Kimyoviy-texnologiyalar fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «analitik fizik kolloid kimyo»


Download 2.09 Mb.
bet47/115
Sana25.10.2023
Hajmi2.09 Mb.
#1721420
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Sb3+ ionini ochish. Pb2+ ioni ajratib olingan cho‘kma 2 N li HCl ni 8-10 tomchisi bilan yuviladi va sentrifugalanadi. Sentrifugat alohida probirkaga o‘tkazilib, distillangan suv bilan 5 barobar suyultiriladi (agar bu holatda cho‘kma hosil bo‘lsa u sentrifugalanadi) va eritmaga 2 tomchi vodorod sulfidli suv ta’sir qildiriladi. Sb3+ ioni bo‘lsa qizg‘ish rang hosil bo‘ladi.
Ag+ va [Hg22+] ionlarini ochish. Pb2+ ioni ajratib olingan cho‘kmaga konsentrlangan ammiak eritmasidan oz miqdorda qo‘shiladi va aralashtiriladi, suv hammomida sekin qizdiriladi va sentrifugalanadi. Cho‘kmaning ammiak bilan ishlov berilishida AgCl cho‘kmasi Ag ning rangsiz ammikli kompleksi [Ag(NH3)2]+ hosil bo‘lishi hisobiga eriydi. Cho‘kmada Hg2Cl2 qoladi.
Aralashma sentrifugalanadi. Ag+ kationlari sentrifugatga nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasi ta’sir qildirib ochiladi (AgCl hosil bo‘lishi hisobiga eritma loyqalanadi).
I-VI guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi (cho‘kmali eritma)
Cho‘kma eritmadan ajratiladi va har biri alohida analiz qilinadi. Buning uchun analiz qilinuvchi cho‘kmali eritma yahshilab aralashtiriladi va uning yarmi boshqa probirkaga o‘tkazilib takroriy analiz qilish uchun saqlab qo‘yiladi. Keyin cho‘kmali eritma sentrifugalanadi va cho‘kma eritmadan ajratiladi.
Namunada cho‘kmaning bo‘lishi II analitik guruh kationlarining xloridlari, II va III analitik guruh kationlarining sulfatlari, qalay, surma, vismut, arsenatlar va arsenitlarni gidroliz mahsulotlari mavjud bo‘lish ehtimolligidan dalolat beradi.
Eritma cho‘kmadan ajratiladi, analiz huddi yuqoridagi cho‘kmasiz eritma kabi bajariladi.
Cho‘kmaning eruvchanligi suyultirilgan sirka, xlorid va nitrat kislotalarda sinab ko‘riladi. Agar cho‘kma ushbu kislotalarning birortasida to‘liq erisa unda eritma analiz qilinadi.
Agar cho‘kma ushbu kislotalarning suyultirilgan eritmalarida erimasa, unda (1:1) nisbatdagi nitrat kislota, vino kislota va 30 % li ammoniy atsetat eritmasida eruvchanligi tekshiriladi.
PbCl2 va vismut oksoxloridi BiOCl (1:1) nisbatdagi nitrat kislotada, surmaning oksoxloridlari SbOCl, SbO2Cl vino kislotasini suvli eritmasida, PbSO4 cho‘kmasi 30 % li ammoniy atsetat eritmasida eriydi. Olingan eritmalardan mos ravishda tegishli kationlar xarakterli reaksiyalar orqali aniqlanadi.
Agar cho‘kma yuqorida qayd qilingan erituvchilarda erimasa, bu cho‘kmada II analitik guruh kationlarini xloridlari, II va III analitik guruh sulfatlari borligidan dalolat beradi.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling