Kimyoviy yotqiziqlar


Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari


Download 63.89 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi63.89 Kb.
#1486315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KIMYOVIY YOTQIZIQLAR

Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari: Kurs ishini yozishda kimyoviy yotqiziqlar va ularning turlarini atroflicha tahlil qilish maqsad qilib qo’yildi.
-yotqiziqlar xususiyatlari
-yotqiziqlar turlari
-yotqiziqlar tarkibi
-kimyoviy yotqiziqlar va ularning xususiyatlari
-kimyoviy yotqiziqlar tarkibi
Kurs ishida shularni o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.
Kurs ishi mavzusining obyekti: Kurs ishi muammosiga oid ilmiy, falsafiy, metodik, amaliy adabiyotlardan foydalanish. Yotqiziqlar mavzusini yorituvchi adabiyotlar, qiyosiy tahlil, arxeologik tadqiqotlar va dala tadiqotlari natijalariidan foydalanildi.
Kurs ishi mavzusining amaliy ahamiyati: Kimyoviy yotqiziqlar va ularning xususiyati, turlari, tarkibini o’rganib yotqiziqlardan topilgan arxeologik buyumlarni to’g’ri sharoitda saqlash, tabiiy muhit ta’siridan asrab qolish.
Kurs ishi mavzusining tuzilishi: Ushbu kurs kirish, to’rtta paragraf, ikkita bob, xulosa foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB YOTQIZIQLAR TASNIFI

    1. Yotqiziqlar va ularning turlari, xususiyatlari

Yotqiziqlar - past harorat va bosim ostida yerning yuzida saqlangan materiallardir. Geoarxeologik yotqiziqlarning ko’pcchiligida inson suyaklari saqlanadi. Arxeologik manzilgohlarning ko’pchiligi yotqiziqdan topilgan va qazib olingan topilmalar yoki geogenik yoxud antropogenik xususiyati jihatidan cho’qindilardir. Bizning oldimizda ikkita muhim maqsad bor. Arxeologik yodgorliklarda yoqiziqlar ko’p bo’lganligi sababli ularning xususiyatlari haqida so’nggi bir qancha amaliy bilimlarga ega bo’lish muhim. Eng asosiysi, bu xil xususiyatlar tarkibidan qat’iy nazar toshlarning aniq o’lchamilari bilan bir xil bo’ladi. Ikkinchisi va muhimrog’i, bu bir xil ko’rsatgichlarning aksari bo’lib, bir yotqiziqlardagi umumiy aks ettirilganlarni kuzatganimizda xoh u individual bo’lsin, xoh guruh bo’lsin, saqlanish tarixi o’z ichiga uning kelib chiqishi, ko’chishi va saqlab qolingan hududning tabiati, ya’ni uning saqlanish muhiti hisoblanadi. Yotqiziqlar tarixining bu uch ko’rinishini qadimshunoslarning qadimgi hayot izlari bo’lgan so’nggi pleystotsen g’orlaridagi qatlamlarda kuzatamiz. Qisqacha aytganda, yotqiziqning litologik belgilarini kuzatish va yozib olishda biz faqatgina uni tasvirlashda mezonlarni obyektiv joylashishini emas, balki uning tarixidagi bir necha ma’nolarini anglash ham nazarda tutiladi.
YOTQIZIQLARNING TURLARI
Hozirgi quruqliklarni asosiy qismi antropogen kontinental qatlamlardan iborat. Ular ichida eng ko’p tarqalgani suvli ( Alluvial, ko’lli, botqoqlik va pluvialli) va muzli (jumladan, muzlik-daryoli, muzlik-ko’lli) va eolli yotqiziqlardir. Kontinental yotqiziqlar quruqlik yuzasida notekis tarqalgan bo’lsa ham ularning taxminan 80 foizini tashkil qiladi. Masalan, Antarktidada hamma antropogen cho’kindilar majmuasi muzlik hosilalaridan tashkil topgan. Shimoliy Amerika va Kanada Artik arxepelagining 50 foizga yaqinini va Yevrosiyo maydoni 20 foizgachasini muzlik hosilalari qoplab yotadi.
Yer shari yuzasining yarmidan ko’pini batial va abissal terrigenli, orgonogenli, xemogenli va vulkanogenli cho’kindilar egallab yotadi. Shelflarda shakllanadigan cho’kindilar kam maydonlarda rivojlanganlar. Dengiz cho’kindilari ichida suzib yuruvchi muzlar va aysberglar hamda shelfli, tog’li va qoplama muzliklardan paydo bo’lgan glyasial dengiz (muzli va muzli-dengiz) yotqiziqlari alohida ahamiyatga ega. Xuddi shu cho’kindi tiplari Yevrosiyo va Shimoliy Amerika atroflarini o’rab olgan hamma shimoliy dengizlarda va Antarktida atroflaridagi janubiy dengizlarda ham subtropik Yevrosiyo, Kanada va Alyaskatekisliklarida keng tarqalgan. Bu cho’kindilar gil, suglinka, ko’pincha zich, noaniq qavatlashgan, o’zida shag’al, sheben, g’o’latosh, valuna va palxsa toshlardan tashkil topgan. Quruqlikda ular morenalar deb qabul qilinadi, shuning uchun ular morenasimon deb nom olganlar. 1
Yotqiziqlar asosiy uchta- kimyoviy, organik va lasti turda tasniflanadi. Bulardan birinchi ikkitasi ko’proq geoarxeologiyaga tegishli hisoblanadi. Lasti yotqiziqlar eng ko’p tur hisoblanadi. Ular tashkil topgan qoya parchalaridan, boshqa yotqiziqlardan yoki tuproq moddiyatlaridan, ya’ni eroziyaning tarixi tasviri, ko’chishi salanishidan iborat. Ko’pchilik lasti yotqiziqlar shamolga o’xshagan (masalan, qum tepaliklar), suv yo’llari (masalan, daryolarcha, dengiz bo’ylari) va gravitatsiya (inqiroz, ko’chish, yemirilish) kabi vositalar yordamida saqlab qolinadi. Lasti yotqiziqlarning odatiy misollari ( xuddi komponentlar hajmining pasayishiga asoslangan ) qum, loyqa va gil. Geologik ma’lumotlarda qoyalar turlari adirliklar, qum uyumlari va balchiq uyumlaridir. Vulqonli lasti parchalari vulqon kullari, bo’laklari, qoldiqlaridan iborat bo’lsa, lasti yotqiziqlar deb tushuniladi. Qisqasi, ular bir muncha g’ayrioddiy geoarxeologik kontekstlardir. Shuningdek, ular vulqonli hududlar bilan chegaralangan. Shunga qaramay ular arxeologik manzilgohlarning shakllanishi va stratigrafiyasidagi muhim aspektdan tashkil topgan. Arxeologik vaqtda misollar tasvirlash uchun makon hisoblanadigan Pompey taxminan 4 m li vulqonli lasti bo’lagi ( tefra) bilan o’ralgan va vulqon quyindisi, vuqonli qum, lapilli ( 2-64 mm ) hamda kul ( 2mm ) dan iborat. San- Salvadorda, Eren manzilgohida bir xil turdagi turar joylar aks ettirilgan, ya’ni tuzilishi va qiashloq xo’jalik yerlari bir necha metr tepaliklar ostida ko’milib ketgan edi.
Jorjiyadagi manzilgohlardan topilgan golotsen va pleystotsen davrining stratigrafiyasi va sanalarida vodiylarda saqlanib qolgan vulqon lasti topilmalari asosiy rol o’ynaydi. Olduvay Gorge, Gobi Fora, Gesher Benot Yakov va Dmanise kabi hududlar arxeologik va insoniyat yashab qolgan manzilgohlardan hisoblanadi.
Molluska va marjon singari dengizosti organizmlari kalsiy karbonat qobig’ini ishlab chiqaradi. Ularning qattiq tanasi silkinib harakatlanganda biolasti gilning shakllanish jarayonida fragmentlar o’lchami santimetrdan millimetrgacha sinishi mumkin. Bo’r balchiq va yaxshi qumdan, ya’ni dengizosti organizmlarning qoldiqlaridan iborat. Boshqa turdagi diatomning shakllanishi natijasida diatomlar bilan bog’liq bo’lgan organizmlarda skeletlar bo’lishi mumkin. Ostrakodlar, diatomlar va foramineferalar biologik holatlarda ko’pchilik mineralogenik qatlamlarda saqlab qoladi. London mirorasining suv to’ldirilgan xandaq qatlami, masalan, ko’p sonli diatomlardan tashkil topgandi, ya’ni yotqiziqning buzulishiga sayoz, tiniq bo’lmagan suv deb ko’rsatiladi. Ushbu holatlar Temza va Ditch shahridan suv, suvning yuzasi, isrofgarchilikdan qutulish maqsadida xandalarga joylashtirilishi natijasida kelib chiqqan.
Kimyoviy yotqiziqlar suyuqlikdan ajralib chiqadigan to’g’ridan to’g’ri kimyoviy moddalar orqali ishlab chiqariladi. Kuchli bug’lanish bilan namchil hududlardagi ko’llar kimyoviy minerallarning ko’pchiligini namoyon qiladi. Jumladan, tuz qatlamini, gipsni (kalsiy sulfat ), kalsit yoki aragonite (har ikkisi kalsiy karbonatning shakli ) ni hosil qiladi. G’or muhitidagi kimyoviy yotqiziqlar ta’sirida kalsiy karbonat shakllari saqlanib qoladi (travertinli yoki tosh uyumli yotqiziqlar). Bular odatda kalsit yoki argonitdan tashkil topadi. Ammo boshqa maxsus minerallar fosfor natriy yoki sulfatdan iborat. Organik moddalardan tashkil topgan biologik yotqiziqlarning 3-guruhini fizik moddalar tashkil qiladi. Bularga chuqurlik va botqoq hududlardagi organik gil va torflar misol bo’ladi.
So’nggi muz bosishidan avvalgi muz bosgan vaqtlar orasida va so’nggi to’rtlamchi davr muz bosishining barcha bosqichlarida yuqori to’rtlamchi davr yotqiziqlari shakllangan. Hozirgi zamon okeanlari tubining katta (90 %) qismida abissal yotqiziqlar hosil bo’ladi. Bunday yotqiziqlar ko’pincha 3 km dan ortiq chuqurlikdagi oksidlanish muhitida paydo bo’ladi. Abissal yotqiziqlar: 1) mayda hayvon organizmlarining skeletlaridan; 2) quruqlikdan shamol yoki dengiz oqimi natijasida keltirilgan zarrachalardan, suvosti va suvusti vulqon tog’ jinslaridan, kosmik changlardan tashkil topadi. Geologik joyida saqlanib qolgan yotqiziqlar avtoxton yotqizilarga kiradi. Bularga asosan, ko’mir, suv o’tli, marjonli, organik, elyuviy va ayrim kimyoviy yotqiziqlar kiradi.
Baland tog’ daryolari va tog’ oralig’i vodiylarida tog’oldi yotqiziqlari hosil bo’ladi. Ularning tavsifli belgilariga yotqiziqlarning qalinligi, organik qoldiqlarning yo’qligi, cho’kindilarning saralanib ( tog’ oldidan tekislikka qarab- konglomerat, qumtosh va h. k.) yotqizilishi va boshqasi kiradi. Qiya sathlardagi erosion jarayonlar va deluvial yuvilishning birgalikda kechishi natijasida Alluvial- delluvial yotqiziqlar hosil bo’lgan. Ular vodiylarni tog’ yonbag’irlari atroflarida Alluvial hosilalar akkumulatsiyasining va kimyoviy akkumulatsiyasini o’zaro almashinish turlaridan hosil bo’ladi. Bu yotqiziqlar yaxshi saralanmaganligi va silliqlanmaganligi, alluvial ( shag’al tosh qum) va deluvial ( slanes, supes, mayda qirrali shag’al tosh) fazalariga mos qatlamlar bilan tavsiflanadi. Delluvial- kolluvial yotqiziqlar tog’ yonbag’irlarida nuragan tog’ jinslarini delluvial yuvilishi. Va garavitatsion kuch ta’sirida harakatlanishi natijasida gravitatsion yotqiziqlar- tog’ yonbag’ri yotqiziqlari hosil bo’ladi. Bu kabi yotqiziqlar ag’darilmalar, surilma sochilma solifluksiya jarayonlari hosilasidir.
Oqar suvlarning dengiz yoki ko’lga quyilish joyi ( delta )da shag’al, gil, balchiq va boshqalardan iborat Alluvial- dengiz yotqiziqlari paydo bo’ladi. Dengiz va okean cho’kindilari materik yonbag’ri yoki shelf zonasida batial yotqiziqlar sifatida yig’iladi. Batial yotqiziqlar 200-3000 m chuqurlikda uchraydi. Bu turdagi yotqiziqlar dunyo okeani maydoning 20 foizini qoplagan. Organizmlarning hayot faoliyati mahsulotlari yoki skeletlari ( marjon ohak toshlari, suv o’simliklari ohaktoshi, bo’r ) to’planishidan hosil bo’lgan biogen yotqiziqli hosilalarga kiradi. O’lchami 100 mm dan katta bo’lgan silliqlangan xarsang toshlar yotqiziqlari esa muzliklar morenasida, dengiz muzliklarida, dengiz qirg’og’i cho’kindilarida va tog’ daryolari alluvial cho’kindilarida uchraydi. Tog’lik hududlardan tekislikka vaqtincha oqar suvlar keltirib yotqizgan yotqiziqlar bosh oqim o’zani yotqiziqlari, o’zanlar oralig’I, o’zan yotqiziqlariga bo’linadi. Suv oqimi tezligining kattaligi sababli, tog’ daryolarida tekislikdagi daryolarga nisbatan ko’p miqdorda bo’lakli toshlar cho’kindilar hosil bo’ladi. Tog’ daryosi alluviylarida galkalar qum va gilli cho’kindilar bilan birga yotqiziladi. 2
Tog’ ko’llari yotqiziqlari nuragan, organik va kimyoviy cho’kindilarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ular quyidagi turlarga ajratilgan: 1) kuchsiz quriydigan, maydalanadigan, chig’anoq qoldiqlari va siniqlari bilan boyigan och rangli mergelli gillar; 2) ko’p miqdorda ohaktosh aralashmali, kuchli quriydigan, maydalanadigan, och sariq yashil rangli, sovunsimon gil; 3) yupka, gohida varaqsimon, gohida esa lentasimon qatlangan, ochiq va to’q yashil rangli gil; 4) shamollar ta’sirida hosil bo’lgan qatli va linzasimon toza qum cho’kindisi; 5) organik cho’kindilardan diatomli balchiqlar; 6) kimyoviy cho’kindilardan kremniyli yotqiziqlar; 7) ko’lning qoyali chegaralarida qum va yirik donador cho’kindilardan iborat bo’lgan plaj yotqiziqlari. Bu yotqiziqlar betakror bo’lib, kesmada va gorizantal yo’nalishda tez tez o’zgarib turadi.
Ko’l yotqiziqlari ko’l tubida hosil bo’lib mexanik ( shag’al, qum, gil ) kimyoviy organik hosilalardan iborat. Ko’l yotqiziqlari chuchuk suvli va sho’r suvli ko’l yotqiziqlaridan ajratiladi. Chuchuk suvli ko’llarda mexanik cho’kindilar, qirg’oq yaqinida mayda shag’al, qum; ko’l o’rtasida gil diatomit, gidrogetit ko’proq to’planadi. Chuchuk suvli ko’llar qirg’og’ida o’simliklar ko’payib, asta- sekin ko’l ichiga kirib boradi. Sho’r ko’llar tubida tuz cho’kib, tabiiy soda, mirabilit, astraxanit, epsomit paydo bo’ladi. Ko’llar turli iqlimli mintaqalarda joylashganligi sababli ham kimyoviy cho’kindilar tarkibi turlicha bo’ladi. Daryo, dengiz, ko’laar qirg’oqlarida qum materiallarining shamol ta’sirida yig’ilishidan dyuna yotqiziqlari paydo bo’ladi. Yer osti suvlarining yer sathiga chiqishi va bug’lanishi natijasida cho’kindilar tushishidan hosil bo’ladigan xemogen yotqiziqlar buloq yotqiziqlari deyiladi. Ular uchun ohaktoshli tuflar va travertinlar xos. Tog’ jinslari materiallari eriganda va ko’chganda karst yotqiziqlar to’planadi. Ular tarkibi bo’yicha kimyoviy ( stalaktit va stalagmitlar ) chaqiq va organik tog’ jinslariga bo’linadi.
Quruqlikdagi barcha cho’kindilar turlariga kontinental yotqiziqlar kiradi. Ular quruqlikdagi fauna va flora qoldiqlari bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda ular mutlaqo bo’lmasligi ham mumkin. Dengiz foramineferalar qoldiqlari qayta yotqizilishi natijasida kontinental yotqiziqlar uchrashi mumkin. Kontinental yotqiziqlar bilan dengiz yotqiziqlari o’rtasida o’tish yotqizig’i tipi- laguna cho’kindilari ( suv osti deltasi cho’kindilari ) uchraydi. Laguna yotqiziqlariga nam iqlimli hududlardagi sayoz yoki asosiy suv havzalaridan ajralgan ko’llardagi qumtoshli, shag’alli yotqiziqlar, to’siqliklar va boshqalar kiradi. Lguna yotqiziqlari asosan mayda donador qumtosh, elevrit, gilli cho’kindilardan tashkil topgan. Tarkibida chang miqdori ellik foizdan yuqori bo’lgan, gil zarrachasi miqdori o’ttiz foizgacha bo’lgan lyos yotqiziqlar ham to’rtlamchi davr yotqiziqlariga kiradi. Qum va chang zarrachalarini shamol ta’sirida uchirib olib kelib yotqizilishi natijasida hosil bo’ladigan subaeral eol yotqiziqlari ham taxminan bir xil mexanik tarkibga ega bo’lib, 0,15- 0,3 mm fraksiyalar miqdori boshqalardan ko’p bo’ladi. Ular barxanlar, dyunalar va boshqa akkumulativ relyef turlarini hosil qiladi.
Yerning ustki toshb qobig’I litosfera- yer po’sti tarkibi va kelib chiqishi turlicha bo’lgan tog’ jinslaridan tuzilgan. Har qanday tog’ jinsi muayyan minerallarning majmuasidan tarkib topgan bo’ladi. Minerallar esa o’z navbatida kimyoviy elementlar yoki ularning tabiiy birikmalaridan iborat.
Shunday qilib, yer moddasi tashkil topishining murakkablanish tartibida qaralsa quyidagi toifalar qatoridan iborat bo’ladi: kimyoviy element- mineral- tog’ jinsi. Quyida aynan shu tartibda yerning moddiy tarkibi ko’rib chiqiladi.
Yer po’stining kimyoviy tarkibi to’g’risida ishonchli malu’motlar bevosita o’rganish mumkin bo’lgan uning ustki qismida ( 16-20 sm chuqurlikkacha ) taalluqli. Yer po’stining kimyoviy tarkibi, uning makon va zamonda o’zgarish qonuniyatlari masalalari bilan xali nisbatan yosh bo’lgan geokimyo fani shug’ullanadi. 3
Hozirgi zamon geokimyosining ma’lumotlariga ko’ra yer po’stida 93 ta kimyoviy element aniqlangan. Ularning ko’pchiligi turli izatoplarning aralashmasidan iborat. Faqatgina 22 ta kimyoviy element izatoplarga ega emas va shuning uchun oddiy elementlar deyiladi. Turli yotiziqlarda elementlar juda notekis taqsimlangan. Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, yer po’stining 98 foizidan ko’pini tashkil etuvchi elementlar bo’lib O, SI, AL, Fe, Ca, Na, K, Mg hisoblanadi. Ularning orasida birinchi o’rinni kislorod egallaydi va uning hissasi yer po’stining yarmiga teng keladi va hajmining 92 foiziga yaqinini tashkil etadi.


Download 63.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling