Kinologiya indd


Itlarning konstitutsiyasi haqida tushuncha


Download 0.83 Mb.
bet12/15
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Itsimonlar

Itlarning konstitutsiyasi haqida tushuncha


Tana tuzilishi (konstitutsiya) — organizmning nasl qoldiruv- chanlik va individual rivojlanishiga sabab bo‘ladigan anatomik va fiziologik xususiyatlarning yig‘indisi konstitutsiya deb atala- di. Hayvonning tana tuzilishi uni parvarishlash, oziqlantirish va asrash sharoitlarining ta’siri natijasida tamomila shakllanadi va nasldan-naslga meros bo‘lib qoladi. Shuningdek, iqlim sharoit- lari, itlardan foydalanish xususiyatlari ham o‘z navbatida hayvon tashqi tuzilishining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, tog‘larda tarqalgan kavkaz itlari aslida semiz va dag‘al bo‘lib tog‘larga tu- tash bo‘lgan dasht va cho‘l hududlarida ancha ozg‘in va bo‘sh holatga o‘zgargan. Bundan tashqari, har bir zot vakillari ichida yirik, xomsemiz, qo‘pol jussali hamda epchil, bo‘sh, oriq va nozik qomatli itlarni uchratish mumkin.
Itlarni ko‘plab kuzatishlar asosida professorlar M.F. Ivanov va
P.I. Kuleshov tomonidan hayvonlarning tana tuzilishi turlarining tasnifi ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: xomse- miz, dag‘al, nozik, pishiq va mustahkam.
Xomsemiz tipli tana tuzilishi — hosil qilinuvchi reflekslarning sustligi, tana muskullarining go‘shtdorligi, yaxshi rivojlangan va namxush labli hamda keng va past boshliligi bilan tavsiflanadi. Ularning bo‘yni ko‘p hollarda salmoqdor, keng ko‘krakli, qorni osilgan, harakatlari sust va sekin, terisi burmali, ya’ni silliq emas. Bunday itlar asosan semirishga moyil bo‘ladi. Tananing tukla- nishi dag‘al jun va tivitlardan tashkil topgan. Oyoq bo‘g‘imlari bo‘sh. Tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan us- tun bo‘ladi (senbernarlar — juni uzun, yirik va baquvvat itlar).
Dag‘al tipli tana tuzilishi — tormozlanish jarayoni va qo‘zg‘alish jarayonlari o‘zaro muvozanatlashgan bo‘ladi. Bu tipdagi itlarning muskullari va suyaklari salmoqdor, boshi to‘mtoq tumshuqli, lab- lari qalin va quruq, bo‘yni kalta, ko‘kragi keng, qorni sezilar- sezilmas tortilgan, oyoqlari kalta boldirli, terisi qalin va tarang tortilgan, bo‘yin qismidagi terilari esa burmalangan. Tuk qoplami dag‘al bo‘lib, yaxshi rivojlangan jun va tig‘iz tivitlardan iborat.
Dag‘al tipli itlar chidamliligi va tez moslashuvchanligi bi- lan tavsiflanadi (Kavkaz, O‘rta Osiyo ovcharkalari va Shimoliy Sharqning chanaga qo‘shiluvchi layka itlari va boshqalar).

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling