Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik
Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Tanqidiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot
- Shuningdek, kompleks tarkibidagi har bir boshqaruv organi rahbariga jiddiy va aniq baho berishni so‘rayman.
Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini
topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu o‘rinda asosiy muammo, mening nazarimda, quyidagilardan iborat. Birinchidan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda. Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo‘l qo‘yilmoqda. Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq. Shuning uchun bugun Bosh vazir o‘rinbosarlaridan o‘zlariga qarashli vazirlik va idoralarning advokati bo‘lib emas, balki eng avvalo, davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ana shu savollarga g‘oyat aniq va ravshan javob berishni talab qilaman. Shuningdek, kompleks tarkibidagi har bir boshqaruv organi rahbariga jiddiy va aniq baho berishni so‘rayman. Barqaror iqtisodiy rivojlanish poydevori bo‘lgan tayanch tarmoqlardagi ishlarimiz qay ahvolda? Davlat tomonidan bu tarmoqlar doimo qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa-da, nima sababdan izchil va barqaror o‘sish ta’minlanmayapti? Va nihoyat, nima sababdan tajribali kompleks rahbari G‘.Ibragimov tomonidan samarali boshqaruv jilovi qo‘ldan chiqarib yuborilgan? Aniq dalillarga murojaat qilaylik. «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida – A.Sultonov – 2010-2016-yillarda qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital qo‘yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq uglevodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygan. Shu bilan birga, bu borada xomashyo import qilish 1,3 barobar ko‘paygan. Yirik va hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish muddatlari doimo barbod qilinmoqda. 40 ming kishi ishlaydigan «O‘ztransgaz» kompaniyasi tizimida muddati o‘tgan debitor qarzdorlik 14 foizga oshgan. Nima sababdan, G‘ulom Inomovich, siz ilgari o‘zingiz rahbarlik qilgan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ishlar ahvoliga sustkashlik bilan yondashyapsiz? Nima sababdan ushbu tarmoqdagi ishlar doimiy ravishda izdan chiqmoqda? Qishloq xo‘jaligiga fosforli o‘g‘itlarni to‘liq yetkazib bermaslik va ularning tanqisligi uchun shaxsan kim javob beradi? Oxirgi 10- yilda mineral o‘g‘itlarning narxi necha barobar o‘sgan? Tabiiy savol tug‘iladi: o‘g‘itning tannarxi necha marta kamaygan? Afsuski, bunday haqli savollarga javob yo‘q. Bundan kim zarar ko‘ryapti? Albatta, dehqon va fermerlarimiz. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida 67 ming kishi, jumladan, qo‘shtirnoq ichidagi «pul yig‘uvchi»lar mavjud bo‘lsa-da, nima sababdan ulkan debitor qarzdorlikning tagiga yetib bo‘lmaydi? Ko‘mir qazib olish tarmog‘i, ta’bir joiz bo‘lsa, «yonboshlaganicha yotibdi». Sizga uch yil oldin xodimlar shtati haddan tashqari kengayib ketgan, jumladan, qarindoshchilik asosida ishga olish va juda yuqori ish haqi belgilash avj olgan o‘nlab loyiha guruhlari faoliyatini puxta o‘rganib chiqib, tartibga solish topshirilgan edi. Nima uchun topshiriqni oxirigacha bajarmadingiz? Siz va sizga bo‘ysunuvchi rahbarlardan bugun ana shu savollarga javob berishingizni talab qilaman. Shu bilan birga, birinchi yarim yilda asosiy e’tiborni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratish zarur: birinchi – Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha yaqinda tasdiqlangan dasturni so‘zsiz amalga oshirish uchun Q.Sanaqulov va A.Farmonovning shaxsiy javobgarligini ta’minlash shart. Bir-ikki foiz miqdordagi o‘sish sur’atlari bilan chegaralanib qolish mumkin emas. Shu munosabat bilan G‘.Ibragimov qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi fabrikalar qurishga doir topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni tezlashtirishi zarur; ikkinchi – nafaqat joriy yilda, balki yaqin 3-5-yilda foydalanishga topshiriladigan barcha strategik muhim obyektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish darkor; uchinchi – neft-gaz mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish zarur. Keyingi 10-yilda Vazirlar Mahkamasi komplekslariga qarashli vazirlik va idoralar tomonidan olib kirilgan asbob-uskunalar importi tahlil qilinmagan. Ularni mahalliylashtirishdan hech kim manfaatdor emas, bu masala bilan hech kim astoydil shug‘ullanmayapti. Bunday yondashuv zamirida nima yotibdi, degan haqli savol tug‘iladi. Shuning uchun bundan buyon Vazirlar Mahkamasining har chorak yakuni bo‘yicha majlislaridan oldin alohida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ularda har qaysi Bosh vazir o‘rinbosarining importni va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish borasidagi ishlarning ahvoli to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi. Ularning faoliyatiga xolisona baho beriladi. Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi, shuningdek, uning rahbari I.To‘ramuratov faoliyati samaradorligi alohida e’tiborni talab qiladi. Yaqin vaqt ichida 2017- 2021-yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va tiklash dasturi loyihasini taqdim etish zarur. Bosh vazir o‘rinbosari U.Rozuqulov rahbarlik qilayotgan Mashinasozlik kompleksida yuzaga kelgan ahvol bizni jiddiy tashvishlantirmoqda. Eng avvalo, siz rahbarlik qilayotgan avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan. Bu nafaqat sanoat mahsuloti o‘sish sur’atiga, balki mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohada import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda. Butun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimini tubdan qayta qurish ta’minlanmagan. Bu tizim o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va fermer xo‘jaliklari mehnatini yengillashtirishning mustahkam poydevori, ayni vaqtda mamlakatimiz valyuta balansini to‘ldirish bo‘yicha kafolatlangan manba bo‘lishi kerak edi. Oxirgi yillarda shaxsan siz kadrlar bilan ishlashni bo‘shashtirib yubordingiz. Sizning taklifingizga ko‘ra «O‘zeltexsanoat» kompaniyasi rahbari etib E.Iminov tayinlangan edi. Biroq uning ish natijalari va butun tarmoqdagi ahvol qanday? Ko‘pgina investitsiya loyihalarini ishlab chiqish cho‘zib yuborilmoqda. Ichki bozorimizning ko‘plab tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji 50 foiz darajasida ham qondirilmayapti. Eksport bo‘yicha topshiriqlar barbod qilingan. Siz va kompaniya raisi xorijiy investitsiya va zamonaviy uskuna olib kelib, zamonaviy raqobatdosh ishlab chiqarish korxonalari tashkil etganingizni men eslay olmayman ham. Siz xususiy tadbirkorlarning o‘zi tashabbus ko‘rsatayotganidan qanoatlanib yuribsiz. Tarmoqda esa haligacha zarur siljish yo‘q. Siz tomoningizdan «O‘zstandart» agentligi rahbarligiga tavsiya qilingan A.Qurbonov nomzodi va unga nisbatan talabchanlik ko‘rsatilmagani tufayli sohada aniq ish va yakuniy natija bo‘lmadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining 21 ming standartidan atigi 13 foizi mamlakatimizda joriy etilgan, xolos. Shuning uchun ham sizdan va tarmoq rahbarlaridan bugun quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berishingizni talab qilaman: birinchi – avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, uning mahsulotlari raqobatdoshligini, eng avvalo, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bozorlarida oshirish bo‘yicha prinsipial jihatdan yangi tizim zarur. Bu borada men «otvertka bilan mashina yig‘ish» emas, balki asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va importni qisqartirishni nazarda tutyapman; ikkinchi – aholi uchun maqbul narxda turli maishiy elektr texnika buyumlarini ishlab chiqarishni ta’minlashimiz kerak; uchinchi – o‘tgan yili biz «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qildik. Savol: ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish va bu o‘ta muhim tarmoqning barqaror ish yuritishini ta’minlash bo‘yicha siz tomoningizdan qanday aniq chora-tadbirlar ko‘riladi? to‘rtinchi – butun standartlashtirish tizimini tubdan qayta qurish kerak. Bundan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar zamonaviy xalqaro standartlarga javob berishi lozim. Siz va Bosh vazirning boshqa o‘rinbosarlari uchun mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017-yilda so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur. Bu o‘rinda gap faqat eksport hajmining o‘sish ko‘rsatkichlari haqida borayotgani yo‘q. Kun tartibida o‘ta jiddiy masalalar turibdi. Bular – mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning raqobatdoshligini ta’minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Bizda ulkan rezervlar bor. Lekin shunga qaramasdan, o‘tgan yili jami 1 milliard 540 million dollarlik prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmay qoldi. Shundan 570 million dollari Vazirlar Mahkamasi komplekslariga qarashli korxonalarga to‘g‘ri keladi. 970 million dollar miqdoridagi ko‘rsatkichlar esa hududlardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilmagan. Bizning mahsulotimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 2010-yilga nisbatan 176 tadan 138 taga kamaygan. Ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O‘zfarmsanoat» konserni va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport hajmidan o‘nlab marta ko‘p. «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30 foizdan oshmaydi. Nima sababdan siz ushbu muhim vazifadan o‘zini chetga olayotgan va prognoz ko‘rsatkichi atigi 42 foizni tashkil etgan Toshkent shahri hokimi R.Usmonov va tumanlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini belgilash bo‘yicha aniq takliflar kiritmayapsiz? Yoki Sh.Abdurahmonov, Z.Ro‘ziyev, Sh.G‘aniyev kabi tajribali hokimlar rahbarlik qilayotgan Andijon, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida prognoz ko‘rsatkichlari atigi 65-85 foiz bajarilganini qanday tushunish mumkin? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling