Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik
Download 0,53 Mb. Pdf ko'rish
|
Tanqidiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaqinda shu sabablarga
qo‘zg‘atilgan. Sog‘liqni saqlash xodimlari bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan
uchrashuvda tug‘ruqxonalardagi ta’magirlik bilan bog‘liq salbiy holatlar to‘g‘risida sizga va tizim rahbarlariga alohida aytgan edim; beshinchidan, siz nima sababdan ekologiyaning jiddiy muammolari bilan yetarlicha shug‘ullanmayapsiz? Axir, bu soha odamlarning sog‘ligiga va mamlakatimizdagi epidemiologik holatga ta’sir qilmaydimi? oltinchidan, shaxsan siz va «Dori-darmon» kompaniyasi rahbari A.Komilov nima sababdan dorixonalar tarmog‘idagi jiddiy kamchiliklarga panja orasidan qarab, ularni bartaraf etish uchun ta’sirchan choralarni ko‘rmayapsiz? Axir, bu sohada qimmat dorilarning 45 foizini import dorilar, buning ustiga, narxi haddan tashqari oshirib yuborilgan dorilar tashkil etadi. Adham Ilhomovich, siz rahbarlik qilayotgan kompleksning yana bir muhim tarmog‘i – jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan bog‘liq. Albatta, bu sohada, ayniqsa, oliy mahorat sporti borasida keyingi yillarda muayyan yutuqlarimiz bor. Biz ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Lekin oxirgi Olimpiadada faqatgina og‘ir atletika, boks, kurash va dzyudo bo‘yicha sovrinli o‘rinlar egallandi. Buning sababi nimada? So‘nggi besh yilda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun byudjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m ajratilgan. Bu – Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘laridan tashqari. Bizda bolalar sporti, oliy sport mahorati va olimpiya rezervlarini rivojlantirish bo‘yicha qudratli baza yaratilgan. Yana qanday baza, qo‘shimcha shart-sharoit va vositalar kerak? Ana shu muammolar ichiga chuqur kirib borish zarur. Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi: birinchi – qishloq vrachlik punktlari, yuqori texnologiyalar asosidagi ixtisoslashgan markazlar va tez tibbiy yordam stansiyalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularga doir topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish zarur; ikkinchi – vrachlar va tibbiyot xodimlari malakasini ham mamlakatimizda, ham yetakchi xorijiy klinikalarda oshirish bo‘yicha ta’sirchan tizim yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish darkor. Zarur bo‘lsa, ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish kerak; uchinchi – 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini nazorat qiluvchi organlar bilan birga qat’iy tartibga solish zarur. Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak. Shu bilan birga, o‘tgan yili sentabr oyida tasdiqlangan 2016-2020-yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarilishini ta’minlash darkor; to‘rtinchi – qariyalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tasdiqlangan dasturni amalga oshirish alohida nazoratga olinishi kerak. Har bir imtiyoz va ijtimoiy himoya chorasi o‘z egasiga yetib borishi darkor; beshinchi – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O.Ramatov bilan birgalikda ekologiya sohasidagi ishlar ahvolini yaxshilash, eng avvalo, joylarda chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni yaqin vaqt ichida taqdim etish zarur; oltinchi – siz va shaxsan madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedovning e’tiborini jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilgan qudratli bazadan samarali foydalanish zarurligiga qarataman. «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada musobaqalari bilan chegaralanib qolish kerak emas. Iqtidorli o‘smir va qizlarni tanlab olish va tarbiyalash bo‘yicha jiddiy seleksiya ishlarini amalga oshirish zarur. Ta’kidlash kerakki, vazir B.Ahmedovning bugungi majlisimizga tayyorlab kelgan jonsiz hisoboti hech qanday tanqidga chidamaydi. Bu hisobotda na tahlil, na aniq taklif bor. Aftidan, aynan shuning uchun ham sizning madaniyatni rivojlantirish sohasidagi ishlaringiz asosan yubiley tadbirlarini o‘tkazish bilan cheklanib qolyapti. Siz ham, o‘rinbosarlaringiz ham bu sohaga yangicha mazmun kiritib, vaziyatni tubdan yaxshilashga harakat qilmayapsizlar. Qadrli do‘stlar! Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda. Shu sababli Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladigan yangi kompleks va departament tashkil etildi. Ularning bosh vazifasi quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha barqaror ishlaydigan tizimni tashkil etishdir: birinchi – tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hokimlik va tarmoqlarni boshqarish organlarining kuch va harakatini aniq muvofiqlashtirish. Maqsad – iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni bartaraf etishdir; ikkinchi – yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga erishish. Yakuniy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir. O.Ramatovning e’tiborini shaxsan undan va ikkita departamentdan talab etiladigan quyidagi vazifalarga qarataman: birinchidan, kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash. Pala-partish takliflarni berish va shoshma- shosharlik bilan qarorlar qabul qilish kerak emas. Yaqinda shu sabablarga Download 0,53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling