Kimyoviy texnologiya


Qog’ozning filtrlanish qobiliyatini aniqlash


Download 126.32 Kb.
bet11/25
Sana05.01.2022
Hajmi126.32 Kb.
#233972
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
ҚАТХ 2020-2021 8 сем-лаб

Qog’ozning filtrlanish qobiliyatini aniqlash

Ishning maqsadi:

-qog’ozning filtrlanish xususiyatini aniqlash, voronka shakliga keltirilgan qog’oz namuna orqali ma’lum miqdordagi distillangan suvning o’tishiga ketgan vaqtni topishga asoslangan.

Ishning bajarilish tartibi.

Tajriba uchun diametri 110±1 mm bo’lgan 5 ta namuna olinadi. Har bir namuna to’rt qavat qilib buklanadi. Buklashda qog’ozning buklangan uchi shikastlanmaganligiga e’tibor berish lozim. Tayyorlangan namuna shisha voronkaga o’rnatiladi va u kolbaga joylashtiriladi..

Filtrga quyulgan distillangan suv sathi, uning tepa qismiga 5 mm etmasligi kerak. SHisha tayyoqcha bilan qogoz qatlami shisha voronka yuzasiga jiplashtiriladi va filtrning buklangan qismidan havo chiqarib yuboriladi. Suvning 3/4 qismi filtrlangach, qolgani to’kib tashlanadi.

Xo’l filtr voronkadan extiyotlik bilan olinib xalqaga o’natiladi (6-rasm). Filtrning chetlari halqaning tepasidan 10 mm yuqorida bo’lishi kerak. Filtr tagiga byuretka o’rnatiladi (rasmga karang). Filtrga 25 ml distillangan suv birdaniga quyiladi, 5 ml suv oqgach sekundometr ishga tushiriladi va 10 ml suvni filtrlashga ketgan vaqt aniqlanadi. Besh marta tekshirishlar natijalarining o’rtacha arifmetik qiymati natija sifatida olinadi.



23-rasm. Qog’ozning filtrlanish xususiyatini aniqlash uskunasi.

1 - byuretka; 2 - maxsus xalqa; 3 - voronka; 4 - shtativ.


Download 126.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling