Kinologiya indd
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
Nemis ovcharkasi — o‘rta bo‘yli, cho‘zinchoq gavdali, suyak tuzilishi mustahkam, quvvatga to‘la, rivojlangan muskullar tuzi- lishiga ega. Itning uzunligi gavdasining balandligidan 10—17 foiz oshiqroq bo‘lishi kerak.
Fe’l-atvori: «Nemis ovcharkasi» mustahkam asab tizimiga ega, o‘ziga ishonuvchan, tashqi muhitga diqqatli, bosiq (jahli chiqqan paytdan tashqari), yengil boshqaruvchan, begona shaxslardan qo‘rqmaslik, o‘zini himoya qila olish qobiliyati bo‘lishi lozim. Bo‘yni: mustahkam va yaxshi rivojlangan muskullarga ega, quruq, o‘rta uzunlikda, terisi yig‘masiz bo‘ladi. Bo‘yin gavdaning boshlanish qismidan taxminan 45 gradus ko‘rinishda bo‘ladi. Yag‘rini: erkagida 60—65 sm; urg‘ochisida 55—60 sm. Og‘irligi: erkagi 30—40 kg; urg‘ochisi — 22—32 kg. Bel: mustahkam rivojlangan muskulli, osilmagan tekis umurtqa pog‘onasi keng va yaxshi rivojlangan. Ko‘zlari: o‘rtacha, cho‘ziqsimon, rangi to‘q qora bo‘lishi kerak. Quloqlari: Nemis ovcharkasida quloqlar o‘rtacha, ularning tu- rishi bir xil balandlikda va tekis, cho‘ziqroq ko‘rinishda bo‘ladi, boshning o‘lchoviga mutanosib holda, uchlari yengil, oldinga qaratilgan. Ko‘krak qafasi: o‘rta kenglikda va cho‘ziqroq, ko‘krakning chuqurligi 45—48 gradusni tashkil etadi. Qorni: mustahkam, tortilmagan va osilmagan. Oyoqlari: to‘g‘ri, kaftlari kalta, barmoqlari yig‘ilgan, yos- tiqchalari qalin va qattiq, baquvvat tirnoqlari qora rangda. Old oyoqlari parallel. Kurak va yelka bog‘lanish burchagi 90 gradus- dan 110 garadusgacha. Dumi: o‘rta kaltalikda, yengil, qilichsimon. Boshi: tashqi ko‘rinishi qoziqsimon ko‘rinishda, mustahkam ammo qo‘pol emas, tana o‘lchoviga mutanosib holda, bosh suyagi kengligi va uzunligi taxminan bir xil. Boshning tepa va past jag‘ qismi yaxshi rivojlangan, mustahkam. Tumshug‘i: tumshuqning uzunligi o‘rtacha, to‘g‘ri, uchli, cho‘zinchoq. Burun uchi: qora. Labi: quruq, zichlashgan, qora rangda. Chakagi: kuchli, tishlashi qaychisimon, chakakning tishlashi baquvvat, sog‘lom va to‘liq bo‘lishi kerak. Tishi: oq rangda, 42 dona. Yuqori jag‘da 20 ta, pastki jag‘da 22 ta. Ular sog‘lom va mustahkam bo‘lishi kerak. Rangi (tusi): qora, qizg‘ish aralash, ko‘krak qismi oqish bo‘lishi mumkin, asosan qoramtir sarg‘ish rangda bo‘ladi. Jun qoplami: ustki tuki o‘rta uzunlikda to‘g‘ri, zichlashgan, qattiq, bir-biriga ulangan, tag qismi tuklari ham bir-biriga zich ulangan. Bosh qismi, quloq, panjalarning ustki qismlarida kalta, bo‘ynida uzunroq, zich joylashgan. Harakati: erkin, yumshoq, keng (oqar suvga o‘xshatsa bo‘ladi). Kamchiliklari: yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bandlardan tashqari bo‘lgan kamchiliklar hisoblanadi. Sobiq Sovet davrida «Nemis ovcharkasi» zoti asosida yara- tilgan «Sharqiy yevropa ovcharkasi» zoti ham hozirgi kunda qo‘llanilmoqda. Ushbu zotning standarti 1964-yil yanvar oyida tasdiqlangan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling