Kinologiya indd
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Polshada faoliyat ko‘rsatadigan Kinologiya Federatsiyasi- ning a’zosi A. Kerskining ma’lumoti bo‘yicha FCI — Federation Cynologique Internationale — Xalqaro Kinologiya Federatsiyasi dunyoning 34 kinologik tashkilotlarini birlashtiradi. Ular 4 geo- grafik mintaqalar bo‘yicha guruhlanadi:
Yevropa: Avstriya, Belgiya, Chexiya, Slovakiya, Daniya, Is- paniya, Fransiya, Niderlandiya, Yugoslaviya, Monako, Norvegi- ya, Finlandiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Polsha, Germaniya, Ruminiya, Italiya, Shvetsiya, Vengriya, Shveysariya. Amerika va Karib orollari, Argentina, Braziliya, Kolum- biya, Dominikan Respublikasi, Chili, Ekvador, Meksika, Pana- ma, Urugvay, Venesuela, Paragvay. Osiyo: Isroil, Yaponiya. Afrika: Morokko. Boshqa guruh davlatlari ham mavjud — Angliya, Islandiya, Puerto—Riko, Baxreyn, Gonkong, Filippino, Singapur, Ne- pal va JAR. Ular federatsiyaga kirmasa ham beradigan it shaja- ralari federatsiya tomonidan tan olinadi. Shuning uchun bunday shajaralarga ega naslli itlarni qo‘llashda hech qanday muammo- lar bo‘lmaydi. FCI prezidenti har yili birlashma syezdida saylanadi, bir zot- ga mansub yoki bir nechta qarindoshligi mavjud zotlarni birlash- tiradigan itlarni urchitadigan klublar har ikki yilda bir marota- ba yig‘iladilar. Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasida itchilikning rivojlanishi bilan ilmiy asosda shug‘ullanib keladigan olimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar: Poyarkov A.D. — Hayvonlarning evolutsion mor- fologiyasi va ekologiyasi instituti xodimi; Varlakov V.S. — TFA ga qarashli Normal fiziologiya institutining xodimi; Grajdanki- na A.N. — Moskva Zooparkining ilmiy xodimi; Ovsyannikov N.G. — FA ga qarashli IEMEJ ilmiy xodimi; Bogoslovskaya L.S. FA ga qarashli IEMEJ yetakchi ilmiy xodimi va boshqalar. Itchilikning respublikamizda rivojlanishini tahlil qiladigan bo‘lsak diqqat-e’tiborni avvalambor chorva mollari boqiladigan yay- lovlardagi «cho‘pon» itlarga, shuningdek, 1899-yilda «Krasnovodsk Toshkent» va 1905-yilda «Orenburg — Toshkent» yo‘nalishida temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, ya’ni hududimizga itlarni olib kelish imkoniyati yaratilganiga qaratmog‘imiz lozim. Turkistonga dastlab «setter» va «pointer»lar olib kelingan. Toshkentlik keksalar va tarixga qiziquvchi katta yoshli kishilarning so‘zlariga qaraganda, ular asosan ingliz va irland «setter»laridir. Chiroyli «pointer»lar esa Toshkent tipografiyasi boshlig‘i A.O. Por- sevga tegishli bo‘lib, 1908-yilda Turkistonda u dastlabki Ovchilar jamiyatini tashkil etgan. 1911-yilda Toshkentda birinchi itlar ko‘rgazmasida 50 dan or- tiq itlar qatnashgan. Asosiy «Kinologiya» markazlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgan. O‘sha vaqtlarda Turkistonda naslli itlarni ko‘paytirish bo‘yicha alohida ishlar olib borilmagan. Bunday tadbirlar 1927-yildan yo‘lga qo‘yila boshlandi. 1929-yilning may oyida Toshkentda II Umumo‘zbek ov it- lari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. To‘rt yil o‘tgach esa mazkur shahar- da «Осоавиахим» huzurida xizmat itlari klubi tashkil etilib, xizmat va uy itlari bilan shug‘ullanishga kirishilgan. 1968-yilda Toshkent tabiatni muhofaza qilish jamiyati qoshida uy itlari bi- lan qiziquvchilar seksiyasi tashkil etildi. U ancha kengayganli- gi bois, 1982-yilda Toshkent uy itlariga qiziquvchilar jamiyatiga aylantirildi. 1991-yilda «Тошгорохотриболосоюз» va «Toshkent itshunoslar jamiyati»dagi ovchi itshunoslar bo‘limi negizida «O‘zbekiston Kinologiya Federatsiyasi» tashkil topdi. Uning Ni- zomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Federatsiyaning asosiy vazifalaridan biri bu, «O‘rta Osi- yo ovcharkasi» va «Tozi» zotli itlarni asrab qolish va Respublika Xalqaro Kinologiya Federatsiyasiga a’zo (FCI) etishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Federatsiya- ning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Vazirlar Mahkamasi- ning 1993-yil 18-martdagi 143-sonli qarori bilan O‘zbekiston Ki- nologiya Federatsiyasiga Respublika hududida kinologiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yetakchi tashkilot maqomi berildi. Hozirgi kunda esa u Xalqaro Kinologiya Federatsiyasiga a’zodir. Shu bi- lan birga mamlakatimizda itlar bilan shug‘ullanuvchi klublar va tashkilotlar, ya’ni «Vatanparvar», «TOLS» (Toshkent itlarga qizi- quvchilar jamiyati) tashkil topib, ayni paytda ular o‘z faoliyat- larini olib borishmoqda. Bizning yurtimizda ham itlarning o‘ziga xos zotlari mavjud. Ulardan biri «Tozi» deb ataluvchi ovchi itlardir. Ovchilar bir mavsumda shunday zotli itlar yordamida 400 ga yaqin tulki va quyon ovlashlari mumkin. Chunki, ular juda chidamli va ha- rakatchan. Bundan tashqari кespublikamizda «Taygan» va «O‘rta Osiyo ovcharkasi» zotlari ham yaratilgan. «O‘rta Osiyo ovcharkasi» to‘g‘risida so‘z ochilganda, shuni aytib o‘tish kerak-ki, O‘rta Osiyoda shunday zotli itlar bor edi- ki, ular katta qo‘y podalarini yovvoyi hayvonlardan himoya qi- lardi. 1933-yilda «Осоавиахим» ekspeditsiyasi tarkibiga kirgan kinolog-mutaxassislar mazkur itlarni o‘rganib, O‘rta Osiyoda- gi cho‘pon zotdor itlarining eng yaxshi sifatlarini birlashtiruvchi «O‘rta Osiyo ovcharka»larining yagona standart zotini yaratish to‘g‘risidagi fikrni ilgari surdilar. Hozirgi paytda Respublikamiz hududida itlarning 50 ga ya- qin zoti mavjud bo‘lib, ular havaskorlar va davlat tashkilotlari qaramog‘idadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 24-oktabr- dagi 364-sonli qaroriga asosan bojxona va boshqa huquqni muho- faza qilish organlarining kinologiya xizmati faoliyatini takomil- lashtirish maqsadida Milliy kinologiya markazi tashkil etildi va uning vazifalari belgilab olindi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling