Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Endi, ruxsatingiz bilan, 2017-yilda oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

Endi, ruxsatingiz bilan, 2017-yilda oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida 
to‘xtalsak. Biz 10 milliard 800 million dollar hajmidagi mahsulot eksportini 
ta’minlashimiz kerak. Bu borada qanday kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni 
hal 
etishimiz 
zarur?
Birinchi – 15 kunlik muddatda komplekslar bo‘yicha emas, chunki bu o‘zini 
oqlamayapti, balki eksportga mahsulot chiqaradigan barcha korxonalar 
bo‘yicha harakat dasturini puxta ishlab chiqish va U.Rozuqulov rahbarligidagi 
maxsus 
komissiya 
majlisida 
tasdiqlash 
kerak.
Ikkinchi vazifa – 2016-yilda Toshkent shahri va xorijda o‘tkazilgan xalqaro 
sanoat yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilish 
bo‘yicha 
tuzilgan 
shartnomalarni 
amalga 
oshirish 
zarur.
Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida
shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash 
bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin 
Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan 
topshiriq, 
afsuski, 
natijasiz 
qoldi.
Bu ishlarga bizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz ham o‘z hissasini 
qo‘shishi lozim. Buni Senat raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va tashqi 
ishlar 
vaziri 
A.Komilov 
nazoratga 
olsin.
Uchinchi vazifa – «O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik 
jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti 


bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni 
ta’minlash 
kerak.
To‘rtinchi vazifa – meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish. Bosh vazir 
o‘rinbosari Z.Mirzayevga 15 kun muddatda o‘tgan yili 650 million dollarlik 
meva-sabzavot eksport qilinmay qolgani sabablarini atroflicha tahlil qilib, aniq 
takliflar 
kiritish 
topshiriladi.
Bu borada mamlakatimizdagi meva-sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan 66 
ta tumanning salohiyati va imkoniyatlarini ham so‘zsiz hisobga olish zarur. 
Endi ushbu tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari va tumandagi barcha 
rahbarlar prognoz ko‘rsatkichlariga erishish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
javobgardir.
Bosh vazir o‘rinbosari, maxsus komissiya raisi U.Rozuqulov va yangi 
departament bu amaliy vazifalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari, shuningdek, viloyatlar, shahar va tumanlar 
hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirishi 
shart.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling