Kinologiya indd


Download 0.83 Mb.
bet11/15
Sana17.12.2022
Hajmi0.83 Mb.
#1025272
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Itsimonlar

It zotlari


Hozirgi davrda ayrim xabarlarga ko‘ra yer sharida taxmi- nan 500 mln it hisobga olingan. Shulardan 100 mln itlar bezatki (декоратив) deb hisoblanadi.
Bu itlarning hammasi 400 zotdan ortiqni tashkil etadi. Xalqaro Kinologiya Federatsiyasi (FCI) tartibi bo‘yicha har bir zotga o‘zining standarti mavjud.
Olti ming yil ilgari itlar xonakilashtirilgan, ushbu jarayon Shveysariyaning torf itlari xonakilashtirilishi bilan boshlanadi.
Qadimdan itlarning quyidagi asosiy guruhlari bo‘lgan: cho‘pon itlar — ovcharka, tozi itlar, tozisimon iskovuch itlar, taksalar, dogsimon — qadimgi assiriya dogi, mastif, pekines, yapon xin tu- ridagi mayda itlar.
Hozirgi kunda Xalqaro Kinologiya Federatsiyasi tomonidan itlarning zotlari 10 guruhga bo‘linadi. Bular 1-guruh — cho‘pon itlari; 2-guruh — molosslar; 3-guruh — teryerlar, 4-guruh — tak- salar; 5-guruh — shpitslar; 6-guruh — quvar itlari; 7-guruh — tozisimon iskovuch itlar; 8-guruh — retriver, spaniyellar; 9-guruh

  • bezatki itlar; 10-guruh — tozilar. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerak- ki rus spaniyeli zoti Xalqaro Kinologiya Federatsiyasi tomonidan tan olinmagan.

Itlarni foydalanuvchi guruhdan dekorativ guruhga o‘tish mi- soli: 1870-yilda Shveysariya Alp tog‘larida joylashgan Avliyo Bernar monastirida monaxlar tog‘larda qor tagida qolib ketgan odamlarni topishda yordam beradigan kuchli itlarni yaratishdi. Monastirning nomidan bu itlar zotiga «Senbernar» degan nom berishdi. Havo buzilganda monarxlar itlarni odamlarni izlash- ga chiqarib yuborishar edi. Itlarning beliga ikkita issiq ko‘rpa va idishda rom boylanar edi. Itlar tog‘ yo‘laklarining har bir metrini hidlab, to‘rt metr qorning tagida qolib ketgan odamni topib olishar edi. Kuchli oyoqlari bilan qorni kovlab, topilgan odamlarning yuzini tili bilan yalab, keyin shu odamning yoniga yotib uni o‘z badani bilan isitar edi. Odam hushiga kelganidan keyin, it odamning yoniga shunday moslashar ediki, belidan ko‘rpa va romni olishga qulaylik yaratar edi. Agarda odam shu- lardan ham foydalana olmasa it monastirga qaytib monaxlar- ni shu joyga olib kelar edi. Tarixda «Barri» laqabli «Senbernar» zotli itlari to‘g‘risida aytib beriladi. U o‘zining umri mobayni- da 40 ta odamning umrini asrab qolgan. Hozirgi davrda «Sen- bernar» zotli itlar xizmatda yo‘q va yillar o‘tib o‘zining ish si- fatlarini yo‘qotishgan va shu bilan «Senbernar»lar dekorativ it guruhiga o‘tkazildi. Xuddi shunday «Pudel» fransuz zotli iti o‘zining ovchi sifatlarini yo‘qotib, ovchi it guruhidan dekorativ itlar guruhiga o‘tkazildi.

O‘rta Osiyo ovcharkalari.



Kavkaz ovcharkalari.

Lobradorlar.


Nemis ovcharkasi.



Koker spaniyellar.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling