Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Shuning uchun viloyat hokimlari har chorak yakuniga ko‘ra tijorat


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

Shuning uchun viloyat hokimlari har chorak yakuniga ko‘ra tijorat 
banklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo‘yicha 
ishlarning qanday ahvolda ekani to‘g‘risida shaxsan Prezidentga 
axborotnoma kiritadi. Buni Davlat maslahatchisi U.Ismoilov alohida 
nazoratga 
olsin.  


Yuqorida zikr etilgan masalalarning barchasi Iqtisodiyot vazirligi va uning 
rahbariyati 
vazifasiga 
kirmaydimi?
«Biz ishlab chiqdik va tasdiqladik, endi sizlar amalga oshirish va natija uchun 
javob berishga majbursiz» degan kayfiyat bilan yashab, uni odat qilib olish 
mumkin emas. «Bizning qarorimiz – eng yuqori bosqichdagi haqiqat va 
qonun» degan yaroqsiz, qo‘shtirnoq ichidagi “prinsip”ga asossiz ravishda 
tayanish 
va 
amal 
qilish 
mumkin 
emas.
Shu munosabat bilan Bosh vazir A.Aripovdan vazirlikning butun tizimini 
qayta tashkil etishni ta’minlaydigan hujjatlar to‘plamini ishlab chiqishni va 
taqdim etishni tezlashtirishni so‘rayman. Bunda uning tarkibiy tuzilmasiga 
hokimliklarning tugatilgan Yig‘ma boshqarmalari va iqtisodiyot bo‘limlarini 
kiritishni 
nazarda 
tutish 
kerak.
Biroq, eng asosiysi – Iqtisodiyot vazirligining vazifa va funksiyalarini tubdan 
qayta ko‘rib chiqish zarur. Bunda ushbu tashkilotning eng muhim vazifasi 
sifatida vazirlik, uning rahbariyati, jumladan, shaxsan vazirning yakuniy 
natijalar, shuningdek, taklif etilayotgan konsepsiyalar, dasturlar va ular 
bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari uchun 
javobgarligi belgilanishi lozim. Hukumat ushbu taklifning huquqiy 
asoslarini Qonunchilik palatasi va Senat bilan birga puxta o‘rganib 
chiqsin.
Soliq-byudjet 
siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy 
majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik 
investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni 
moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, 
avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan 
belgilanadi.
Majlisimiz ishtirokchilariga murojaat qilar ekanman, quyidagi savollarni 
berishni zarur, deb hisoblayman. Ushbu masalalar qay darajada samarali hal 
etilmoqda?
Nima sababdan Moliya vazirligining nizomi 1992-yilda tasdiqlangan bo‘lsa-
da, 25-yildan buyon asosiy vazifa va funksiyalari tubdan qayta ko‘rib 
chiqilmagan? Axir, islohotlar vazirlik va uning rahbarlariga taalluqli emasmi? 
Nima sababdan vazirlik o‘ziga yuklatilgan eng muhim vazifalarni samarali 
bajarishni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy barqarorligini 
mustahkamlashni ta’minlamayapti? Axir, vazirlik tarkibida 16 mingdan ortiq 


xodim ishlaydi, haddan tashqari kengayib ketgan markaziy apparat, hududiy 
organlar, G‘aznachilik, Nazorat-taftish boshqarmasi, Pensiya jamg‘armasi va 
yana 4 ta maxsus jamg‘arma mavjud. Ularni saqlash uchun byudjetdan har yili 
350 
milliard 
so‘m 
xarajat 
qilinadi.
Eng muhim dasturlar, loyiha va vazifalar bo‘yicha qabul qilingan ayrim 
qarorlar yoki umuman real moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan, 
yoki qoldiq prinsipi bo‘yicha moliyalashtiriladi. Nima sababdan to‘lov 
intizomi 
oqsayapti?
Jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 11 trillion so‘mi yoki 60 foizi 
oxirgi 
3-yil 
mobaynida 
cho‘zilib 
kelyapti.
Nima uchun ushbu muammo bilan Muddati o‘tgan qarzdorlikni qisqartirish 
komissiyasiga boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy 
shug‘ullanmayapti?

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling