Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik
Davlat mulki talon-taroj qilingani uchun bugun kim shaxsan javob
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Tanqidiy tahlil
Davlat mulki talon-taroj qilingani uchun bugun kim shaxsan javob
berishi kerak? So‘zsiz va birinchi navbatda siz, qo‘mita raisi sifatida javob berishingiz shart. Siz oldingi rahbarlarning xatolarini takrorlab, sustkashlik qilib va faqat statistika bilan shug‘ullanib asosiy bo‘g‘inni – mamlakatning va xalqning boyligiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni boy beryapsiz. Sizga oxirgi marta, kompleks rahbari va Davlat maslahatchisi O.Murodov bilan birgalikda, Oliy Majlis bilan o‘zaro hamkorlikda 20 kun muddatda, birinchidan, ushbu muammoli masalalarni bartaraf etishni, ikkinchidan, sotilgan va sotib olingan davlat mulkining ishlamasligi, undan samarasiz foydalanilgani yoki talon-taroj qilingani uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning huquqiy majburiyat va mas’uliyatini puxta ishlab chiqishni nazarda tutadigan kompleks aniq chora-tadbirlarni taqdim etishni topshiraman. Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining faoliyatida ham eskicha yondashuvlar bartaraf etilmagan. Ularning ish usuli, hisob-kitoblari va ma’lumotlari amaliy va tezkor chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan kamchilik va muammolarning sabablarini to‘liq ochib bermayapti. Oxirgi yillarda turizmdek muhim soha kompleks rahbarining zarur darajadagi e’tiboridan chetda qolib ketdi. Bu xatoni so‘zsiz va eng muhimi, natijali ravishda to‘g‘rilash kerak. Biz hozir faqat turizmni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan tuzilmaga doir masalalarni tasdiqladik. Bu choralar turizmning O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar bilan kuchaytirilishi zarur. Bu vazifani hal qilish uchun 1 oy muddat beriladi. Ushbu muammolar ko‘p jihatdan vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklarning iqtisodiy tuzilmalari bilan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmagani natijasidir. Axir, qachondir va kimdir turoperatorlarning dardini eshitganmi? Ular qanday masalalar bilan shug‘ullanyapti, qanday muammolarga to‘qnash kelyapti? Ularga aniq professional yordam ko‘rsatish haqida umuman gapirmasa ham bo‘ladi. Taqdim etilgan hisobotlarda zarur savollarga umuman javob yo‘q. Birinchi – qancha odam mehnat qilyapti? Ikkinchi – hududlarda islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha muammolar bilan kim shug‘ullanyapti: menejermi yoki iqtisodiyotdan umuman uzoq odamlarmi? Yana bir bor kompleks rahbariga ushbu muammo bilan yaqindan shug‘ullanishni topshiraman. Faqat endi talab qattiq bo‘ladi. Kompleks rahbari R.Azimov, tegishli tuzilma va hokimliklarning jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu – xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir. Tadbirkorlar bilan shaxsan uchrashishga sizlarga nima xalaqit beradi? Albatta, bu uchrashuvlarda sizlarga yoqmaydigan savollar berilishi tabiiy. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling