Kimyoviy texnologiya
Download 1.06 Mb.
|
Fizikaviy va kolloid kimyo-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reologiya
- MASALA ECHIMLARIDAN NAMUNALAR 1-misol.
- Noma’lum
- MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR.
- Asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari. Asosiy adabiyotlar
1 masala: Kolloid zollarning kaogullovchi elektrolitlarning konsentratsiyalari (mmol/l) quyidagicha berilgan:
Zollarning zaryad belgilarini aniqlang. 2 masala: kumush yodid zoliga qo’shiladigan elektrolitlarni kaogullovchi konsentratsiyalari (mmol/l) quyidagicha berilgan
Berilgan zolni zaryad belgisini va har bir qo’shilgan elektrolitning kaogullovchi xossasini aniqlang. 3 masala: 0,03% osh tuzini 100 ml eritmasiga 0,001n kumush nitrat eritmasidan 250 ml qo’shilganida hosil bo’lgan kumush xlorid zolining kaogullanishini o’rganish uchun elektrolitlardan KBr, Ba(NO3)2, K2CrO4, MgSO4 va AlCl3 lar qo’shilgan. Shu elektrolitlardan qaysi biri eng oz miqdorda kaogullash xossasiga ega. 4 masala: teng hajmda KJ va AgNO3 eritmalari aralashtirib kumush yodid zoli hosil qilingan. Shu zolni kaogullash uchun har xil elektrolitlarning miqdori quyidagicha berilgan:
Kumush yodid zolini kaogullash uchun elektrolitlarni qaysi biridan ko’proq olinadi? 5 masala: Musbat zaryadli Fe(OH)3 zolini kaogullovchi ion anionidir. Bir valentli anion hosil qiluvchi tuzlarning kaogullovchi miqdorlari bir biriga yaqin bo’lib, 10,7 mmol/l ni tashkil qiladi. Ikki valentli anion hosil qiluvchi tuzlarning kaogullovchi miqdorlari ham bir biriga yaqin bo’lib, 0,2 mmol/l bo’lsa, ikki valentli anionlarni kaogullash xossasi bir valentli anionlarnikiga nisbatan necha marta ortiq bo’ladi? 6 masala: manfiy zaryadli As2S3 zolini kaogullovchi ion katoindir. KNO3 , MgCl2 va AlCl3 elektrolitlarni kaogullovchi miqdori (mmol/l): 50; 0,72 va 0,093 bo’lsa valentligi har xil bo’lgan shu kationlarni kaogullash xususiyatlari o’zaro qanday nisbatlarda bo’ladi? 7 masala: Fe(OH)3, As2S3, H2SiO3(“+” zaryadli) va AgJ(“-“ zaryadli) zollar berilgan. Shulardan qaysi birlari bir birlari bilan aralashtirilganida kaogulyatsiya sodir bo’ladi? AMALIY MASHG’ULOT № 11 Mavzu: YuMB molekulyar massasini hisoblashga doir masalalar yechish. Nisbiy molekulyar massasi kattaqiymatga ega bo’lgan, tarkibida takrorlanib keluvchi elementar bo’laklardan iborat moddalar yuqori molekulyar birikmalar yoki polimerlar deyiladi. Polimerlar xosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Polimerlarning bitta makromolekulasiga birikkan monomerlar soni polimerlanish darajasi deyiladi. Polimerlanish reaksiyasiga misol: nCH2 = CH2 (-CH2 – CH2 -)n
Etilen-monomer, poletilen-polimer, n-polimerlanish darajasi, -CH2 – CH2 – elementar bo’lak (takrorlanuvchi). Polimerlanish reaksiyasida olingan polimerning tarkibi monomer tarkibiga aynan o’xshaydi, bu reaksiyalar qo’shbog’, uchbog’i bo’lgan yoki siklik tuzilishli organik moddalarga xos. Suyuqliklarning o’ziga xos reologik xususiyatlaridan biri ularning qovushqoqligidir. Reologiya – oqim yoki og’irlik ta’sirida deformatsiyani o’rganadi. Suyuqlikning qovushqoqligi deb suyuqlikning ichki qismida har xil tezlikda, bir qatlamni ikkinchi qatlamga nisbatan harakatlanishi natijasida vujudga keladigan ishqalanish qarshiligiga aytiladi. Qovushqoqlik, qovushqoqlik koeffitseyenti yoki ichki ishqalanish qiymati η (eta) bilan ishoralanadi. Uning o’lchami nsek/m2. Amalda qovushqoqlik koeffitseyenti yoki ishqalanish qiymatini aniqlash uchun viskozimetrlardan foydalaniladi. Uning uchun bir xil hajmdagi suyuqlik va suvning radiusi, uzunligi va kapillyardan oqish vaqti (τc va τH2O) aniqlanadi. So’ng quyidagi formula asosida suyuqlikning qovushqoqligi hisoblanadi:
Berilgan harorat uchun suvning qovushqoqlik koeffitsiyenti ηH20zichligi PH2O va suvning sirt tarangligi ilovadagi O dan olinadi. Kapillyarda yuqoridan pastga oqib tushayotgan suyuqlikdagi sharning harakat tezligi radiusi asosida qovushqoqlikni Stoks formulasidan aniqlash mumkin.
bunda: p shar holatidagi moddaning zichligi; pc tekshirilayotgan suyuqlikning zichligi; u suyuqlik ichidagi sharning harakat tezligi; g yerning tortishish kuchi yoki og’itlik kuchining tezlanishi: 9,81 m/sek2
U = Agar kapillyardagi oqim laminar (sokun) xususiyatga ega bo’lsa, Nyuton formulasiga muvofiq, suyuqlik qatlami orasidagi ichki ishqalanish kuchi (F) tezlik gradient va ichki ishqalanish koeffitsiyenti η bilan aniqlanadi:
Kichik molekulyar birikmalar va colloid sistemalar uchun η berilgan harorat va konsentratsiyada doimiy qiymatga ega bo’ladi. Ammo ayrim omilarga ko’ra ko’pchilik colloid va yarim colloid sistemalar bu qonuniyatga bo’ysunmaydi. Bunga sabab, sistemani ichkarisida to’rsimon strukuralarini hosil bo’lishidir. Bunday strukturaning hosil bo’lishi: a)mitsella ( zaracha ) larni asimmetrik shakl; b) dispers faza zarrachalarini kam solvatlanishidan hosil bo’ladi. Rebinder kolloid sistemalarda struktura hosil bo’lishini o’rganib, har xil strukturalarni hosil bo’lishini, dispers fazani qanday darajada maydalanishiga bog’liqligini aniqlaydi. Strukturalar kaogulyasion va kondensatsion (kristallizatsion) bo’ladi. Kaogulyasion struktura molekulalararo vodorod bog’ining zaifligi va Van-der-Vaals kuchlarining kuchsizligidan hosil bo’ladi. Molekulalararo shu xossalar bo’lgani uchun ular mexanik ta’siridan buziladi. Ammo ma’lum vaqt o’tishi bilan ular ilgarigi holatiga qaytadi. Molekulalarning bunday xossasini tiksotropiya deyiladi. Tiksotrop xossasiga ega bo’lgan moddalarga misol qilib, Fe(OH)3 ,V2O5 biton tiprog’ini, mineral bo’yoqlarni, ko’pchilik yarimkolloid vayuqorimolekulyar birikmalarni olish mumkin. Bu moddalar plastik xossaga ega bo’ladi.
Echish: CO + H2O NH2 – (CH2)5 - COOH (CH2)5 - NH v(kaprolaktam) = 22,6/113 = 0,2 mol’ v(aminokislota) = 0,2 mol’ m(aminokislota) = 0,2 · 131 = 26,2g Reaksiya unumi: ƞ = 21/26,2 = 0,80 = 80 %
Echish: Anilinning brom bilan reaksiyasidan xosil bo’lgan cho’kma 2,4,6 – tribromanilin: C6H5-NH2 + 3Br2 C6H2Br3NH2 + 3 HBr v(C6H2Br3NH2) = 13,2/330 = 0,04 mol’ v(C6H2NH2) = 0,04 mol’; m(C6H2NH2) = 0,04 · 93 = 3,72 g
Η = 1,5674n τgep = 83,9 soniya; τH2O = 142,1 soniya Noma’lum: ηgep = ? Yechish: ηgep = ηH2O = 1,5674 = 0,6343N soniya/m2 4 misol: 293 K da pipetka kapillyarida 3 daqiqa 52 soniya da oqib chiqadi. Zichligi 0,879 g/ml bo’lgan benzol shu kapillyardan qancha vaqtda oqib chiqadi? Suv va benzolning shu haroratdagi qovushqoqligi 1,5674 va 6,5 n ga teng. Berilgan: T = 293K; τH2O = 3 daqiqa 52 soniya; pH2O = 0,998 g/ml; pC6H6 =0,879 g/ml; ηH2O = 1,5674 N ηC6H6 6,5 N Noma’lum: τC6H6 = ? Yechish: ηC6H6 = ηH2O dan τC6H6 = = = 1 daqiqa 49 soniya. 5 misol: Po’latning zichligi 7,6 g/sm2; marganest (IV) oksidiniki 5,4 g/sm3; Al2O3 niki 4,0 g/sm2 ga teng. agar neytrallovchi modda sifatida MnO2 o’rniga Al2O3 qo’llanilsa, po’lat sirtidagi metallmas qo’shimchalarning oqish tezligi necha martagacha o’zgaradi? Berilgan: ppulat = 7,6 g/sm2; pMnO2 = 5,4 g/sm3 pAl2O3 = 4,0 g/sm2 Noma’lum: u = ? Yechish: Oquvchanlik tezligi: u= dan aniqlanadi. Tezliklarning o’zaro nisbati olinganida r2 ; lar qisqarib, formula quyidagi ko’rinishga keladi: = = = 1,64 shunchaga oqish tezligi ortadi. MUSTAQIL ISHLASH UCHUN MASALALAR. Ketma-ket boruvchi o’zgarishlar bilan 2 mol’ aminosirka kislota olish uchun tarkibida 10 % qo’shimchalar bo’lgan kal’siy karbiddan qancha kerak? Qaysi sinf birikmalari amfoter organic moddalardir. Qaysi modda oksidlanganda fenol va aseton xosil bo’ladi? Gidrolizlanish reaksiyasiga kirishayotgan moddalarni ko’rsating va reaksiya tenglamasini yozin. Chumoli kislotasini organic kislotalardan qaysi reaktiv yordamid farqlash mumkin. 56 l (n.sh. da) butanni katalitik oksidlanishidan xosil bo’lgan sirka kislotasi bilan mo’l etil spirit reaksiyaga kirishganda qancha massa efir xosil bo’ladi? Reaksiya unumi 75 % Metanni katalizator ishtirokida va bosim ostida oksidlamganda nima xosilbo’ladi. Tarkibida 47 g fenol bo’lgan eritma 10 % li natriy ishqori eritmasining qancha massasini neytrlashi mumkin. Suv va spirtning qovushqoqligi 8,94 va 1,09 N sek/m2 ga teng, pipetka kapillyaridan 298 K da suvni chiqarib yuborish uchun 600soniya vaqt kerak bo’ladi. Zichligi 0,789 g/ml bo’lganetil spirtini shu haroratda kapillyardan chiqarish uchun qancha vaqt kerak bo’ladi? 293 K da 100 ml suv viskozimetrdan 1,52 daqiqada oqib chiqadi. Zichligi 0,8 g/ml bo’lgan organic suyuqlikning shu hajmi 2,25 daqiqada oqib chiqadi. O dan suvning qovushqoqlik qiymatini topib, organic suyuqlikning yopishqoqlik qiymatini aniqlang. 323 K da biror yog’ning zichligi 1,045 g/ml suvniki esa 0,998 g/ml gat eng, shu haroratda viskozimetrdan yog’ 2 min. 31 sek da, yog’ hajmicha suv esa 14 soniyada oqib chiqadi. Berilgan haroratda suvning qovushqoqligi 5,49 N ekanligini hisobga olib, shu haroratda yog’ning qovushqoqlik qiymatini aniqlang. 295 K da zichligi 0,809 g/ml bo’lgan suyuqlik viskozimetr orqali 6 min 38 sekundda, suyuqlik hajmicha suv esa 1 min 45 sekundda oqib o’tadi. Suvning 295 K dagi qovushqoqlik qiymatini ilovadagi O dan olib, suyuqlikning qovushqoqligini aniqlang. Po’lat ishlab chiqarish jarayonida neytrallovchi modda sifatida zichligi 2,4 g/sm3 bo’lgan kremniy oksid o’rniga zichligi 4,0 g/sm3 bo’lgan alyuminiy oksidi ishlatilsa, zichligi 7,6 g/sm3 bo’lgan po’lat tarkibidagi shlakni oqib chiqish tezligi necha marta ortadi? Po’lat ishlab chiqarish jarayonida neytrallovchi modda sifatida zichligi 4 g/sm3 bo’lgan alyuminiy oksidi o’rniga zichligi 5,8 g/sm3 bo’lgan sirkoniy oksidi ishlatilsa, zichligi 7,6 g/sm3 bo’lgan po’lat tarkibidagi shlakni oqib chiqish tezligi necha marta ortadi? Asosiy va qо‘shimcha о‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari. Asosiy adabiyotlar
Qо‘shimchа аdаbiyotlаr
Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling