Kinologiya indd
Sharqiy yevropa ovcharkasi
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rus ovchi spaniyeli
Sharqiy yevropa ovcharkasi — o‘rta bo‘ydan baland, tanasi uzunchoq, kuchli, quvvatga to‘la, mustahkam; quruq tuzilish- ga ega.
Tanasi: mustahkam, yaxshi rivojlangan muskullardan ibo- rat, uzunligi yag‘rindagi balandligidan 112—115 foizni tashkil qiladi. Bo‘yni: mustahkam, quruq, o‘rta uzunlikda, bosh uzunligi- ga barobar, bel chizig‘iga nisbatan 45 gradusga moslashgan. Te- risi yig‘masiz. Yag‘rini: erkagida 67—70 sm; urg‘ochisida 62—66 sm. Og‘irligi: erkagi 28—34 kg; urg‘ochisi 25—30 kg. Beli: to‘g‘ri, osilmagan va bukrisimon emas, umurtqa pog‘onasi keng, yaxshi rivojlangan va mustahkam. Ko‘krak qafasi: keng va chuqur. Qorin: o‘rta tortilgan. Oyoqlari: to‘g‘ri kaftlari kalta, barmoqlari yig‘ilgan, yostiqcha- lari qalin va qattiq, baquvvat tirnoqlari qora. Qo‘shimcha barmoq- lari olib tashlanadi. Dumi: o‘rta kaltalikda, past qo‘yilgan, yengil, qilichsimon qayrilgan. Boshi: uchli, mustahkam, ammo qo‘pol emas, tana o‘lchoviga mutanosib holda peshonadan tumshug‘iga o‘tishi bilinadi. Tumshug‘i: peshona chizig‘iga parallel holda, uzunligi bosh uzunligining yarmiga teng, uchli, cho‘zinchoq. Ko‘zi: cho‘ziqroq, o‘rta, bo‘rtib chiqmagan, rangi qoraroq. Quloqlari: o‘rta kattalikda, uchlari yengil, o‘tkir, oldinga qara- tilgan. Burun uchi: katta va qora. Labi: quruq, zichlashgan. Chakagi: kuchli, tishlashi qaychisimon. Rangi (tusi): har xil, asosan qoramtir. Jun qoplami: ustki tuki o‘rta uzunlikda to‘g‘ri, zichlashgan, qattiq, bir-biriga ulangan, tag qismi tuklari ham bir-biriga zich ulangan. Harakati: erkin, yumshoq, keng (oqar suvga o‘xshatsa bo‘ladi). Rus ovchi spaniyeli — standarti 1949-yilda tasdiqlangan. U harakatchan, uzun junli, past bo‘yli, tana tuzilishi mustahkam, yaxshi qidirish xususiyatiga ega ovchi it. Tanasi: mustahkam, quruq. Bo‘yni: o‘rta uzun, nisbatan past joylashgan, cho‘ziq, baquv- vat, yig‘masiz. Yag‘rini: erkagida 38—44 sm; urg‘ochisida 36—42 sm. Og‘irligi: erkagi 11—13 kg; urg‘ochisi 8—11 kg. Beli: to‘g‘ri, mustahkam, keng, baquvvat, yengil bukri. Ko‘krak qafasi: o‘rta kenglikda, chuqur va uzun. Qorin: o‘rta tortilgan. Oyoqlari: quruq, suyakdor, old va orqa oyoqlari to‘g‘ri va paral- lel, old oyoqlarining uzunligi tana balandligining yarmiga to‘g‘ri keladi. Dumi: o‘sish joyidan qalin, harakatchan, bel chizig‘iga yaqin. Boshi: quruq, o‘rta uzunlikda, bosh suyagi keng, oval shaklda, peshonasi yengil bukrisimon. Tumshug‘i: uzun va keng. Ko‘zlari: cho‘ziqroq, o‘rta kattalikda, rangi och jigarrang yoki to‘q jigarrang. Quloqlar: osilgan, uzun, keng chakagiga jipslashgan, uchi yu- maloq shaklda. Quloqlari burun uchigacha yetadi. Burun uchi: keng, asosan qora, jigarrang bo‘lishi mumkin. Labi: quruq, qalin, osilmagan. Chakagi: tishlashi qaychisimon. Rangi: qora, jigarrang, sarg‘ish; ikki rangli – qora oqishlari bilan, jigarrang oqishlari bilan, sarg‘ish oqishlari bilan, ola-bula (чалый); uch rangli — oq dog‘lari bilan, qora va jigarrang dog‘lari bilan. Jun qoplami: ustki tuklari uzun, yumshoq, yaltiroq, uzun yoki yengil to‘lqinsimon, jipslashgan. Harakati: harakatchan, yumshoq (yugurganda uchayotgan qushga taqqoslash mumkin). Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling