Kinologiya indd
Itlarni xonakilashtirish vaqti, joyi, bosqichlari, yuz bergan o‘zgarishlar
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
Itlarni xonakilashtirish vaqti, joyi, bosqichlari, yuz bergan o‘zgarishlarBirinchi xonaki itlar qachon paydo bo‘lgan? Odamlar hali chorvachilik va dehqonchilik nimaligini bil- maganida, hamda ularning yashashi uchun birdan-bir chora ov bo‘lganida it odam qo‘lga o‘rgatgan uy hayvonlaridan birin- chisi edi. Bu paleolitda, to‘g‘rirog‘i tosh asrida, qachonki odam olovdan foydalanishni hamda toshdan va suyakdan birinchi mah- sulotlarni yasashni boshlaganda vujudga kelgan. Shundan buyon, mana 30—40 ming yildirki it odam bilan birga. Uy hayvonlari ibtidoiy odamning hayotini va mehnatini yengillashtirgan, o‘z tomonidan, odam ham faqat unga foydali bo‘lgan turlarni urchitgan va takomillashtirgan. Chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanish, yangi uy hayvonlarining paydo bo‘lishi (ot, qo‘y, qoramol) itni «takomillashtirdi», chunki u ovda ishlatilishidan tashqari podani va egasining uyini qo‘riqlaydigan bo‘ldi. Yevropada haqiqiy itlarning eng qadimiy suyaklari «Daniya oshxonasi» deb ataladigan joyda va S’yexalmendagi Shved pre- neolitik to‘xtash joyidan topilgan. Ularning yoshi kamida 10— 12 ming yil bo‘lib hisoblanadi. Angliyada topilgan it qoldiqlari miloddan avval 7200—7900 yillarga to‘g‘ri keladi. Eronda chamasi 11,5 ming yil avval yashagan itning qoldiqlari topilgan. Aydaxoda joylashgan Biverxed g‘orida 9,5—8,3 ming yillik it suyaklari topil- gan. It qoldiqlari Germaniyaning Bonn shahri atrofidan topilgan. Ularning yoshi 14 ming yil bo‘lib, mezolit davriga taalluqlidir. Konrad Lorens ham itlar 12 ming yil avval xonakilashtira boshlangan deb hisoblaydi. Amalda xonakilashtirish jarayoni qanday kechgan? Bu sa- volga javob berish qiyin. K. Lorens o‘zining 1971-yilda chiqqan «Человек находит друга» kitobida qiziq gipotezani keltiradi. Uning fikricha odam dushmanlaridan va yirtqich hayvonlardan ogoh bo‘lish uchun birinchi bo‘lib shaqalni o‘ziga yaqinlashtirgan. Ammo ov va qo‘riqlash uchun shaqaldan kuchliroq va atrofidagi hayvonlarga, shu jumladan odamga «bog‘lanish» xususiyatiga ega qandaydir boshqa hayvon masalan, bo‘ri birinchi bo‘lib xonaki- lashtirilgan bo‘lishi kerak. Ya’ni bu hayvon to‘dada yashaydigan- lar sirasiga kirishi lozim. Bunga bo‘ri shaqalga nisbatan ko‘proq to‘g‘ri keladi. Xonakilashtirish boshida odamga nisbatan agressiyasi yo‘q hayvonlar tanlab olingan. Akademik D.K. Belyayev maktabining izdoshlari aynan shu omilni eng muhim deb hisoblaydilar. Yov- voyi turga bunday tanlash qanday ta’sir qilar ekan? D.K. Belyayev rahbarligida Sibir filialining eksperimental markazida quyidagi tajriba o‘tkazildi. Kumush-qora tulkilar orasida 20 yil mobaynida odamga nis- batan eng kam agressivlikka tajribalar o‘tkazildi. Natijada tulki- larda yovvoyi ajdodlariga xos bo‘lmagan belgilar: osilgan quloq- lar, qayrilgan dumlar, dog‘li rang paydo bo‘ldi, serpushtlik oshdi, ko‘payishning mavsumiyligi yo‘qoldi. Tulkilarning odamga nisba- tan munosabati o‘zgardi, ularda odamga «bog‘lanish» hissi paydo bo‘ldi. Bularning barchasi aynan itlarga xos xususiyatlardir. Bun- day tanlanish destabilizatsiyalash deb ataladi. Bunday tanlanish- da hayvon fiziologiyasi va biokimyosi o‘zgaradi. Shunday qilib, ko‘rinib turibdi-ki pasaytirilgan agressivlikka yo‘naltirilgan tan- lash xonakilashtiriladigan turga sezilarli ta’sir qilar ekan. Bunda xonakilashtirilgan tulki va itlar boshqa-boshqa urug‘larga mansub bo‘lsa ham (tulki — Vulpes, it — Canis) ularning orasida paral- lellar paydo bo‘ladi. A.D. Poyarkov va boshqalarning (1981) ta’kidlashicha odam- ga nisbatan agressivlikni pasaytirish asosida qo‘llanilgan tanlash ko‘pchilik it zotlarini paydo bo‘lishiga xizmat qilgan. Xonaki it- lar destabilizatsiyalovchi tanlashning yaqqol belgilarini o‘zlarida mujassam etgan bo‘lib, o‘lcham va konstitutsiya bo‘yicha juda o‘zgaruvchan. Mualliflarning fikricha odamga o‘rgatish jara- yonida duragaylashtirish ham katta rol o‘ynagan. Agar shunday bo‘lsa itlar polifinetik guruhga kiradi, ya’ni ular bir nechta aj- dodlardan kelib chiqadi. 1859-yilda Ch. Darvin tabiiy va sun’iy tanlanishlar ta’limotini yaratdi. Tabiatda har doim bir turga oid individlar yashab keta ola- digan va ozuqani topa oladiganlarga nisbatan keragidan ko‘proq tug‘iladi. Bu hayvonlar avlodining bir qismi albatta halok bo‘ladi, ya’ni tabiiy tanlanish amalga oshiriladi. Agarda bir turga oid in- dividlarning hammasi tirik qolganda, ular tez vaqtda yer shari- dagi boshqa hayvonlarni siqib chiqargan bo‘lar edilar. Buning natijasida hayvonlar orasida yashash uchun kurash kechadi, ya’ni ozuqa va yaxshiroq yashash sharoiti uchun konkurensiya kecha- di. Shuning uchun tabiiy tanlanish eng chiroylilarni emas, balki o‘zgarib turadigan sharoitlarga tezroq moslashadiganlarni tanlab oladi, moslasha olmaydiganlar — «yomonlari» avlod qoldirmas- dan o‘ladilar, ya’ni tabiiy tanlanish vujudga keladi (masalan, eski- mos laykasidan tug‘ilgan kalta junli bolasi Alyaskaning og‘ir sha- roitida yashay olmaydi). Aftidan, bu kurashga chiday olmagan hozirgi itlarning ajdodi avval odamning uyiga, keyinchalik esa o‘ziga ham yaqinlashdi. Sun’iy tanlanishni odamning o‘zi amalga oshiradi. Bu tizim- li ravishda odam uchun kerakli belgilar va xossalari mavjud indi- vidlarni saqlab qolish yo‘li bilan yangi hayvon zotlari va o‘simlik navlarini yaratish jarayonidir. Faqat oxirgi 2—3 yuz yilliklarda- gina tanlash maqsadli va doimiy bo‘ldi. Itchilikda tabiiy tanlanish (mahalliy it zotlarini — layka, mahalliy tozi, quvar itlarni urchitish) bilan birgalikda sun’iy tanlanish katta ahamiyat kasb etadi. Sun’iy tanlanish natija- sida 400 dan ziyod it zotlari yaratilgan. Ammo oxirgi yillarda, ko‘p avlodlar mobaynida anatomiyasi va fiziologiyasi aniq sha- roitlarga moslashib kelgan ko‘pchilik it zotlari shaharda yasha- ganligi sababli ularning tuzilishi va konstitutsiyasi ancha kuch- siz bo‘lib qolgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling