Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Tanqidiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy savol tug‘iladi: agar fermer davlat oldida o‘z majburiyatini bajargan bo‘lsa, nega davlat va uning ba’zi bir rahbar xodimlari bu masalaga befarq va
Jamg‘arma
rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur. Necha yildan beri savol beraman: agarki qishloq xo‘jaligi mas’uliyatsizlarcha yondashuv asosida moliyalashtiriladigan bo‘lsa, davlat xaridi uchun mahsulotni qanday yetishtirish mumkin? Bu savolga haligacha aniq javob yo‘q. Nima sababdan? Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklariga 300 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilmagan. Tabiiy savol tug‘iladi: agar fermer davlat oldida o‘z majburiyatini bajargan bo‘lsa, nega davlat va uning ba’zi bir rahbar xodimlari bu masalaga befarq va bee’tibor munosabatda bo‘lmoqda? Kim bunga mas’ul? Kim shaxsan javob berishi zarur va shart? to‘rtinchi – oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Eng avvalo, bu o‘rinda gap «O‘zpaxtasanoateksport» kompaniyasi (A.Kamolov) va uning tarkibiga kiruvchi «O‘zpaxtasanoat» (Ya.Xidirov), «O‘zpaxtaeksport» (J.Qodirov) va «O‘zpaxtayog‘» (V.Jo‘rayev) aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida boryapti. Ushbu tarmoqlarni modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan, paxta xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha markazlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar o‘ta qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgan. «O‘zbekoziqovqat-xolding» kompaniyasi rahbarlari O.Rustamov va A.Salimovga savollar to‘planib qolmoqda. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 20 foizga ham yetmaydi. Yangi texnologiya va standartlar o‘ta sustkashlik bilan joriy etilmoqda. Qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish hajmi keskin pasaygan. Ana shu rahbarlarga nisbatan vaqt va ishonch zaxirasi tez vaqt ichida nihoyasiga yetadi. Ular bundan xulosa chiqarishi zarur. «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati rahbari I.Haydarov, «O‘zvinosanoat-xolding» – Sh.Rahimov va «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi – M.Mansurov faoliyatida zamonaviy yondashuv va yangiliklar sezilmayapti. Aniq faktlarni keltiraman. Eksport tarkibida ip-kalavaning ulushi yuqoriligicha – 53 foiz darajasida qolmoqda. Aholining poyabzalga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasi 41 foizni tashkil etadi. Uzum yetishtiradigan, vino va aroq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab korxonalar samarasiz ishlayapti. Ana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirish Bosh vazir o‘rinbosari – qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzayev uchun birinchi va jiddiy imtihon bo‘ladi. Sizdan yaqin vaqt ichida ularni bajarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora- tadbirlarni belgilab, axborot berishingizni so‘rayman. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Bugun Bosh vazir o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyevadan kechiktirib bo‘lmaydigan quyidagi vazifalar bo‘yicha javob berishni va ularni amalda hal etish yuzasidan aniq takliflarni kutamiz. Birinchi vazifa – biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur. Ikkinchi vazifa – ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilalarda ajralishlar ko‘paygani, yoshlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushishi kabi xalqimizga xos bo‘lmagan achchiq va noxush masalalar bilan bog‘liq. Uchinchi vazifa – ayollarni ularga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari ham oqsamoqda. Bu o‘rinda rasmiyatchilikka, qog‘ozbozlikka, hatto ko‘zbo‘yamachilikka berilish holatlari ham kam emas va bu haqda ko‘plab haqqoniy misollarni keltirish mumkin. Savol tug‘iladi: kimni va nima uchun aldayapmiz? Shuning uchun Bosh vazir o‘rinbosari T.Norboyeva boshchiligida Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Kamolot” tuzilmalari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari rahbar va mutasaddilaridan iborat ishchi guruhlari tashkil etilsin. Ushbu guruhlar joriy yilning 20-yanvaridan boshlab Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlariga borib, uch oy davomida ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurib, mavjud vaziyatni chuqur va puxta o‘rganadi, tahlil qiladi va joylardagi oddiy oilalardan, ko‘pni ko‘rgan otaxon va onaxonlarimizdan ham takliflar oladi. Bosh vazir A.Aripovdan Davlat maslahatchisi O.Murodov bilan birgalikda, ana shunday o‘rganishlar natijalari va achchiq saboqlari asosida mavjud muammo va masalalarning ham huquqiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham ma’naviy-ma’rifiy, ham tashkiliy tomondan yechimini o‘zida aks ettirgan Prezident qarori loyihasi va aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqib, 20- aprelgacha tasdiqlash uchun kiritishni so‘rayman. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Avvalgi uchrashuvlarda ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagiishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning e’tiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman. Birinchi vazifa – maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa – umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy komputer dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda yechilgani yo‘q. Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur. Uchinchi vazifa – ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g‘ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling