Kinologiya indd


I bob. ITLARNING KELIB CHIQISHI VA EVOLUTSIYASI


Download 0.83 Mb.
bet4/15
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Itsimonlar

I bob. ITLARNING KELIB CHIQISHI VA EVOLUTSIYASI

      1. Itlarning yovvoyi ajdodlari


Itlarning uzoq ajdodlari bo‘lib yovvoyi bo‘ri va shaqal (chiyabo‘ri)lar hisoblanadi. Buni bir nechta belgilar isbotlaydi: bi- rinchidan — ayrim zotlar sun’iy tanlash ta’sirida kam o‘zgarganlar va ko‘p xislatlari bilan bo‘rilarni eslatadilar (Yenisey, Chukotka, Kolima va Kanada shimolining laykalari hamda nemis ovchar- kasi); ikkinchidan — serpushtlik va itni bo‘ri yoki shaqal bilan chatishtirishdan hosil bo‘lgan va normal rivojlanadigan duragay- lar; uchinchidan — layka va boshqa it zotlarining skeleti shaqal- nikiga o‘xshashligi; to‘rtinchidan — hozir ham bo‘ri, pesets yoki tulkini osonlikcha qo‘lga o‘rgatish mumkin, shu bilan birga it odamning qarovidan qolsa tezda yovvoyilashib ketadi. Ammo it- larga faqat bo‘ri va shaqallar yaqin bo‘ladi. Giyena, pesets, tulki va brazil itlari uy itlariga o‘xshashliklariga qaramasdan, ularning ajdodlari bo‘lib hisoblanmaydi, chunki ularni it bilan chatishtir- ganda avlod bermaydi.


Arxeologik qazishlar natijalari Osiyo va Yevropa hududlarida qadim zamonda uch tipdagi itlar yashaganligini ko‘rsatadi:

  1. tip torf iti. Uning skeleti faqat torf ichidan topilganligi sababli shunday ataladi. Torf itining bosh chanog‘i shaqalnikiga o‘xshaydi. Bunday itlarning bosh chanog‘i zamonaviy pincher va teryerlarnikini eslatadi. Torf itining avlodlari: russ-fin, nemis va boshqa laykalar hamda pincher, teryer, chau-chau va shpitslar.

  2. tip «Inostransev iti» — professor D.P. Akuchin tomo- nidan taklif qilingan. Bu itning suyaklari Krasnoyarsk, Amur qirg‘oqlari, g‘arbiy Qozog‘iston, Qrim, Smolensk, Abakan atrof- larida topilgan. Inostransev iti torf itidan kattaroq bo‘lib, u 20— 30 ming yil avval qo‘lga o‘rgatilgan. Inostransev itining avlodlari: mo‘g‘ul, kavkaz, o‘rta osiyo, tibet ovcharkalari, nyufaundlend, senbernar, dog, mastif, shimoliy sharq laykalari.

  3. tip «Putyatin iti» — birgina ekzemplari Novgorod gu- berniyasi atrofidan topilgan. Bu itlar Inostransev itiga juda yaqin bo‘lib faqat bosh chanog‘i biroz kalta, tumshug‘i esa uzunroq.

Putyatin itining avlodlari: sharqiy itlar — pariyalar (turli zot metislari), zamonaviy dingo va ayrim laykalar.
Bronza asrida itlarning yangi tipi — bronza iti paydo bo‘lgan. Bunday itlarning bosh skeleti janubda va Sibirda topilgan. Shunisi qiziqarli-ki aynan shu davrda yangi, tamomila boshqacha qo‘ylar zoti paydo bo‘lgan. Bu esa itlardan shu vaqtdan boshlab poda- ni qo‘riqlash uchun foydalanganligini ko‘rsatadi. Bronza itining bosh suyagi hamda Hindiston va Eronda yashagan Hindiston bo‘risining bosh suyagi orasida anatomik o‘xshashlik mavjud.
Bronza itining avlodlari: Yevropadan kelib chiqqan nemis, belgiya, fransuz ovcharkalari, kolli va ayrim laykalar.
Bronza asrining ikkinchi tipi ham bor — kul iti. Uning suyak- lari sadaqa gulxanlarining kulidan topilgan. Bu hol ularning ovchi it bo‘lganligidan dalolat beradi, chunki ov yaxshi bo‘lishi uchun sadaqaga faqat qimmatli narsa keltirilgan. Avlodlari: tozi, iskovuch itlar, taksa va spaniyel.
Tozi itlarning ajdodlari hanuzgacha aniq emas. Ammo tozi- larning vatani Afrika ekanligi hech shubha tug‘dirmaydi, chunki u yerdan ularning ko‘p sonli tasvirlari topilgan.
Laykalar keltirilgan beshta tiplarga kirmaydi. Ularning no- mi lay (ruscha) — hurish so‘zidan kelib chiqqan. Laykalarning bosh suyak tuzilishi har xil tiplarga o‘xshaydi. Barcha laykalarni o‘xshash fe’l-atvori birlashtiradi.
Janubiy Osiyo va Shimoliy Amerikada pariy itlar guruhi mavjud: bu itlar turli zotlarni chatishtirilishidan kelib chiqqan.
Xonakilashtirish va sun’iy tanlash ta’sirida, yillar davomida, itlarning skeleti va muskulaturasi, tana shakli va oliy asab tizimsi yangicha rivojlangan. Tana massasi kattalashgan yoki kichraygan, skeleti mustahkamlashgan yoki aksincha, kuchsizlangan. Shunga qaramasdan bu yagona biologik tur — Canis lupus f.familiaris.

      1. Download 0.83 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling