Kimyoviy tozalashning zamonaviy uslublari
Download 80.5 Kb.
|
Kimyoviy tozalashning zamonaviy uslublari.
Tinitish.
Oqava suvlardagi qo`pol dispers aralashmalarni cho`kmaga tushirish uchun tinitish qo`llaniladi. Aralashmalarning cho`kmaga tushishi og`irlik kuchi natijasida yuzaga keladi. Bu jarayonning borishida qumushlagich, tinitish va (osvetlitil`) rangsizlantirish qo`llaniladi. Yorug`lantirgichda bir vaqtning ichida tinitish bilan birgalikda oqava suvlar mavhum qaynovchi zarrachalar qatlami orqali fil`trlanadi. Tabiatni oqava suvlar tarkibidagi zarrachalar har xil forma va o`lchamlarga ega bo`ladi shuningdek har xil fizik xossalarni namoyon qiladi. Bundan tashqari har xil ximik tartibli moddalarni oqava suvga qo`shilishi natijasida qattiq fazali moddalar hosil bo`lishi yokikogulyantlar hosil bo`lishi mumkin. Bular muvallaq holatdagi zarrachalarning o`lchamlariga va formasiga ta`sir ko`rsatadi. Bularning hammasi haqiqiy cho`ktirish jarayoni qonuniyatlarini o`zgartirib yuboradi. Oqava suvning hossalari toza suv xossalaridan farq qilishini bilamiz. OS/q zichligi va qovushqoqligi oddiy suvlarni qaraganda yuqori bo`ladi. Qattiq holatdagi muvallaq zarrachalardan iborat bo`lgan OSq qovushqoqligi va zichligi quyidagicha ifodalanadi: Mosq MTs(1+2,5 So) Rosq R+Rkm (1-e) Suyuq fazaning haqiqiy miqdori quyidagicha ifodalanadi: e q Vc / (Vc+Vq) Bu erda MTs va Mo.s – toza va oqava suv dinamik qovushqoqligi [Pa∙s] So – muallaq zarrachalarning hajmiy kansenratsiyasi kg/m3 R,Rqm- toza suv va qattiq moddaning zichligi kg/m3 e – suyuq fazaning haqiqiy miqdori Vs va Vq – suyuq va qattiq fazalarning xajmi [m3] Cho`ktirish uskunalarining hisoblashda asosiy parametr bo`lgan zarrachalarning cho`kish tezligini Wcho`k ni xisoblashdir. Laminor, o`rta va turbolent rejmlar uchun shar holatdagi zarrachalarning erkin cho`kish tezligi quyidagi frmulalar orqali hisoblanadilar Rcoq Ar / (18+0,6 √Ar) bu erda Rcoq W d p/M2 Tc∙ p – Arximed soni d – zarrachalari diametri Shar holatdagi zarrachalar uchun formuladigi d o`rniga zarrachalarning Ekvivalent diametrining ifodasi deq3√V3/P qo`llaniladi (V3-zarrachalarning xajmi). Fil`trlash Oqava suvlar tarkibidagi mayda dispers holatdagi qattiq va suyuq moddalarni cho`ktirish natijasida tozalanmaydigan boshqa moddalarni tozalash uchun fil`trlash qo`llaniladi. Tozalash g`ovakli to`siqlar yordamida olib borilib bu g`ovakli to`siqlar o`zidan suyuqliklarni o`tkazib dispers fazasi tashkil qiluvchi moddalarni ushlab qoladi. Bu jarayon suyuqlikning gidrostatik bosimi ta`sirida, to`siq oldidan yuqori bosim borish orqali yoki to`siq ortida vakuum hosil bo`lishi bilan amalga oshadi. Download 80.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling