Kinologiya indd
Konstitutsiya tiplarining itlar xarakteri bilan bog‘liqligi
Download 0.83 Mb.
|
Itsimonlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinimsiz
- Harakatchan turi (sangvinik)
- Inertli (flegmatik)
- Ta’sirchan turkum (melanxolik)
Konstitutsiya tiplarining itlar xarakteri bilan bog‘liqligiItlarning oliy asab faoliyati turlari ularning kostitutsiyasi, ya’ni hayvonning tana tuzilishi, uni parvarishlash, oziqlantirish va as- rash sharoitlarining ta’siri natijasida tamomila shakllanadi va nasldan-naslga meros bo‘lib qoladi. Shundan kelib chiqqan holda itlarda quyidagi oliy asab faoliyati turlari farqlanadi. Tinimsiz (xolerik) turi — bu tur o‘zini-o‘zi to‘xtata olmaydigan, juda jahldor, nerv jarayoni harakatchan, kechayotgan hodisaga o‘zini to‘xtatib tura olmaydi. Hidni sezish qobiliyati past am- mo sharpani tez sezadi, shuning uchun bunday itlardan qoro- vullik joylarida foydalansa bo‘ladi. O‘rgatishda bu turdagi itlar uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, lekin yaxshi o‘rgatilsa, bu itlar ko‘p harakatchan bo‘lib, charchamaydigan, yaxshi xizmat qila- digan itlar turkumiga kiradi. Bu turkumdagi itlar o‘ziga xos xa- rakterda bo‘lgani uchun va asab tizimi yomonligi sababli ko‘proq asab kasalligiga duchor bo‘ladilar. Harakatchan turi (sangvinik) — bu turdagi itlarning asab tizim- lari kuchli, muvozanatli, tez harakatchan, atrof-muhit ta’sirlarini oddiy darajada sezadi, yaxshi muomalali, refleksi ijobiy, buyruq- ni bajarishga yaxshi o‘rganadi, hid sezishi yaxshi. Bu turdagi it- larni o‘rgatish oson. Inertli (flegmatik) — asab tizimi kuchli, muvozanatli, lekin harakatsiz va yalqov itlar guruhidir. Ijobiy va tormoz reflekslari asta-sekin ishlab chiqiladi, ammo ko‘p vaqt yo‘qotmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan itlardagidek ularning ham asab tizimi kuchli hisoblanadi, shu turga kiruvchi itlar kuchli, chidamli, asab tizimi va mehnatsevarligi bilan boshqalardan farq qiladi. Ta’sirchan turkum (melanxolik) — asab tizimi kuchsiz, ayniqsa qo‘zg‘alishi, harakatga kelishi va muvozanatsizligi, shartli refleks- lari kechikib ishlaydi, qisman atrof-muhitdan ta’sirlanishi tufayli tormozlanish hosil bo‘ladi. Bu turdagi itlar ko‘proq qo‘rqoqlikka duch keladi, bu hol itni yoshligida noto‘g‘ri tarbiyalanishidan kelib chiqadi. Asab tizimi kuchsiz bo‘lgan itlarga biron narsani o‘rgatish naf bermaydi. Ular tezda kasallik (nevroz)ka duchor bo‘ladilar. Shartli tormozlanish reflekslarini yoki boshqa muhim buyruqlar- ni bajarish ko‘nikmasini bunday itlarga juda ehtiyotkorlik bi- lan, pog‘onama-pog‘ona, asta-sekin ishlab chiqish kerak. Jumla- dan, narsani topish, iz yoki yukni, hid orqali odamni topish kabi mashqlar o‘tkazib turilishi kerak. Masalan, bir ko‘nikmani o‘rgatish uchun it har doim o‘rgatuvchining chap oyog‘i oldida, to o‘rgatuvchi «Aport» degan buyruqni bergunga qadar turishi kerak. O‘rgatuvchi biror-bir nar- sani irg‘itsa, it shuni ko‘rib buyruqqa asosan aynan shu narsani olib kelib, o‘rgatuvchiga berishi kerak. Tajribasiz o‘rgatuvchi bu turdagi itga nisbatan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Masalan, o‘rgatuvchi itga yo‘qolgan narsani yoki izi orqali hid- lab odamni topib kelishni buyuradi. It bir-ikki marta to‘g‘ri topib keladi. Lekin o‘rgatuvchi yana uch-to‘rt marta itga shu vazifa- ni ketma-ket buyuraveradi. It keyingi safarda biroz xatoga yo‘l qo‘ysa bu o‘rgatuvchining xatosi bo‘lishi mumkin. Itga birdaniga ko‘p ish buyurish juda xato ish, asta-sekin, oz-ozdan, chegara- langan holda ish tutish lozim. Bosh miyadagi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining orasidagi munosabatlar oliy asab faoliyati turlarining bo‘linishiga asosdir (1-jadval). Ushbu jarayonlarning kuchi. Bosiqlik: Q>T; QT; QT; Q Harakatchanlik (tezlik bilan yoki sekin bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tishi). 1-jadval. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling