Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Moliya vazirligi, uning tarkibiy tuzilmalari va apparatining ish yuritish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

Moliya vazirligi, uning tarkibiy tuzilmalari va apparatining ish yuritish 
shakli 
va 
usullariga 
alohida 
e’tibor 
qaratish 
zarur.
 
Hukumatning aksariyat topshiriqlari belgilangan muddatlarni qo‘pol 
ravishda buzgan holda bajarilmoqda, ish sifati ham aksariyat holatlarda 
oqsamoqda. Shunga qaramasdan, bu tuzilmalar rahbarlarining o‘ziga 
bo‘lgan 
ishonchi 
osmon 
qadar 
baland.
 
Nima uchun boshqa idoralar rahbarlari davlatning aniq muammolarini 
hal etish bo‘yicha malakali tavsiya olish o‘rniga, doimo qog‘ozbozlik va 
sansalorlik holatlari, shuningdek, ayrim vazir o‘rinbosarlarining baland 
dimog‘ligi 
va 
qaysarligi 
bilan 
to‘qnashishi 
kerak?
 
Nihoyat, nima sababdan ba’zan inson qadr-qimmati yerga uriladi, bunga 
kim huquq bergan?! Nima uchun Bosh vazir o‘rinbosari yoki hukumat 
a’zosi qabulxonada soatlab kutib o‘tirishi kerak? Nima uchun Vazirlar 
Mahkamasining tarmoq departamenti mudiri jiddiy masalalar bo‘yicha 
yuzaki prezentatsiya o‘tkazilishini kunlab va haftalab kutadi, keyin esa 
hujjat qayta ishlashga qaytariladi? Va nima sababdan bu jarayonlarning 
barchasini shtatdagi yordamchi emas, balki chalasavod va beandisha 
qabulxona 
inspektori 
belgilaydi?
O‘ylaymanki, ana shu oddiy bo‘lmagan va muhim savollarga aniq va ravshan 
javob topish vaqti keldi. Shu munosabat bilan Bosh vazir A.Aripovga va yangi 
vazir B.Xo‘jayevga bir oy muddatda Moliya vazirligining tashkiliy tuzilmasi, 
uning vazifa va funksiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq 
takliflar 
kiritish 
topshiriladi.
Kadrlar bilan ishlash holatini ham tanqidiy tahlil qilish zarur. O‘ylaymanki, 
moliya organlarining butun tizimidagi rahbar va xodimlarni attestatsiyadan 
o‘tkazish 
kerak.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling