Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik
Savol: bunday jiddiy kamchiliklarni B.Zokirov va uning birinchi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Tanqidiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butun tizimni tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq takliflarni kiritish kerak.
- Shu yil boshida joriy qilingan hukumat a’zolarining Prezidentga hisobot berish tartibi doirasida boshqa rahbarlar bilan ham albatta uchrashaman. Bunga barcha rahbar
Savol: bunday jiddiy kamchiliklarni B.Zokirov va uning birinchi
o‘rinbosari A.To‘xtayev bilmaydimi? Nima sababdan siz ikkalangiz faqatgina ayrim obyektlar bilan cheklanib, ko‘rsatilgan muammolarning ichiga kirish va ularni yechishga umuman e’tibor bermayapsiz? Butun tizimni tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq takliflarni kiritish kerak. Bizni yo‘l qurilishidagi ishlar ahvoli ham qoniqtirmaydi. Moliya vazirligi va uning Yo‘l jamg‘armasi aybi bilan mablag‘larning keskin yetishmasligi doim sezilib turibdi. Bitumni barqaror yetkazib berish masalasi hal etilmagan. O‘g‘irliklar tugamayapti. Kadrlar qo‘nimsizligi yuqori. O‘tgan yili «O‘zkommunxizmat» agentligi va «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyatini almashtirdik. Biroq bu tashkilotlarning yangi rahbarlari – I.Mahkamov va B.Zaripov zarur darajada tashabbus ko‘rsatmayapti. Umid qilamanki, O.Ramatov va boshqa rahbarlar o‘z hisobotida ana shu savollarga aniq javob berishadi. Shu yil boshida joriy qilingan hukumat a’zolarining Prezidentga hisobot berish tartibi doirasida boshqa rahbarlar bilan ham albatta uchrashaman. Bunga barcha rahbar xodimlar va hududlar hokimlari puxta tayyorgarlik ko‘rishini so‘rayman. Joylardagi ahvolning jiddiyligi va og‘irligidan kelib chiqqan holda, O.Ramatovni Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinladik va unga shu og‘ir uchastkani topshirdik. Shuning uchun Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, hokimlar, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘z sa’y-harakatini birlashtirib, unga yordamchi bo‘lib faol ko‘mak bermasa, kutilgan natijaga erishish qiyin bo‘ladi. Agar joylarda infratuzilma va ijtimoiy obyektlarda o‘ta achinarli ahvolga duch kelsangiz, mavjud holati ulardan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan obyektlar o‘rniga ana shu yomon ahvoldagi obyektlarni kiritish yo‘li bilan, O.Ramatov, sizga tasdiqlangan manzilli dasturlarga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi. Buni barcha rahbarlar bilib olsin. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Barchamiz so‘zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog‘liqdir. Ular yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ishlab chiqishi, balki amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Bundan bir necha yil oldin hukumat majlisida Iqtisodiyot vazirligi va uning sobiq rahbari R.G‘ulomovning faoliyati qattiq tanqid qilingan edi. Iqtisodiyot vazirligi mamlakatimizdagi boshqa vazirlik va idoralar uchun harakatlantiruvchi kuch, ya’ni lokomotiv vazifasini bajara olmayotgani ta’kidlangan edi. Afsuski, bugun ochiq aytish kerak, ana shu vazifa haligacha bajarilmadi. Aniq dalil va muammolarga murojaat qilaman. Birinchi – islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko‘rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so‘zsiz oshirish. Tarmoqlar bo‘yicha tannarx o‘rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo‘lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda. Mahalliylashtirish dasturini shakllantirishning avvalgi usullari eskirdi. Eksportni prognoz qilish bilan birga, importni puxta va sinchiklab prognoz qilmasligimizni qanday tushunish mumkin? Faqat o‘tgan yilning o‘zida mamlakatimizda mahalliylashtirilgan qariyb 400 million dollarlik mahsulot chetdan import qilingan. Ayniqsa, «O‘zbekenergo», «O‘zqurilish-materiallari» aksiyadorlik jamiyatlari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, «O‘zfarmsanoat» konserni bunga berilib ketgan. Endi, hurmatli Galina Karimovna, bundan keyin har oy, har chorak yakuni bilan, mavjud ahvolni chuqur tahlil qilgan holda, tannarxni va importni qisqartirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Prezidentga shaxsan ma’lumot kiritasiz. Bu ma’lumotnomada chuqur tahlil, ko‘rilayotgan yoki ko‘rilmayotgan choralar yoritilishi, shuningdek, aniq takliflar berilishi kerak. Ayrim rahbarlarning childirmasiga o‘ynash davri o‘tdi endi. Shu asosda har oyda bir marta Prezident rahbarligida selektor yig‘ilishi o‘tkaziladi va tegishlicha baho beriladi. O‘z vaqtida, Galina Karimovna, shaxsan siz va janob E.G‘aniyev erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishni taklif etgan edingiz. Bu – yaxshi tashabbus, lekin u oxirigacha aniq harakatlar bilan mustahkamlanmadi. Isbot tariqasida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi bo‘yicha ma’lumotlarni keltiraman. O‘tgan 8-yil mobaynida bu yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilgan. O‘tgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan. Prinsipial jihatdan yangi asoslarda «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish bo‘yicha kuni kecha Farmon qabul qilindi. O‘tgan yillardagi xatolarni yana takrorlashga endi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling