Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet109/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

2HJ + H2O2 = J2 + 2H2O reaksiyaning tezlik konstantasini (NH4)2MoO4 katalizator ishtirokida aniqlash.
Yuqoridagi reaksiyaning tezligi vodorod peroksidning konsentratsiyasiga bog‘liq. Uning konsentratsiyasini o‘zgarishi ekvivalent ravishda reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan yodning konsentratsiyasini natriy tiosulfat eritmasi yordamida titrlash orqali aniqlanadi.
Jarayon 3 bosqichda kechadi:
2NaJ + H2SO4 = Na2SO4 + 2HJ
2HJ + H2O2 = J2 + 2H2O
J2 + 2Na2S2O3 = 2NaJ + Na2S4O6
Bunda (1) va (3) reaksiyalar juda katta tezlik bilan ketadi. Shuning uchun jarayonning tezligi (2) reaksiyaning tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Eritmada natriy yodid yodni natriy tiosulfat bilan titrlash jarayonida qayta hosil bo‘lib, NaJ va HJ larning konsentratsiyalari amalda o‘zgarmaydi. (2) reaksiyaning tezligi faqat vodorod peroksidning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Reaksiya 1 – tartibli kinetik tenglama bo‘yicha sodir bo‘ladi. Reaksiya tezligini aniqlash reaktsion aralashmaga malum miqdorda tiosulfat eritmasi qo‘shib borganda ajralib chiqayotgan yodni kraxmal rangini ko‘kartirish vaqtini o‘lchashga asoslangan.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 200 ml kolbaga 25 ml 0,4 massa ulushli (%) natriy yodid eritmasi va 2,5 ml 2,0 mol/l sulfat kislota etirmalaridan quyiladi. Agar reaksiya katalizator ishtirokida olib borilsa, 1-2 tomchi 0,005 n ammoniy molibdat eritmasidan solinadi. So‘ngra, kolbaga byuretkadan 0,5 ml 0,025 mol/l natriy tiosulfat eritmasidan va 5 tomchi 0,5massa ulushi (%) kraxmal eritmasidan qo‘shiladi. Eng oxirida 0,025 mol/l konsentratsiyali H2O2 eritmasidan 5ml solinadi. Kolbadagi aralashma yaxshilab aralashtiriladi va ko‘k rang hosil bo‘lgach, sekundomer yurgiziladi va shu vaqt reaksiyaning boshlanish vaqti (t0) deb hisoblanadi. Shu zohoti byuratkadan 0,5 ml natriy tiosulfat eritmasidan qo‘shiladi, eritma chayqatiladi. Bunda eritma rangsizlanadi. Eritma qayta ko‘k rangga kirishi bilan sekundamer ko‘rsatkichi (t1) yozib olinadi. Sekundomerni o‘chirmasdan turib shu tariqa, natriy tiosulfat eritmasidan 0,5 ml dan qo‘shishni 5 marotaba qaytariladi. Reaksiya oxirgacha borishini tezlatish uchun reaktsion aralashmaga 5 tomchi ammoniy molibdat eritmasidan qo‘shiladi. Ajralib chiqqan yodni byuretkadagi tiosulfat eritmasi bilan oqarguncha titrlanadi. Titrlash uchun sarf bo‘lgan tiosulfat eritmasining umumiy hajmi (A) reaksiya uchun olingan peroksid hajmiga ekvivalent bo‘ladi. Tajriba natijalari quyidagi jadvalga yozib boriladi.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling