Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik


Haqiqiy fakt shundan iboratki, agar R.Azimovda ana shu jiddiy


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana24.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1394486
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Tanqidiy tahlil

Haqiqiy fakt shundan iboratki, agar R.Azimovda ana shu jiddiy 


kamchilik va muammolarni ko‘rish xohishi bo‘lganida, ularni keskin 
bartaraf etish bo‘yicha u zarur tashabbus ko‘rsatganida, biz bugun 
iqtisodiy va moliyaviy sohalarda bundan ham yuqoriroq natijalarga 
erishgan 
bo‘lar 
edik.
 
Takror aytaman, faqatgina «g‘alaba raportlari» bilan, shuningdek
muammolarga umuman aloqasi yo‘q, o‘z orzu-istagidagi mavhum 
narsalarni haqiqat deb ko‘rsatadigan shaxslar tomonidan tayyorlangan 
axborotnomalar 
bilan 
cheklanib 
qolish 
mumkin 
emas.  
Haqiqat esa xizmat vazifangizga ko‘ra siz shaxsan javob beradigan quyidagi 
jiddiy 
muammolarda 
o‘z 
aksini 
topgan.
Birinchi – iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari va investitsiya resurslariga 
o‘sib borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas.
Ikkinchi – naqd va naqdsiz shakldagi hisob-kitoblarda farq mavjudligi.
Uchinchi – 
hududlarni 
barqaror 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishni 
moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning mablag‘lari yetarli 
emasligi. Siz bu ochiq-oydin faktlarni inkor qilmaysiz, deb o‘ylayman. Sizdan 
real 
takliflarni 
kutaman.
Makroiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqaruv organlarining 
samarali 
ishlashi 
va 
ularga 
rahbarlik 
qilish 
talab 
darajasida 
ta’minlanmayapti. Shu munosabat bilan shaxsan sizga quyidagilar 
topshiriladi:
birinchi – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi o‘zining 
vazifa va funksiyalarini samarali va to‘liq hajmda bajaryaptimi? Uning 
rahbarlari E.G‘aniyev va Sh.To‘laganov-chi? Bu – prinsipial savol. Ushbu 
vazirlikning 163 ta mutaxassis ishlayotgan markaziy apparati va hududiy 
bo‘linmalari 
nima 
bilan 
mashg‘ul?
Bosh vazirga 10 kun ichida allaqachon hal etish vaqti kelgan ushbu savollar 
bo‘yicha 
takliflar 
kiritish 
yuklanadi;
ikkinchi – Mehnat vazirligi va uning rahbari A.Abduhakimov faoliyati 
samaradorligini 
tubdan 
qayta 
ko‘rib 
chiqish 
zarur.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, 
o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 


16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi 
eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi 
rasmiyatchilik 
bilan 
bog‘liq.
Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha uch 
tomonlama shartnomalarni amalga oshirish borasida ko‘plab qo‘shib yozish 
holatlari 
bartaraf 
etilmagan.
Ana shu muammolarga barham berish butun Makroiqtisodiyot kompleksi va 
shaxsan mehnat vazirining birinchi darajali vazifasiga aylanishi kerak.
Sizga, Rustam Sodiqovich, 15 kun muddatda ushbu ishga barcha iqtisodiy va 
moliyaviy organlar, bank muassasalari va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
markazining hududiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek, barcha 
bo‘g‘indagi hokimlar o‘rinbosarlarini jalb etishni nazarda tutadigan, prinsipial 
jihatdan yangi, ta’sirchan mexanizmni joriy etish yuzasidan aniq takliflar 
kiritishni 
topshiraman.
Aniq bir misol bilan ushbu muammoni hal etishning real yo‘lini 
aytmoqchiman. Andijon viloyatining aholi zich joylashgan Oltinko‘l tumanida 
7 ta kasb-hunar kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 ming 
300 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xo‘jalik yurituvchi 
subyekt, jumladan, sanoatda – 371 ta subyekt, qurilishda – 167 ta subyekt, 
savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida – 156 ta subyekt va boshqa tashkilotlar 
faoliyat 
ko‘rsatadi.
Tumandagi har bir xo‘jalik subyektiga o‘rtacha 3 nafar bitiruvchi to‘g‘ri 
keladi.
Tumanda byudjetdan oylik oladigan iqtisodiy kompleks tashkilotlaridagi jami 
400 nafar xodim ushbu korxonalarning samarali ishlashiga amaliy yordam 
bersa, masalan, kimgadir kredit, yana kimga xomashyo yoki malakali maslahat 
bilan ko‘maklashsa, bu ishni bemalol bajarsa bo‘ladi. Agar ana shu 400 nafar 
odam oyiga bittadan ish o‘rni tashkil etishga ko‘maklashsa, bir yilda 4 ming 
800 
ta 
yangi 
ish 
joyiga 
ega 
bo‘lish 
mumkin.
Bugunning o‘zida har bir bitiruvchini aniq bir tashkilotga biriktirishni 
ta’minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ish haqi va ijtimoiy sharoitlarini 
aniq 
belgilash 
zarur.
Bularning barchasini huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlash va eng asosiysi, 
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining nafaqat majburiyatini, balki shaxsiy 


mas’uliyatini 
ham 
belgilash 
zarur.
Faqat shunday yo‘l bilan biz davlatning o‘quvchilar va ularning ota-onalari 
oldidagi majburiyatini bajarishimiz mumkin. Xuddi shunday amaliyotni 
respublika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘yicha ham ishlab chiqish 
va 
joriy 
etish 
darkor.
Navbatdagi muhim vazifa – bu bandlik masalasini hal qilishning butun tizimini 
tubdan o‘zgartirish bo‘yicha kompleks rahbariyati, hokimlar va ularning 
birinchi o‘rinbosarlari shaxsiy mas’uliyatini oshirishdan iborat. Shu masala 
bo‘yicha 
quyidagi 
takliflarni 
kiritaman.
Birinchidan, hokimlar yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tasdiqlangan 
ko‘rsatkichlarni, har oy yakuniga ko‘ra bajarilishini ta’minlagan 
taqdirda, ularning ish haqiga 15 foiz qo‘shimcha qo‘shish bilan 
rag‘batlantiriladi. Ana shu ko‘rsatkichlar bajarilishi ta’minlanmasa, aksincha, 
ularning 
ish 
haqidan 
15 
foiz 
ushlab 
qolinadi.
Ikkinchidan, mazkur yo‘nalish uchun bevosita javob beradigan hokimlarning 
birinchi o‘rinbosarlari ham shunga mos ravishda ish haqining 20 foizi 
miqdorida yo rag‘batlantiriladi, yo jazolanadi. Bu tartib viloyat, tuman va 
shaharlarning iqtisodiy komplekslari barcha rahbarlariga nisbatan ham 
qo‘llanadi.
Shuning uchun Bosh vazir A.Aripovga, Bosh vazir o‘rinbosari R.Azimovga 15 
kunlik muddatda ish joylari tashkil etishni moddiy rag‘batlantirishga doir 
taklif etilayotgan ushbu tizimni shu yilning 1-martidan boshlab amaliyotga 
joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining puxta ishlangan qarorini qabul 
qilishni 
topshiraman.
Uchinchi – biz bugun Davlat raqobat qo‘mitasining raisi D.Hidoyatovdan 
shaxsan siz va qo‘mitaning bo‘linmalari xususiylashtirish jarayonida pirovard 
natijani nima uchun nazorat qilmaysiz yoki ta’minlamaysiz, degan savolga 
javob 
berishni 
qat’iy 
talab 
qilishga 
haqlimiz.
Siz nima uchun ushbu muammolarni amalda hal etish o‘rniga menga 
o‘zingizning hech qanday natija bermagan va bermaydigan xorijiy xizmat 
safarlaringiz va "taqdimot”laringiz to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib axborot 
berasiz?
Bugun davlat byudjeti hisobidan katta mablag‘larni xarajat qilib, xorijga 
xizmat safariga borib kelayotgan rahbarlar va ishchi guruhlaridan so‘rashga 


haqlimiz: qani sizlar og‘iz to‘ldirib, qog‘ozga chiroyli qilib yozib bergan 
natijalar, 
qani 
investor 
va 
investitsiyalar?
Siz bu ishlarga mutasaddi davlat qo‘mitasining rahbari bo‘lib, bunday 
natijalarni kimdan talab qilyapsiz? Birgina Koreya Respublikasiga 
korxonalarni sotamiz, investitsiyalar olib kelamiz, deb tashkil etgan bir nechta 
biznes 
forumlaringiz 
natija 
berdimi, 
qani 
va’dalar?
Agar sizlar xorijiy safarlarga sarf qilgan xarajatlarni hisob-kitob qilsak, shu 
pulning 
o‘ziga 
ikkita 
yirik 
korxonani 
sotib 
olsa 
bo‘lardi.
"Nol" qiymati bo‘yicha 1 ming 27 ta obyekt sotilgan. Albatta, bu yaxshi, biroq 
nima uchun ularning ko‘pchiligi, ba’zilarini hisobga olmaganda, ishga 
tushirilmagan 
va 
vayrona 
holida 
yotibdi?
Biz ularning o‘rniga nimani tashkil etdik, qanday quvvatlar va ishlab 
chiqarishlar barpo etildi, qancha odam ish bilan band? Nima uchun sotilishi 
lozim bo‘lgan 119 ta aksiyadorlik jamiyatidan faqat yarmining 15 foizlik 
ulushi 
xorijiy 
investorlarga 
sotilgan?

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling