Kinologiya indd
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
Itchilikda naslchilik ishlarini tashkil etish omillari. Naslchi- lik ishidagi eng muhim vazifalardan biri mavjud zotlarni yaxshi- lash, yangi zotlar, xillar, tizimlar yaratish dasturini ishlab chiqish va uni bajarish yo‘llarini axtarishdir.
Chunki, mamlakatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yoki islohotlar yangi mulkchilik shakllarini kel- tirib chiqardi. Davlat va nodavlat xo‘jaliklar — it pitomnik- lari, zot bo‘yicha klublar, kinologiya markazlari kabilar pay- do bo‘ldi. Bu xo‘jaliklarni naslli hayvonlar bilan ta’minlash uchun za- monaviy talabga javob beradigan it zotlaridan foydalanish, yangi zotlarni yaratish lozim. Ularning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yuqori nasldor guruhlar, tizimlar va oilalarni yaratish; nasldor erkak hayvonlarni yetishtirish, ularni jinsiy ko‘r- satkichlari bo‘yicha baholash va tanlash, avlodlarning sifatiga qarab baholash, yaxshilovchi deb baholangan naslli erkak hay- vonlardan keng miqyosli seleksiya ishlarida samarali foydala- nish, yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega, iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan yangi zotlar, xillar va guruhlarni yaratish, naslchilik xo‘jaliklari uchun tanlash, juftlash va urchitishning samarali tizi- mini ishlab chiqish va tadbiq qilish; zot bo‘yicha seleksiya-naslchilik ishining istiqbolli rejasini ishlab chiqish; naslchilik zaxiralarini joylashtirish va zotni takomillashti- rishda foydalanish; nasldor yosh hayvonlarni tarbiyalashning qulay usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va boshqalar. Naslchilik ishi deb hayvonlarning sonini ko‘paytirish, xiz- mat itlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va yaxshilash yuza- sidan amalga oshiriladigan zootexnik va tashkiliy tadbirlar tizi- miga aytiladi. Bu tadbirlar davlat va xo‘jaliklar tomonidan olib borila- di. Naslchilik ishini asosan zootexnik seleksionerlar olib boradi. Ularning ish vazifalari quyidagilardan iborat. chorva hayvonlarining naslini yaxshilash; xizmat itlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va naslli yosh hayvonlar yetishtirish bo‘yicha paychilik va zootexnik ish- larini bajarish. Zotlarning sifatini yaxshilash uchun hayvonlarni tanlash va juftlash bilan shug‘ullanadi. Seleksiya-naslchilik rejasining ba- jarilishi, bosh sonini qayta to‘ldirish va nasldor hayvonlarni so- tishni yo‘lga qo‘yadi. Hayvonlarni saralaydi, guruhlarga ajratadi, naslchilik ishining yillik va istiqbolli rejalarini tuzadi. Vete- rinariya-sanitariya rejalarini va profilaktik tadbirlarini tuzishda va ularni bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi. Chorvachilik- ni jadallashtirish, podani qayta to‘ldirish, yosh hayvonlar olishni ko‘paytirishni ilg‘or fan va tajriba yutuqlari asosida tashkil qilish tadbirlarini ishlab chiqadi. Naslchilik hujjatlarini yuritishda hiso- botlar tayyorlaydi, davlat naslchilik kitobiga kiritish uchun huj- jatlar tayyorlaydi. Chorva xodimlari malakasini oshirish ishlarini olib boradi. Lekin shuni aytib o‘tish joiz-ki, kelgusida bu ta’limot oldida muhim vazifalar turibdi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling