Kinologiya indd
ZOT XAQIDA TA’LIMOT, IT ZOTLARI
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
ZOT XAQIDA TA’LIMOT, IT ZOTLARIZot haqida tushunchaZot. Bu inson tomonidan yaratilgan, umumiy kelib chiqqan, xo‘jalikka foydali, avloddan avlodga muntazam o‘tadigan fiziologik va morfologik xususiyatlardan iborat uy hayvonlarining ko‘p son- li guruhi. Zot yaxshi parvarish qilinsa, uni kerakli yo‘nalish bo‘yicha o‘rgatish oson kechadi. Yovvoyi hayvonlar zotlarga bo‘linmaydi. Xonaki hayvon- lar esa zotlarga bo‘linadi. Uy hayvonlarining klassifikatsiyasida zot zootexniyaning tizimli asosi hisoblanadi. Turli-tuman hay- von zotlari insoniyat mehnatining mahsuli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer sharida uy hayvonlarining 2400 ta zoti mavjud. Shun- dan 1000 ta qoramol, 203 ta cho‘chqa, 160 ta qo‘y, 20 ta echki, 250 ta ot, 232 ta parranda, 60 ta quyon, 400 ta it, 12 tasini bug‘u zotlari tashkil qiladi. Birinchi marta zot haqida tushuncha XII asrda kishilar hayvonlarni chatishtirishga kirishgan payti- da paydo bo‘la boshlagan edi. Bu davrda ularning kelib chi- qishining umumiyligiga katta e’tibor berilgan. Olimlar (Zette- gasey, Vilkens, Kronaker, Kryuger va boshqalar) zot haqida har xil tushunchalarni keltirganlar. Masalan, Kryuger: «Zot bu bar- cha irsiy belgilar bo‘yicha bir xil bo‘lgan va irsiy toza hayvonlar guruhidir», – deb yozgan edi. Ch. Darvin: «Zot bu inson mehnati natijasida hosil qilingan hayvon turi bo‘lib, insonning ma’lum talabini qondirishi lozim», degan fikrni olg‘a suradi. Zot deb ma’lum sotsial-iqtisodiy sharoitda inson mehnati tu- fayli yaratilgan, kelib chiqishi, tarixiy rivojlanishi bo‘yicha umu- miy bo‘lgan, bir-biridan xarakterli mahsuldorlik belgisi, tana tuzi- lishi bilan farq qiladigan va o‘z xususiyatlarini avloddan avlodga mustaqil beroladigan butun bir hayvonlar guruhiga aytiladi. Zotning xarakterli belgisi asosan quyidagilardan iborat: kelib chiqishi bo‘yicha umumiylik; u yoki bu tabiiy sharoitda urchitishga moslashgan; ma’lum bir xo‘jalik ishlarida foydali xususiyatga ega bo‘lishlik; mustahkam irsiy belgiga ega bo‘lishlik; f) ma’lum bir bosh songa ega bo‘lish; g) ma’lum bir tarqalish darajasiga ega bo‘lishi kerak. P.N. Kuleshov: «Zot bo‘lish uchun mahsuldorligi bo‘yicha o‘x- shash bir tipli bir necha ming hayvon bo‘lishi kerak va zotning mahsuldorligi yo‘nalishini belgilashi lozim», — deydi. A.S. Serebrovskiy: «Zot bo‘lish uchun 20000 dan kam bosh songa ega bo‘lmasligi kerak», — deydi. D.A. Kislovskiy zot uchun kamida 4500 bosh ona hayvon va 150 naslli erkak hayvon bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Uning ta’kidlashicha, shundagina qarin- doshlararo urchitishga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Hozirgi vaqtda yangi zotning bosh soni haqidagi masala max- sus qo‘llanma asosida olib boriladi. Zotlar ahamiyatiga qarab har xil darajada tarqalgan. Tarqalish darajasiga qarab zotlar 4 ta tip- ga bo‘linadi: Keng tarqalgan zotlar. Bu tip o‘n millionlab bosh songa ega bo‘lib, jahonda keng tarqalgan. Zonalararo tarqalgan zotlar. Bu tipga har xil tuproq iqlim sharoiti va iqtisodiy zonada tarqalgan zotlar kiradi. Bu tipga kiruvchi zotlarning bosh soni keng tarqalgan zotlarga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Ma’lum zonalarga tarqalgan zotlar. Bunga ma’lum bir zo- nada tarqalgan zotlar kiradi. Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan lokal zotlar. Bu zotlar bir viloyat yoki o‘lka miqyosida tarqalgan bo‘ladi. Lokal zotlar keng tarqalmagan va kam sonli bo‘lsada mahalliy sharoitga juda yax- shi moslashgan bo‘ladi. Zot tarixiy kategoriya bo‘lib u abadiy emasdir. Davr talabiga javob bera oladigan zotlar rivojlanadi va javob bera olmaganlari esa yo‘qolib boradi. Zotlarning paydo bo‘lishiga ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari tabiiy-geografik sharoit ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabi- iy-geografik omillardan eng asosiylari tuproq, iqlim, o‘simliklar tarkibi, joyning relyefi hisoblanadi. Shunday qilib, zotlar asosan sotsial-iqtisodiy sharoit ta’sirida vujudga keladi va takomillashadi, ammo bularning hammasi muayyan tabiiy-tarixiy sharoitda yuz beradi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling