Kinologiya indd


Zotning asosiy xususiyatlari


Download 0.83 Mb.
bet7/15
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Itsimonlar

Zotning asosiy xususiyatlari


Zot uchun quyidagilar xarakterli xususiyatlar bo‘lib hisobla- nadi:



    1. Kelib chiqishining umumiyligi.

Bir zotga mansub hayvonlar umumiy kelib chiqishga ham ega bo‘ladi. Zot kelib chiqishining umumiyligini ta’minlaydigan sa- bablar quyidagilar hisoblanadi:

  1. tabiiy iqlim va tuproq sharoitining bir xilligi;

  2. oziqlantirish sharoitining bir xilligi;

  1. saqlash sharoitining o‘xshashligi;

  2. o‘xshash belgilar bo‘yicha bo‘g‘inma-bo‘g‘in tanlash ishlari- ning olib borilishi;

  3. maqsadga muvofiq, ya’ni qo‘yilgan talabga javob bergan av- lodlarni nasl uchun qoldirish;

  4. maqsadga yoki talabga javob bermaydigan hayvonlarni hisobdan chiqarish.

Yuqorida sanab o‘tilgan omillar zotning kelib chiqishining umumiyligiga olib keladi.

    1. Bir zotga mansub hayvonlarning o‘xshash bo‘lishi.

Bir zotga mansub hayvonlarning o‘xshash bo‘lishini quyidagi omillar ta’minlaydi:

  1. zot yashagan sharoitning yaqinligi, ya’ni deyarli bir xil sha- roitda urchitilishi;

  2. kelib chiqishning umumiyligi;

  1. urchitish maqsadining bir xilligi;

  2. urchitish usulining bir xilligi; f) zotdagi hayvonlar bosh soni.

Hayvonlar soni ma’lum bosh soniga ega bo‘lganda zot bo‘lishi mumkin. Zotdagi hayvonlar bosh soni yetarli bo‘lganda unda tanlash va juftlash ishlarini keng miqyosda olib borish imkoni- yati yaratiladi.
Akademik M.F. Ivanov yangi zotda kamida 5–6 ta o‘zaro qarindosh bo‘lmagan liniyalar bo‘lishi lozim deb hisoblaydi. Har xil zotga mansub, turli yo‘nalishdagi hayvon zotlari uchun bir xil bosh soni bo‘lishini talab qilish mumkin emas. Chunki, zotda- gi hayvonlar bosh soni birinchi navbatda shu zotning qimmatiga,
ma’lum bir zona sharoitiga moslashganligi, ona hayvonlarning pushtdorligiga, bo‘g‘im almashishi tezligiga, naslli erkak hayvon- larning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Zotdagi hayvonlar bosh soni shu zotning yoshiga, ya’ni eski yoki yangiligiga ham bog‘liq. Yan- gi zotda, eski zotga qaraganda bosh sonining kam bo‘lishi tabi- iy hol hisoblanadi.

  1. Zotning tarqalishi areali. Zotning yetarli maydonga tarqa- lishi zotning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Zotning keng tarqalishi uning har xil iqlim sharoitiga moslashishiga bog‘liq bo‘ladi.

  2. Zotning o‘zgaruvchanligi. Zotning o‘zgaruvchanligi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Chunki, zot butun umri davo- mida talabga javob bera olmasligi ayon. Bu esa seleksiya ahami- yatiga ega.

  3. Zotning konstantligi (belgilarni nasldan-naslga o‘tishi va o‘tkazish turg‘unligi) naslchilik ishlari yordamida ta’minlanadi, chunki bu ishlar avloddan avlodga o‘tgan sari hayvonlarning bir tipdagi sifatlarini to‘play boradi, ayrim individlarning juda yu- qori mahsuldorligini mustahkamlaydi va uni zotning xarakter- li xususiyatiga aylantiradi. Zotning konstantligi eksteryer-kons- titutsiya va mahsuldorlik belgilarini o‘z ichiga oladi. Zotning konstantligi nisbiy xususiyat bo‘lib tanlash va saralash vositasida saqlab turiladi.

  4. Zotning plastikligi (seleksiya yo‘nalishiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchanligi) unga turli sharoitga moslashish imkonini bera- di va bundan keyingi rivojlanish omili xizmatini o‘taydi. Zotning plastikligiga zot ichidagi tiplar sabab bo‘ladi.

  5. Organizmning tashqi sharoit omillari o‘zgarishiga moslashi- shiga iqlimlashtirish deb ataladi. Iqlimlashish bu hayvonning yangi sharoitda normal ko‘payish va yuqori mahsulot berish xu- susiyatidir.

Iqlimlashtirish uzoq jarayon bo‘lib birinchi bo‘g‘ingacha cho‘ziladi. Yangi sharoitda voyaga yetayotgan bo‘g‘inlar oldin- gilariga nisbatan iqlimlashishi ancha yengil kechadi. Bir necha bo‘g‘in davomida hayvonlarning sharoitga moslashib borishiga adaptatsiya deyiladi. Ayrim zotlarda akklimatizatsiya (iqlimla- shish) xususiyati juda sekin kechadi. Ammo bunday zotlar ba’zan
bir necha bo‘g‘indan keyin o‘zlari yashayotgan yangi tashqi muhit sharoitiga juda yaxshi moslashib ketishi mumkin. Nihoyat ba’zi hayvon zotlari o‘z yashash sharoitidan boshqa joy tabiiy sharoi- tiga butunlay iqlimlashmaydi. Natijada biroz vaqtdan keyin zot- ning buzilishi kuzatiladi. Iqlimlashish juda murakkab jarayon- dir. Ammo bu jarayonning yengilroq kechishi uchun hayvonlarni to‘yimli ozuqalar bilan normal oziqlantirish sharoitini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Iqlimlashish xususiyati toza zotli hayvonlarda qiyinroq kecha- di. Aksincha, duragay gibrid hayvonlarda bu jarayon ancha yengil o‘tadi. Hayvon zotlarining iqlimlashishiga oziqlanish va saqlash sharoiti yaratilmagan zotning buzilishi, aynishi kuzatiladi. Bun- da hayvon yangi, butunlay xos bo‘lmagan iqlim sharoitiga tush- gach paydo bo‘la boshlaydi va hayvonlar mahsuldorligi yoki ish- chanligi keskin kamayib, ular primitiv yoki mahalliy zotlarga o‘xshab qoladi. Zotning aynishi konstitutsiyasining zaiflashuvi- da, mahsuldorligi, pushtdorlik ko‘rsatkichlarining keskin pasa- yishida avlodda har xil kamchiliklarning paydo bo‘lishi, jinsiy anomaliyalarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Zotning qashshoqlanishi hayvon organizmining biologik talabi bilan ya- shash sharoitining to‘g‘ri kelmasligi natijasida paydo bo‘ladi. Bun- da hayvon tanasi proporsionalligining buzilishi, eksteryer kam- chiliklarining ko‘payishi hodisalari paydo bo‘ladi. Shunday qilib iqlimlashish davrida hayvon eksteryeri, interyerida, mahsuldor- lik ko‘rsatkichlarida keskin o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Adaptatsiyaning ikki xil turi mavjud:

    1. Genotipik adaptatsiya. Bu adaptatsiya ota-onadan irsiyat natijasida o‘tadi.

    2. Fenotipik adaptatsiya — bu organizmning ontogenez jara- yoni davomida paydo bo‘ladi.

To‘liq yoshdagi hayvonlar yosh hayvonlarga nisbatan yangi sha- roitga yomon iqlimlashadi. Shuningdek, janub sharoitida yashagan hayvonlar sovuq sharoitga (shimolga) yaxshi iqlimlashsa, shimoliy zona hayvonlari issiq iqlimga nisbatan yomon iqlimlashadi. Bun- dan tashqari har xil zotlarning iqlimlashish xususiyatlari har xil bo‘ladi. Bu iqlimlashtirilayotgan hayvon zotining keltirib chiqa- rilgan zona tabiiy-geografik sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling