Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi
Download 21.08 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatning soxaga tegishliligi
- Hujjatlar: Xizmatni ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar (nusxalar soni)
- Xizmatni ko’rsatishni huquqiy asosi
- Muddatlar va to’lov: Xizmat narxi va to’lash tartibi
- Xizmatni ko’rsatish tartibi
Umumiy ma’lumotlar: Xizmat nomi Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xodimlariga haydovchilik guvohnomasi va uning talonini berish.
Yo’l harakati xavfsizligi va uni tashkil etish
Jismoniy shaxslar - Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xodimlari.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari xodimlari doimiy yoki vaqtinchalik turar joylaridagi hududiy YHXBning ro’yxatdan o’tkazish-imtihon bo’limida (keyingi o’rinlarda RIB deb ataladi) yoki YHXBBning tumanlararo RIBlarida (keyingi o’rinlarda TRIB deb ataladi) topshiradilar.
Haydovchilik guvohnomasini olish (almashtirish) tartibi: Xalqaro haydovchilik guvohnomalari O’zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo’l harakati to’g’risidagi konventsiya (Vena, 1968 yil 8 noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O’zbekiston Respublikasi hududida ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan tarjimasi mavjud bo’lganda haqiqiy hisoblanadi. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarning), shuningdek O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yo’l harakati to’g’risidagi konventsiya (Vena, 1968 yil 8 noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish sharti bilan almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi. Tegishli bitim mavjud bo’lgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy ko’rikdan o’tish sharti bilan O’zbekiston Respublikasining haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning hamda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida tasdiq olingan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari, ular tibbiy ko’rikdan o’tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so’ng, O’zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi. a) 3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan bo’lishi kerak) bo’lgan 2 dona fotosurat; b) sog’ligi to’g’risida ma’lumotnoma; v) bank muassasalariga topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish uchun to’lovlar to’langanligi haqidagi to’lov qog’ozi (to’lovlar miqdori O’zbekiston Respublikasi IIV tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi); g) fuqaroning pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 2 avgustdagi 156-sonli “O’zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to’g’risi”da Qarori.
Har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun - eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida; Har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun - eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida; Chet davlat fuqarosi, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga va diplomatik xizmat xodimlariga haydovchilik guvohnomalarni hamda unga ogohlantirish taloni berish uchun - eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida. Izoh: yo’qotilgan haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish taloni o’rniga dublikat berish uchun belgilangan to’lov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi. (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 21 dekabrda 2303-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-son buyrug’i Xizmatni ko’rsatish tartibi Fuqarolarning haydovchilik guvohnomasini va unga ogohlantirish talonini almashtirish bo’yicha shaxsan murojaatlari asosida.
Ariza bilan murojaat etgan shaxslarga shu kunning o’zida, nazariy va amaliy imtihonlarni ijobiy topshirganidan so’ng haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.
Nazariy va amaliy imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.
Murojaat etgan shaxsning arizasi va tegishli hujjatlari bo’lmagan hollarda haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilmaydi. Nazariy topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qo’yilmaydi. Haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar ichki ishlar organlarining qarorlari va harakatlari ustidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (og’zaki va yozma ko’rinishda, ishonch telefonlari orqali) DYHXX va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga shikoyat qilishga haqlidir. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling