Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil



Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo‘lishi kerak 
15.01.2017 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor 
yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan 
Vazirlar 
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 
Hurmatli 
majlis 
ishtirokchilari!
Mana, 
2016-yil 
yakuniga 
yetdi.
Bu yil O‘zbekiston va uning xalqi uchun ko‘p jihatdan murakkab yil bo‘ldi. 
Oxirgi besh oyda yuz bergan voqealar buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Yurtimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi va O‘zbekiston Konstitutsiyasining 
24-yilligiga 
bag‘ishlangan 
bayram 
tadbirlari 
davlatimiz 
tizimi 
mustahkamligini, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, jamiyatimiz va 
xalqimizning jipsligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etdi.
Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov 
bugun oramizda yo‘q. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab 
chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy 
davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo 
suyanamiz.
Bu tamoyillar O‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
o‘zgarishlarni 
ta’minlashning 
mustahkam 
poydevori 
hisoblanadi.
2017-yilni biz Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon 
qildik. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib 
chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Shu munosabat bilan sizlarning 


e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb 
hisoblayman.
Birinchidan, nima sababdan o‘tgan yilda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni 
rivojlantirishning ayrim ko‘rsatkichlariga erishilmadi? Buning uchun kim 
shaxsan 
javob 
beradi?
Ikkinchidan, 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilab olishimiz zarur.
Uchinchidan, kelgusi besh yil davomida qanday strategik vazifalarni amalga 
oshirishimiz 
kerak?
Majlis ishtirokchilarini ogohlantirib aytmoqchiman: «g‘alaba raportlari» va 
qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud 
kamchiliklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarur. 
Shuningdek, mamlakat Prezidenti va hukumati darajasida yechiladigan aniq 
takliflar 
va 
muammoli 
masalalarga 
e’tibor 
berish 
shart.
Majlisni asosan muloqot tarzida o‘tkazishni taklif etaman. Qo‘yilgan 
savollarga beriladigan javoblar aniq-ravshan va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu 
nafaqat Bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari va shu zalda o‘tirgan majlis 
ishtirokchilariga, balki barcha shahar va tuman rahbarlariga ham birdek 
tegishlidir.
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini 
tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish 
bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va 
sifatini 
ta’minlashdir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling