalar mustahkam rang hosil qilgani sababli matolarni bo’yashda keng ko’lamda ishlatiladi. Shu sababli ular uchun tezobli va zahirali gul bosish texnologiyasini yaratish o’ta dolzarb masaladir. Xromofor sistemasida azoguruh bo’lgan aktiv bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan mato yuzasida oq gullar hosil qilish uchun quyidagi tarkib (g/kg) va texnologik ketma-ketlikda gul bosish mumkin: rongalit - 50-150 natriy geksametafosfat - 100-150 yoki natriy gidroksid leykotrop V - 25 (antroxinonli aktiv bo’yovchilar uchun) quyultma - to 1 kg gacha gul bosish quritish bug’lash yuvish quritish 102-1040C 8-10 min. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matoga oq tezobli gul bosishda faqat azoguruh qaytarilib qolmay, balki bo’yovchining parchalanishidan hosil bo’lgan va tolaga kovalent bog’langan aromatik aminni gidrolizlashga to’g’ri keladi, chunki ko’pincha bunday aminlar sarg’ish tusli bo’ladi. Umumiy ko’rinishda bu reaksiyalar quyidagicha ifodalanadi: S S I 4N I
Tola - T- Rb - N = N- Rb -S Tola - T-Rb-NN2 +H2N- Rb -S qaytarish gidroliz Tola - T-Rb-NH2 Tola + NT - Rb - NH2 I I S S
T-aktiv guruh tashuvchisi S-sulfoguruh Rb – bo’yovchi xromofor sistemasi.
Aktiv bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matoga kub bo’yovchi moddalar bilan rongalitli-potashli usulda rangli gul bosish mumkin. 4. Kub bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matoga tezobli gul bosish. Tezobli gul bosishni faqat ayrim tioindigoid va indigoid bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matolar uchun qo’llash mumkin. Matodagi kub bo’yovchi modda rongalit bilan qaytarilib ishqoriy eritmada eriydigan leykobirikma hosil qiladi. Hosil bo’lgan leykobirikma havo kislorodi bilan oson oksidlangani sababli uni eruvchan holatini turg’unlash muammosini hal qilish lozim. Ana shu maqsadda tezobli tarkibga organik to’rtlamchi ammoniyli birikmalar-leykotroplar qo’shish taklif qilinadi. Leykotroplar bug’lash kamerasida oson parchalanib, leykobirikma bilan eterifikatsiya reaksiyasiga kirishuvchi qoldiq hosil qiladi. Bug’lash kamerasida quyidagi reaksiya ketadi: Leykotrop O CH3 T0C N - CH2 - Cl' N(CH3)2 CH2Cl CH3 +
Leykotrop V CH3 T0C N - CH2 - Cl N (CH3)2 CH2Cl CH3 + SO3Na SO3Na SO3Na SO3Na OH NaO3S-C6H4-CH2O N C CH2Cl NH C C - C + 2 C C C Na C NH OH SO3Na OCH2-C6H4-SO3Na Oq tezobli gul bosish faqat indigo bilan bo’yalgan matolarga quyidagi tarkib bilan amalga oshiriladi, g/kg: rongalit - 200 suv - 200 kraxmalli quyultma - 340 rux oksid - 80 natriy karbonat - 10 leykotrop V - 100 antraxinon - 20 glitserin - 50 Gul bosish texnologiyasi: gul bosish quritish bug’lash, 1000C, 10 min. 20 g/dm3 Na2SiO3 eritmasi bilan 1000C da 60 s ishlov beriladi yuvish quritish. Bug’lash jarayonida hosil bo’lgan leykoindigo leykotrop V bilan ishqoriy sharoitda oson eruvchan modda hosil qiladi. Shuning uchun bug’langan mato natriy silikat yoki natriy gidroksid eritmasida yuviladi. Rux oksid leykoindigo va leykotrop V orasidagi reaksiya natijasida ajralib chiqadigan kislotani biriktirib oladi. Antraxinon rongalitni parchalanish katalizatori, glitserin namlik ushlaydigan modda. Rangli tezobli gul bosish indigo va tioindigoid bo’yovchi moddalar bilan bo’yalgan matolarga kub politsiklik bo’yovchilar bilan amalga oshiriladi. Bo’yoq tarkibi, g/kg:
rux oksid (1:1 suv bilan) - 50 glitserin - 50 kraxmalli-tragantli quyultma - 200 kaliy karbonat yoki natriy gidroksid (d=1,357) -120 yoki 80 rongalit - 150 leykotrop O - 50-150 suv -
1. Tezoblanish nima? 2. Bevosita bo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish 3. Aktiv bo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish 4. Kub bo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish 5. Suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchi moddalar bilan tezobli usulda gul bosish 8 – MA’RUZA _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ZAHIRALI GUL BOSISH Reja: Zahirali gul bosish. Bevosita bo’yovchi moddalar ostiga rangli zaxira gul bosish. Aktiv bo’yovchi modda tagiga zaxirali gul bosish. Suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar bilan zaxirali gullar hosil qilish. Tayanch so’z va iboralar: zahirali gul bosish, zahiralash, koloristik effect, mexanik zahiralash, oq zahira, arilgidrazin tuzi. Bu usul bevosita va tezobli usuldan qadimiyroq, murakkab va qimmatroq. Shunga qaramay zaxirali gul bosish ajoyib koloristik effektlar olish imkonini beradi. Zaxiralash mexanik va kimyoviy usulda, hamda ularni birvakayiga ishlatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mexanik zaxiralashda mato yuzasiga bo’yovchi moddani elementar tolaga diffuziyasiga yo’l qo’ymaydigan plyonka hosil qiluvchi tarkib bilan gul bosiladi yoki maxkam qilib bog’lanadi. Kimyoviy usul bo’yovchi moddani tola bilan birikish yoki bo’yovchi hosil qilish reaksiyalariga to’sqinlik qilishdir. Ayrim hollarda ikkala usul birgalikda amalga oshiriladi. 1. Bevosita bo’yovchi moddalar ostiga rangli zaxira gul bosish. Bevosita bo’yovchi modda bilan bo’yaladigan mato yuzasiga aktiv bo’yovchi modda va appretlovchi tarkib bilan gul bosiladi. Bunda aktiv bo’yovchi modda sellyuloza gidroksil guruhlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, bevosita bo’yovchilar sorblanishi uchun kerakli tola aktiv markazlarini band qiladi. Appret tarkibidagi smola va plyonka hosil qiluvchi moddalar bevosita bo’yovchining katta molekulalarini elementar tola g’ovaklariga diffuziyasiga mexanik to’siq hosil qiladi. Gul bosish texnologiyasi va tarkibi (g/kg) quyidagicha bo’ladi: gul bosish quritish termoishlov berish 1400C da, 5 min. bo’yash eritmasi bilan shimdirish va siqish bug’lash 1020C da, 2-3 min. yuvish, rang mustaxkamlash quritish aktiv bo’yovchi - 20-50 karbamol - 150 metazin - 70 PVA-emulsiya - 50 magniy sulfat - 15 ammoniy xlorid - 5 quyultma - 500 suv - to 1 kg gacha 2. Aktiv bo’yovchi modda tagiga zaxirali gul bosish. Aktiv bo’yovchi modda va sellyuloza orasidagi kimyoviy reaksiyani borishiga to’sqinlik qilish orqali zaxirali gul bosiladi. Ma’lumki sellyulozali tolaga aktiv bo’yovchining kovalent bog’lanishi ishqoriy sharoitda sodir bo’ladi, bunda eng maqbul muhit pH=10,5 ga teng bo’lgan holdadir. Agar mato yuzasiga kislotali tarkib bilan gul bosilsa, keyingi aktiv bo’yovchi bilan bo’yash jarayonida zaxira tarkib tushirilgan joylarda kimyoviy reaksiya ketmaydi. Zaxiralovchi moddalar sifatida organik kislotalar (vino, limon kislotalar) va kislotali tuzlar: natriy digidrofosfat, alyuminiy sulfat, alyumiyniyli achchiqtosh va boshqalar. Quyuqlovchi kislotali sharoitga chidamli bo’lishi lozim, sellyulozaning oddiy efirlari, kamed tragant, kraxmallar yaxshi natija beradi. Oq zaxira tarkibi, g/kg: limon kislota - 50 quyultma - 600 suv - to 1 kg gacha Gul bosish texnologiyasi: gul bosish quritish bo’yash yuvish quritish. 3. Suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar bilan zaxirali gullar hosil qilish. Suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalarga zaxirali gul bosishda azo- va diazobirikmalar orasida tola g’ovaklarida boradigan azoqo’shilish reaksiyasi bora olmaydigan sharoit yaratiladi. Bunda azo- yoki diazobirikma faolsizlantiriladi. Zaxiralovchi omillar sifatida kislotalar, qaytaruvchilar, tuzlar, metall oksidlari, gidrazinlar va boshqa moddalar ishlatiladi. Zaxira gullar hosil qilish uchun azotollanib quritilgan matoga zaxiralovchi modda qo’shilgan bo’yoq bilan gul bosiladi. Bunda mato diazobirikma eritmasi bilan shimdirilganda gul tushadigan joyda azobo’yovchi modda hosil bo’lmaydi, sababi bo’yoq tarkibidagi zaxiralovchi modda azotol yoki diazobirikma bilan reaksiyaga kirishib, ularni azoqo’shilish reaksiyasiga kirishaolmaydigan modda aylantirib qo’yadi. Masalan, zaxiralovchi modda sifatida qaytaruvchi (NaHSO3) ishlatilsa quyidagi reaksiyalar ketadi:
Ar-NH-NH2 HCl+NaHSO4 H H OH OH + NaHSO3 SO3Na CONH-Ar
Oq zaxira gullar hosil qilish: azotollanib quritilgan matoga quyidagi tarkib bilan gul bosiladi, g/kg: natriy bisulfit - 250 natriy karbonat - 130 kraxmalli quyultma - 620 suv - to 1 kg gacha Mato quritiladi va 10-150C da diazol eritmasi bilan shimdiriladi, 30-60 s havoda ushlanadi yuviladi, 7-10 g/dm3 li natriy bisulfit (NaHSO3) eritmasi bilan 35-400C da ishlov beriladi, sovunlanadi, yuviladi. Oq zaxira uchun boshqa tarkiblar ham ma’lum, g/kg: 1 natriy gidrosulfit (texnik) - 170 natriy gidroksid, 40%-li - 60 ammoniy xlorid - 10 kraxmalli quyultma - to 1 kg gacha 2 alyuminiy atsetat yoki sulfat - 150 kraxmalli (yoki dekstrinli) quyultma - 600 suv (1) - to 1 kg gacha Qaytaruvchili tarkib bilan gul bosganda natriy gidrosulfit bo’yoqda parchalanishidan natriy bisulfit hosil bo’ladi va diazoniy tuzini qaytaradi, ammoniy xlorid natriy gidrosulfit ortiqchasi bilan ishqorni neytrallaydi va azotolyat suvda erimaydigan holatga o’tadi. Natijada ham azo-, ham diazotashkil etuvchilar noaktiv holatga o’tadi. Keyingi tarkib (2) bilan gul bosganda ammoniy tuzlari azotollangan matodagi ishqor ta’sirida alyuminiy gidroksid plyonkasini hosil qiladi, tarkib tushirilgan joylarga diazobirikmaning tola ichiga diffuziyasi sodir bo’lmaydi. Rangli zaxira hosil qilish gul tagi diazol ko’k O bilan bo’yaladi, bo’yoq tarkibiga diazol pushtirang O, g’ishtrang O va boshqalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi diazol miqdori gul tushirilgan joylardagi azotolni to’liq reaksiyaga kirishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Faqat shu shart bajarilganidagina gul bosilgandan so’ng diazol ko’k O eritmasi mato shimdirilganda u gul tagidagi azotol bilan azoqo’shilib ko’k rang hosil qiladi. Natijada yorqin qizil, pushti va g’ishtrang gullar hosil bo’ladi. Rangli zaxira uchun aktiv bo’yovchi moddalar ishlatilishi mumkin: Aktiv bo’yovchi modda --- 40 Suv --- 200 Mochevina --- 40 Tiomochevina --- 40 Metazin --- 100 Ammoniy xlorid --- 30 Al’ginatli quyultma --- 500 Suv --- to 1kg gacha
Zaxirali gul bosish usullari Bevosita bo’yovchi moddalar bilan zaxirali usulda gul bosish Aktiv bo’yovchi moddalar bilan va zaxirali usulda gul bosish 9 – MA’RUZA ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ KUB VA KUBOZOL BO’YOVCHI MODDALAR TAGIGA RANGLI ZAXIRALI GUL BOSISH Reja: Kub bo’yovchi moddalar tagiga zaxirali gul bosish. Qora anilin ostiga zaxirali gul bosish. Tayanch so’z va iboralar: oksidlash, dinitrobenzol, dinitronaftalin, o-nitrotoluolsulfokislota, n-nitrotouol, formalin 1. Kub bo’yovchi moddalar tagiga zaxirali gul bosish. Bo’yoq tarkibiga oksidlovchi qo’shib kub bo’yovchilarni qaytarilish reaksiyasiga to’sqinlik qilinadi. Oksidlovchilarning tolaga salbiy ta’sir ko’rsatmaydiganlari tanlanadi: dinitrobenzol, dinitronaftalin, o-nitrotoluolsulfokislota, n-nitrotouol va boshqalar. Gul bosish texnologiyasi va oq zaxira tarkibi (g/kg da) quyidagicha bo’ladi: Gul bosish quritish kub bo’yovchining ishqoriy-qaytaruvchili eritma bilan shimdirish siqish bug’lash oksidlash yuvish quritish. Ludigol 125 Natriy karbonat 2 Rux oksid 100 Sirt aktiv modda 2 Quyultma 420 Formalin(30%li) 30 Suv 1 kg gacha
natriy karbonat 2 natriy nitrat 15 dispergator NF 1 b) quritish; v) gul bosish, g/kg: kub bo’yovchi - 150-200 rongalit (1:1 suv bilan) - 150 leykotrop V - 50 rux oksid (1:1 glitserin bilan) - 100 natriy atsetat - 150 suv - 50
quyultma - 500 g) quritish; d) kubozolni rangini chiqarish-gidrolizlash, g/dm3 sulfat kislota - 25 mochevina - 5 e) yuvish (oksidlash); i) sovunlash; y) yuvish; k) quritish. 5. Qora anilin ostiga zaxirali gul bosish. Ma’lumki, qora anilin tola g’ovaklarida anilin gidroxloriddan (S6N5NH2 HCI) oksidlovchi ta’sirida kondensatlanish reaksiyasi asosida hosil bo’ladi. Kondensatsiya reaksiyasi kuchli kislotali sharoitda katalizator ishtirokida boradi, natijada eng chuqur va tim-qora rang hosil bo’ladi. Qora anilin rangi kislota, oksidlovchi, qaytaruvchi, sovunli ishlovlar va yorug’lik nuri ta’siriga o’ta mustahkam bo’ladi. Oksidlovchi sifatida kaliy yoki natriy xlorat (KCIO3, NaCIO3) katalizator qilib mis, vannadiy tuzlari va kaliy ferritsianid - K3[Fe(CN)6], ferrotsionid K4[Fe(CN)6] 3H2O kabi kompleks tuzlar ishlatiladi. Oksidlash va kondensatsiya reaksiyasi natijasida quyidagi tuzilishli qora pigment hosil bo’ladi: n C6H5 - NH2 HCI N NH2 + NH - N NH Cl 3 Qora anilin ostiga zaxirali gul bosish oksidlash va kondensatsiya reaksiyalari bormaydigan sharoit hosil qilishdir. Zaxira gul tushirishdan avval mato quyidagi tarkib bilan shimdiriladi va 600C dan past temperaturada quritiladi, g/dm3:
xlorid kislota (28%-li) - 70 kaliy ferritsianid - 60 kaliy xlorat - 70 So’ng oq zaxira gul hosil qilish uchun quyidagi tarkib bilan gul bosiladi: rux oksid - 190 natriy karbonat - 190 kraxmalli quyultma - 155 ultramarin - 5 suv - to 1 kg gacha
oksidlanadi (xrompik, 5 g/dm3, 30%-li CH3COOH-10 g/dm3, 500C) yuviladi va quritiladi. Rangli zaxira quyidagi tarkib bilan tushiriladi: kub bo’yovchi modda (pasta) - 50-100 glitserin - 80 rongalit (1:1 nisbatda quyultma bilan) - 200 potash (1:1 nisbatda suv bilan) - 160 kraxmalli quyultma - 460 suv - to 1 kg gacha Rangli zaxirali gulni diazobirikmaning turg’un formasi bilan ham tushirish mumkin. Bunda qoraanilinli kompozitsiya bilan shimdirib quritilgan matoga quyidagi tarkib bilan gul tushiriladi: diazoaminol - 80 gacha natriy gidroksid - 40 kanakunjut moyi (25%-li) - 30 natriy silikat, d=1,32 - 140 potash (1:1 suvli) - 50 kraxmal-tragantli quyultma - 560 suv - to 1 kg gacha
Qora anilinning kamchiligi sellyulozali tola oksidlanadi va gidrolizlanadi, natijada uning mustahkamligi 6 - 15%-ga pasayadi. Undan tashqari qora anilin hosil bo’lish jarayonida anilin bug’i, agar katalizator sifatida kaliy ferri (ferro) sianidlar ishlatilsa - sianovodorod bug’lari ajralib chiqadi. Nazorat savollari: Kub bo’yovchi moddalar bilan va zaxirali usulda gul bosish. Suvda erimaydigan gidrooksiazobo’yovchi moddalar bilan va zaxirali usulda gul bosish 10 – MA’RUZA _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ YAKUNLOVCHI PARDOZLASH Reja: Yakunlovchi pardozning maqsadi, turlari. Mexanik va kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. Umumiy maqsadda ishlatiladigan pardoz yordamida to’qimachilik materiallarining xossalarini yaxshilash. Tayanch so’z va iboralar: Yakunlovchi pardozning maqsadi, turlari. Yakunlovchi pardoz- to’qimachilik materiallarini tashqi ko’rinishini va uni ishlatishda kerak bo’ladigan xossalarini yaxshilash maqsadida bajariladigan texnologik jarayonlar yig’indisidan iborat. Bundan tashqari yakunlovchi pardoz tufayli materiallarning xizmat qilish vaqti ham uzayadi. To’qimachilik materiallariga beriladigan pardoz 2 xil bo’ladi: Umumiy maqsadda qilinadigan yakunlovchi pardoz. Maxsus holda qilinadigan yakunlovchi pardoz. Umumiy maqsadda qilinadigan pardoz natijasida to’qimachilik materiallaridan o’zida bor bo’lgan xossalari yaxshilanadi. Masalan tashqi ko’rinishi chiroyli bo’ladi, yaltiroqlik va xiralik paydo qilinadi. Ma’lum miqdorda yumshoqlik, dag’allik berishi mumkin, ishqalanishga chidamliligini oshirish mumkin, g’ijimlanmaydigan, kirishmaydigan qilish mumkin. Maxsus maqsadda qilinadigan yakunlovchi pardoz yordamida to’qimachilik materiallariga o’zida yo’q bo’lgan yangi xossalar beriladi. Masalan, gidrofoblik xossalari, oleofoblik, mikroorganizmga chidamlilik, yonishga qarshi, olovga chidamlilik xossalarini berish mumkin. Yakunlovchi pardoz turi gazlamaning ishlatiladigan o’rniga qarab aniqlanadi. Masalan, turmushda ishlatiladigan gazlama uchun yaltiroqlik, g’ijimlanmaslik, kirishmaslik xossalari kifoya bo’ladi. Xonada ishlatiladigan gazlamalar uchun esa yong’inga chidamlilik va yorug’likka chidamlilik xossalari zarur. Gazlamalarga yakunlovchi pardoz turini aniqlashdan oldin, shu gazlama qanday toladan olinganligiga ham ahamiyat berish kerak. Masalan paxta, jun va lyon toladan olinadigan gazlamalarga yakunlovchi pardoz berish oson, ipak tolasi nozik bo’lganligi uchun unga beriladigan pardoz ham nozik bo’lib, faqat kimyoviy ta’sirlardan iborat. Jun tolasi uchun beriladigan pardoz bug’ bilan ishlov berish va mexanik ishlov berishdan iborat. Paxta tolasidan olinadigan materiallarga pardoz berish ancha murakkab. Ularga ta’sir etadigan preparatlar soni ham, ta’sirlashish mexanizmi ham xilma-xil bo’ladi. Lekin har qanday preparat ishlatilganda ham gazlamaning mexanik xossalarini saqlanib qolishiga e’tibor berish kerak. Ko’pincha paxta tolasiga beriladigan pardoz natijasida bu gazlamadan tashqi ko’rinishi va xossalarini ipakdan bo’lgan (tolasidan) gazlamalarga yaqinlashtirishga harakat qilinadi. Yakunlovchi pardoz berish uchun ishlatiladigan jarayonlardan barchasini 2 xilga bo’lish mumkin:
Mexanik yakunlovchi pardoz jarayonlari. Kimyoviy yakunlovchi pardoz jarayonlari. Mexanik va kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayonlari. Mexanik va yakunlovchi pardoz jarayonlari quyidagilardan iborat: Quritish. Gazlamalarni eniga kengaytirib, standart o’lcham berish. Gazlamadan arqoq va tanda iplarini bir-biriga perpendikulyar holatga keltirish. Gazlamani nurli kalandrlarda tekislash, silliqlash. Gazlama sirtini tukini qirqish, kuydirish. Kimyoviy yakunlovchi pardoz berish jarayoniga quyidagilar kiradi: G’ijimlanishga qarshi pardoz. Kirishishga qarshi pardoz. Olovga chidamlilik uchun pardoz. Suvni itaruvchi pardoz. Ifloslanishga qarshi pardoz va h.k. Ana shu kimyoviy pardoz berish uchun ishlatiladigan moddalarning umumiy nomi appret deyiladi. Pardozlash uchun ishlatiladigan appretlarni 2 turga bo’lish mumkin: Yuvilib ketadigan. Yuvilib ketmaydigan. Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilgandan keyin ketib qoladi. Yuvilib ketmaydigan appretlar esa gazlama 5 marta yuvilgandan keyin o’zini miqdorini yo’qotadi. Yuvilib ketadigan appretlar birinchi yuvilib ketishiga qaramasdan, sanoatda keng ishlatiladi. Yuvilib ketmaydigan appretlar ham juda ko’p ishlatiladi. Ularning tarkibini sintetik smolalar, termoplastik polimerlar, elastomerlar tashkil qiladi. Bunday moddalar emulsiya holida ishlatiladi. Umumiy maqsadda ishlatiladigan yakunlovchi pardoz yordamida to’qimachilik materiallarining xossalarini yaxshilash. Yakunlovchi pardoz berilgan gazlamaning sifati faqat uning tashqi ko’rinishi bilan emas, shu gazlamaning ishlash muddatini oshirish bilan ham o’lchanadi. Bunda gazlamaning ishqalanishga qarshiligi, yorug’likka chidamliligi oshishi kerak. Bunday xossa berish uchun gazlamaga berilayotgan appretga ma’lum talablar qo’yiladi. Quyidagi talablar: Gazlamada yaxshi ushlanib qolishi kerak. 2.Ishqalanishga, kimyoviy tozalanishga chidamli bo’lishi kerak. Bunda talablarni yuvilib ketadigan appretlar bajara olmaydi. Shuning uchun umumiy maqsadda ishlatiladigan appretlardan yuvilmaydigani ko’proq ishlatiladi. Yuvilmaydigan yoki yuviladigan appretlarni qo’llashdan oldin gazlamadan qaysi maqsadda ishlatilishiga qarash kerak. Kiyim-kechak uchun ishlatiladigan gazlamalarga yuvilmaydigan appretlar ishlatiladi. Kam kir bo’ladigan materiallar uchun yuvilib ketadigan appretlar ishlatiladi. Appretlar bilan ishlov berish quyidagi tarkibda bo’ladi.
Ishchi eritmasi tayyorlanadi, ishchi eritmada appretning miqdori 2-5% atrofida bo’ladi. Gazlamaga appret shimdiriladi (plyusovka). Quritish. Quritilganda appret tarkibidagi sintetik polimer erib gazlamaning tolalari orasiga kirib joylashadi. Natijada u gazlamadan ko’chmaydigan holatga keladi. Appretlar bilan ishlov berish ko’pincha LZO-180, LAO-120 mashinalari yoki boshqa mashinalarda amalga oshishi mumkin. Appretlar o’zining birinchi vazifasini, ya’ni pardoz berish vazifasini o’taydi. Ba’zilari gazlamadan mexanik xususiyatlarini yaxshilasa, ba’zilari yomonlashtiradi. Masalan, ba’zi latekslar gazlamaning pishiqligini 20-25% oshiradi, ishqalanishga chidamliligini 2-3%gacha oshiradi va ba’zi bir effekt gazlama yuvilgandan keyin ham saqlanadi- 20-25 marta yuvilgandan keyin. Ba’zi vaqtda bo’yalgan gazlamalarga yakunlovchi pardoz berganda appret tarkibiga DSU, DSM preparatlari qo’shiladi. Bunda yuqoridagi xususiyatlar bilan bir qatorda gazlamadagi bo’yoqlar mustahkamligi ham ortadi. Yuvilib ketmaydigan appretlar sifatida ko’pincha sintetik smola hosil qiluvchi polimerlar ishlatiladi. Bunday maqsadda ko’pincha glikozin, karbamol kabi moddalar ishlatiladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling