E-qaror gov uz 17-8-108-Q/23
Download 211.73 Kb. Pdf ko'rish
|
qaror fayli
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILAMAN
- “Shakarqamish”
- Tuman hokimi A.T.Djumayev
e-qaror.gov.uz 17-8-108-Q/23 1 2023 - yil 16 - yanvar 17-8-108-Q/23 Oltinsoy tuman hokimligi Tumandagi “Shakarqamish” mahallasi hududidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazini tashkil etish uchun auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasining, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Oltinsoy tuman inspeksiyasining va tuman IIB YHXGning xulosalarini, “O‘zGAShKLITI” MChJning topografik xaritasini hamda Kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy tuman filialining kadastr yigʻma jildini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan QAROR QILAMAN: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli e-qaror.gov.uz 17-8-108-Q/23 2 qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn- auksion orqali realizatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom”ning 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Oltinsoy tumani “Shakarqamish” mahallasi hududidan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga P1722201030/1-unikal raqam bilan kiritilgan 0.4007 gektar bo‘sh yer uchastkalari tuman hokimligi nomiga ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin. 2. Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari M.Abdullayev, Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy tumani filiali (G‘ Ibragimov) bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq Oltinsoy tumani hokimligining yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin. 3. Oltinsoy tumani Davlat soliq inspeksiyasi (R.Boymirzayev)ga ushbu yer uchastkalarini ma’muriy hududiy joylashuvidan va balans hududidan kelib chiqqan holda ijara huquqining minimal qiymatini belgilasin. 4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.Abdullayev zimmasiga yuklatilsin. Tuman hokimi A.T.Djumayev Download 211.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling