Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


ko‘ra Orolbo‘yi muammolarini hal etish bo‘yicha kompleks dasturni


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

ko‘ra Orolbo‘yi muammolarini hal etish bo‘yicha kompleks dasturni 
qaytarishga majbur bo‘ldim. Bu kabi xatoliklar takrorlanmasligi shart;  


ikkinchidan, 14 ta hududda saylovchilar bilan uchrashuvda ko‘tarilgan yirik 
muammoli masalalarni hal etishga doir qarorlar loyihalarini ishlab chiqishni 
yaqin 
vaqt 
ichida 
yakunlash 
va 
taqdim 
etish 
zarur;
uchinchidan, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan 12 ta ijtimoiy va infratuzilma 
dasturini amalda bajarish. Shundan 8 ta dastur tasdiqlangan. Yaqin vaqt ichida 
transport va savdo xizmatini yaxshilash, avtomobil yo‘llarini va ichimlik suv 
ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plamini qayta 
ishlab 
chiqib, 
taqdim 
etish 
kerak.
Kun tartibida Uy-joy va kommunal xizmat vazirligini tashkil etish masalasi 
ham turibdi. Ana shu loyihalarni tasdiqlash jarayoni siz tomoningizdan asossiz 
ravishda 
cho‘zib 
yuborildi;
to‘rtinchidan, mamlakatimiz hududlariga salmoqli investitsiyalarni kiritishga 
doir muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shu sababli tajriba loyihasi 
tariqasida Milliy bank misolida quyidagi tizimni joriy etish bo‘yicha taklif 
kiritaman.
Bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan 
moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi 
kerak. Bank rahbari S.Rahimov bugun o‘z takliflarini berishi lozim.
Bundan tashqari, kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muhim vazifalar bor. 
Ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta 
tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital 
qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, 
loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalari 
bor.
Ayrim faktlarni keltirmoqchiman. Shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha 
bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz 
qolgan. 2012-2015-yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shahar va posyolkaning bosh 
rejalari 
haligacha 
tasdiqlanmagan.
Qo‘mita rahbariyati bundan 3-yil avval tuman arxitektorlari faoliyatini 
takomillashtirish bo‘yicha kengashlar tashkil etish, ularning moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash va ularga “Damas” avtomobillari ajratish bo‘yicha 
berilgan 
topshiriqlar 
ijrosi 
ustidan 
nazoratni 
ta’minlamadi.
Litsenziyaga ega bo‘lgan 850 ta loyiha tashkilotlarining atigi 147 tasi yoki 17 


foizi mamlakatimiz miqyosidagi investitsiya dasturlarini amalga oshirishga 
jalb 
etilgan.
Ochiq tan olishimiz kerak, bizning eng jiddiy kamchiliklarimizdan biri – 
zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligidir. 
Ularning moddiy-texnik bazasi o‘tgan asrning 80-yillari darajasida qolib 
ketgan. Ular tomonidan axborot texnologiyalarini, zamonaviy ilm-fan, 
arxitektura va dizayn yutuqlarini qo‘llash darajasi haqida gapirmasa ham 
bo‘ladi.
Shu sababli hayotning o‘zi har bir viloyatda bir-ikkita zamonaviy loyiha 
institutini 
tashkil 
etishni 
talab 
etmoqda.
Davlat mablag‘lari va resurslari talon-taroj qilinmoqda. O‘tgan yili 
inspeksiyalar tomonidan pudrat ishlari hajmi 4 milliard 700 million so‘mga 
kamaytirilgan. 24 mingta loyiha ekspertizadan o‘tkazilganida ularning narxi 1 
trillion 
500 
milliard 
so‘mga 
kamaytirilgan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling