Kinologiya indd


Sharqiy yevropa ovcharkasi


Download 0.83 Mb.
bet10/15
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Itsimonlar

Sharqiy yevropa ovcharkasi — o‘rta bo‘ydan baland, tanasi uzunchoq, kuchli, quvvatga to‘la, mustahkam; quruq tuzilish- ga ega.
Tanasi: mustahkam, yaxshi rivojlangan muskullardan ibo- rat, uzunligi yag‘rindagi balandligidan 112—115 foizni tashkil qiladi.
Bo‘yni: mustahkam, quruq, o‘rta uzunlikda, bosh uzunligi- ga barobar, bel chizig‘iga nisbatan 45 gradusga moslashgan. Te- risi yig‘masiz.
Yag‘rini: erkagida 67—70 sm; urg‘ochisida 62—66 sm.
Og‘irligi: erkagi 28—34 kg; urg‘ochisi 25—30 kg.
Beli: to‘g‘ri, osilmagan va bukrisimon emas, umurtqa pog‘onasi keng, yaxshi rivojlangan va mustahkam.
Ko‘krak qafasi: keng va chuqur.
Qorin: o‘rta tortilgan.
Oyoqlari: to‘g‘ri kaftlari kalta, barmoqlari yig‘ilgan, yostiqcha- lari qalin va qattiq, baquvvat tirnoqlari qora. Qo‘shimcha barmoq- lari olib tashlanadi.
Dumi: o‘rta kaltalikda, past qo‘yilgan, yengil, qilichsimon qayrilgan.
Boshi: uchli, mustahkam, ammo qo‘pol emas, tana o‘lchoviga mutanosib holda peshonadan tumshug‘iga o‘tishi bilinadi.
Tumshug‘i: peshona chizig‘iga parallel holda, uzunligi bosh uzunligining yarmiga teng, uchli, cho‘zinchoq.
Ko‘zi: cho‘ziqroq, o‘rta, bo‘rtib chiqmagan, rangi qoraroq.
Quloqlari: o‘rta kattalikda, uchlari yengil, o‘tkir, oldinga qara- tilgan.
Burun uchi: katta va qora.
Labi: quruq, zichlashgan.
Chakagi: kuchli, tishlashi qaychisimon.
Rangi (tusi): har xil, asosan qoramtir.
Jun qoplami: ustki tuki o‘rta uzunlikda to‘g‘ri, zichlashgan, qattiq, bir-biriga ulangan, tag qismi tuklari ham bir-biriga zich ulangan.
Harakati: erkin, yumshoq, keng (oqar suvga o‘xshatsa bo‘ladi).
Rus ovchi spaniyeli — standarti 1949-yilda tasdiqlangan. U harakatchan, uzun junli, past bo‘yli, tana tuzilishi mustahkam, yaxshi qidirish xususiyatiga ega ovchi it.
Tanasi: mustahkam, quruq.
Bo‘yni: o‘rta uzun, nisbatan past joylashgan, cho‘ziq, baquv- vat, yig‘masiz.
Yag‘rini: erkagida 38—44 sm; urg‘ochisida 36—42 sm.
Og‘irligi: erkagi 11—13 kg; urg‘ochisi 8—11 kg.
Beli: to‘g‘ri, mustahkam, keng, baquvvat, yengil bukri.
Ko‘krak qafasi: o‘rta kenglikda, chuqur va uzun.
Qorin: o‘rta tortilgan.
Oyoqlari: quruq, suyakdor, old va orqa oyoqlari to‘g‘ri va paral- lel, old oyoqlarining uzunligi tana balandligining yarmiga to‘g‘ri keladi.
Dumi: o‘sish joyidan qalin, harakatchan, bel chizig‘iga yaqin.
Boshi: quruq, o‘rta uzunlikda, bosh suyagi keng, oval shaklda, peshonasi yengil bukrisimon.
Tumshug‘i: uzun va keng.
Ko‘zlari: cho‘ziqroq, o‘rta kattalikda, rangi och jigarrang yoki to‘q jigarrang.
Quloqlar: osilgan, uzun, keng chakagiga jipslashgan, uchi yu- maloq shaklda. Quloqlari burun uchigacha yetadi.
Burun uchi: keng, asosan qora, jigarrang bo‘lishi mumkin.
Labi: quruq, qalin, osilmagan.
Chakagi: tishlashi qaychisimon.
Rangi: qora, jigarrang, sarg‘ish; ikki rangli – qora oqishlari bilan, jigarrang oqishlari bilan, sarg‘ish oqishlari bilan, ola-bula (чалый); uch rangli — oq dog‘lari bilan, qora va jigarrang dog‘lari bilan.
Jun qoplami: ustki tuklari uzun, yumshoq, yaltiroq, uzun yoki yengil to‘lqinsimon, jipslashgan.
Harakati: harakatchan, yumshoq (yugurganda uchayotgan qushga taqqoslash mumkin).

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling