Kimyoviy texnologiyaning turli jarayonlar boʻyicha moddiy va issiqlik balanslarini tuzish


Ximiyaviy mahsulotning sifati va tannarxi


Download 0.5 Mb.
bet3/6
Sana01.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1737560
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Kimyoviy texnologiyaning turli jarayonlar boʻyicha moddiy-fayllar.org

Ximiyaviy mahsulotning sifati va tannarxi.
Yuqori sifatli mahsulotlar ko‘pincha maxsulotning tozaligi yoki konsentratsiya orqali ifodalanadi. Maxsulot tannarxi eng muxim ko‘rsatgichdir. Korxona xarajatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqariilgan maxsulot korxona tannarxi deyiladi. Har xil xarajatlar orasidagi bog‘liqlik tannarx strukturasini tashkil etadi.
Fabrika–korxona tannarxi quydagi asosiy bosqichlardan iborat.
Xomashyo, yarim tayyor maxsulot va asosiy materiallar.
Yoqilg‘i va energiya. Texnologik maqsadlar uchun.
Asosiy korxona ishchilari uchun maosh.
Amartizatsiya-asosiy bino, qurilmalarni tiklash uchun xarajatlar.
Sex xarajatlari, bularga asosiy texnologik jarayonlarni tekushiy remont qilish xarajatlari, qo‘shimcha ishchilar va sex boshliqlari, sexni qo‘riqlash va texnika xavfsizligi xarajatlari.
Umumkorxona xarajatlari.
Maxsulotning umumiy tannarxini chiqarish uchun bir maxsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar hisoblanadi. Har xil korxonalarda tannarx bir xil mahsulot ishlab chiqarish uchun har xil bo‘lishi mumkin. Asosiy xarajatlar ximiya sanoatida xom ashyoga ketadi. YA’ni maxsulot tannarxining 60-70% ni xom ashyo tashkil qiladi. Yoqilg‘i va energiya 10% ni. Lekin elektrotermik va elektroximik korxonalarda elektroenergiya asosiy xarajat hisoblanadi.
Mexanizatsiyalashgan korxonalar uchun asosiy ishchilarning ish haqi o‘rtacha 4% ni tashkil qiladi. Ayrim kimyoviy korxonalarda 20% to‘lanadi. Amartizatsiya fondi 3-4% ni tashkil qiladi. yuqoridan ko‘rinib turibtiki mahsulotning tannarxini kamaytirish uchun xomashyoning narxiga ko‘proq e’tibor berish kerak. YA’ni yangi arzon xomashyoga o‘tish, mahsulot tannarxining pasaytirishni eng asosiy yo‘llaridan biri qurilma ishini intensivlashtirish kerak.
Kimyoviy reaksiyalarning material va issiqlik balanslarini tuzish tamoyillari.
Har qanday jarayonni hisoblash moddiy balans tenglamasiga asoslanadi.
Moddiy muvozanat tenglamasi moddalar massasining saqlanish qonuniga asoslanadi.

I II III
I - CTS elementiga kiruvchi barcha materiallar oqimining yig'indisi;
II - kimyoviy tizim elementidan chiqadigan barcha materiallar oqimlarining yig'indisi;
III - CTS elementidagi umumiy moddiy yo'qotishlar.
Nazariy va amaliy moddiy muvozanatlar mavjud.
Nazariy material balansi faqat reaksiyaning stokiometriyasini hisobga olgan holda berilgan mahsuldorlik uchun tuziladi.
A+B=C+D
A +G B =G C +G D
Amaliy material balansi konversiya darajasi, selektivlik, rentabellik, boshlang'ich reaktivlar nisbati, xom ashyoning tozalik darajasi, erituvchi yoki inert gaz miqdorini hisobga olgan holda nazariy material balansi asosida hisoblanadi.
Amaliy va nazariy muvozanat o'rtasidagi og'ishlar uchta asosiy omilga bog'liq:
1. Termodinamik (reaksiyalar teskariligi sababli yakunlanmaydi);
2. Kinetik (tezlikning pasayishi tufayli reaktsiyalar yakunlanmaydi);
3. Reaktsiya mexanizmlari (qo'shimcha mahsulotlarning paydo bo'lishiga olib keladi va natijada reaktsiyaning selektivligini pasaytiradi).
Moddiy balans tenglama, jadval yoki diagramma shaklida yozilishi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling