Kinologiya indd
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pishiq tipli tana tuzilishi
- Nozik tipli tana tuzilishli
- Quvvatlilik
Mustahkam tipli tana tuzilishiga ega itlarning oliy nerv faoliyat turi vazmin va serharakat bo‘ladi. Bunday itlarning suyaklari yax- shi rivojlangan, muskullari quruq va bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Hay- vonning terisi o‘rtacha qalinlikda, boshi ponasimon, cho‘zinchoq, peshonasi yassi, lablari quruq, qoq bo‘yin, chuqur ko‘krakli, qor- ni ko‘krak chizig‘idan yuqoriroqda va tortilgan, oyoqlari uzun boldirli hamda sakrash bo‘g‘imining burchaklari aniq aks etgan bo‘ladi. Tanasining jun qoplamida silliq va kalta tuklardan tor- tib, uzun va qattiq tuklargacha turlanish kuzatiladi (tozilar, dog, Sharqiy Yevropa ovcharkalari, bokser va boshqalar).
Pishiq tipli tana tuzilishiga ega itlarning oliy nerv faoliyat turi tiyiqsiz harakatchan. Suyaklari biroz ingichkalashgan, ammo ju- da mustahkam, tananing muskullari ham yupqalashgan bo‘ladi. Terisi mustahkam va elastik, boshi nisbatan ensiz bo‘lib, sezilar- sezilmas holda tumshuqqa o‘tganligi kuzatiladi. Itning lab-lunj- lari quruq, bo‘yni tik tutilgan, ko‘kragi chuqur, qorni ichkariga tortilgan, shuningdek jag‘lari bir-biriga yaqin jipslashmaydigan hollari ham uchraydi. Itlar ko‘pincha uzun oyoq yoki ba’zi hol- larda esa to‘rtburchaksimon ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mum- kin. Hayvonning sakrash bo‘g‘inlari aniq ifodalangan. Tanasi- ning jun qoplami turli-tuman ravishda tuklangan (doberman, kolli, poynter va boshqalar). Nozik tipli tana tuzilishli — itlar tez asabiylashish va yuqori darajadagi qo‘zg‘aluvchanlikka moyil bo‘ladi. Sun’iy tanlash va nasl buzilishi bilan chambarchas bog‘liq holda, aksariyat itlarda pakana bo‘ylilik va shunga o‘xshash me’yordan chiqish hollari ham uchraydi. Itlarning boshi yumaloq, sharsimon tuzilishda, ko‘zlari bo‘rtib chiqqan, yuz suyaklari esa ayrim hollarda shu qa- dar kalta va zaif rivojlangan bo‘ladiki, go‘yo hayvonning past- ki jag‘i oldinga chiqib turganday tuyiladi. Itlarning terisi yupqa, tanasining jun qoplami uzun va jingalak (xonaki baroq it) tuk- lardan tortib, taqir (xonaki tozilar, meksikaning junsiz itlari) tuk- lilargacha turlanishi kuzatiladi. Yuqorida qayd etilgan itlarning tana tuzilishi tiplari har doim ham sof holda uchrayvermaydi. Juda ko‘p hollarda mazkur jonivorlar aralash tipli tuzilishga ega bo‘lib, ular birinchi navbatda ustunroq tiplar, masalan: pishiq- dag‘al, dag‘al-mustahkam, bo‘sh-xomsemiz, xomsemiz-bo‘sh ka- bi turlar ko‘rinishida bo‘ladi. Zot turi tushunchasi deganda, hayvonga ilk nazar tashlagan- da mazkur it zoti haqidagi mukammal tasavvurga qaysi darajada yaqinlishishi, ya’ni uning zot turi kuchli yoki kuchsiz darajada ifodalanishi bilan belgilanadi. Shuning bilan birgalikda tur jin- siy demorfizm, ya’ni hayvonning erkak it yoki urg‘ochi it sifatida farqlanishini ham ifodalaydi. Erkak it — erkaklik turiga, urg‘ochi it esa urg‘ochilik turiga ajratilishi lozim. Jinsiy turga nomuvofiq- lik esa hayvonlarda kuzatiladigan nuqsonga kiradi. Quvvatlilik — hayvon tanasidagi suyaklar va muskullarning kuchli rivojlanganligini ifodalaydi. Itlarning skeleti dag‘al, mus- tahkam rivojlangan, zaif bo‘lishi mumkin. Aynan shundan kelib chiqqan holda itlar vazmin, baquvvat, mustahkam va zaif sifatida tavsiflanadi. Agar it insonda vazminlik taassurotini qoldirsa, de- mak u vazmin hisoblanadi, aks holda esa u epchil itlar sirasiga ki- ritiladi. Nasldorlik — it o‘zining zot turi bilan umumiy taassuroti- ni tavsiflaydi, qaysiki bu taassurotni bizning ongimizda itlar o‘zlarining zot turlariga ko‘ra shakllantiradi. Bu kabi belgilar orqali itlar zotdor, oddiy, haddan tashqari rivojlangan (odatda nozik skeletli) hamda dag‘al turlarga bo‘linadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling